O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat


Download 407.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.01.2018
Hajmi407.19 Kb.
#25111
1   2   3   4   5

 

 

Agar xaritalarda xatoliklardan butunlay qutulmoqlikni iloji bo’lmasa, 



xatoliklarni xarakteriga nisbatan oldindan ko’zda tutilgan xususiyatlarni h’isobga 

olib proektsiya olish (tanlash) mumkin. 

Bunaqangi proektsiyalar bo’lib quyidagilar h’isoblanadi: 

1. Teng burchakli uoki konform (o’xshash) proektsiyalar. 

2. Teng h’ajmli (yuzli) uoki ekvivalent proektsiyalar. 


3. İxtiuoriy proektsiyalar. 

Xaritalardagi cheksiz kichkina figuralar tasviri Er shari yuzasidagi shunga 

mos figuralarga o’xshash h’olda tasvirlanadigan proektsiyalarga t e n g  b u r ch a 

k l i  uo k i  k o n f o r m (o’xshash) p r o e k ts i ya l a r deyiladi. Bunday 

proektsiyalarda berilgan nuqtadan chiqadigan h’amma yo’nalishlar bo’yicha 

masshtablar o’zaro teng va ular faqat bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o’tganda 

o’zgaradi xolos. 

Xaritalarda figuralarni tasvirlashda maydonlarni h’aqiqiy qiymatini 

(ekvivalentligini) saqlab qoladigan proektsiyalarga t e n g  h’ a j m l i (yuzli) uo k i  



e k v i v a l e n t  p r o e k ts i ya- l a r  deyiladi. Ushbu proektsiyada tuzilgan 

xaritalarda geografik obektlarni maydoni Er yuzasidagi shunga mos maydonlarga 

proportsionaldir. 

Teng burchakli va teng h’ajmli (yuzli) proektsiyalar o’zlarining 

xususiyatlariga ko’ra bir-biriga mutlaqo zid. Teng h’ajmli proektsiyalarda 

maydonlarni tengligini saqlab qolish burchaklarni va obektlarni qiuofasini xatoligi 

h’isobiga bo’ladi va aksincha tegishli proektsiyalarda teng burchaklilikni saqlab 

qolish maydonlarni xatoligi h’isobiga bo’ladi. 



İxtiuoriy proektsiyalarni ichida teng oraliqni proektsiyalar ko’proq 

ishlatiladi. Bunday proektsiyalarda masshtab bosh yo’nalishlardan birortasi, 

masalan meridianlar bo’yicha uoki paralellar bo’yicha o’zgarmas bo’ladi va bosh 

masshtabga teng bo’ladi. Ularda burchaklar va maydonlar xatoligi o’zaro 

tenglashtirilganday bo’ladi va o’zining xususiyatlariga ko’ra ular teng burchakli va 

teng yuzli proektsiyalarni orasida uotadi. 

Shuningdek, kartografik proektsiyalar kartografik to’rni tuzish (yasash) usuli 

bo’yicha h’am tasniflanadi. Bunda kartografik to’r tasviri dastlab uordamchi 

geometrik yuzada olinadi, shundan so’ng undan tekislikka o’tkaziladi. Qaysi 

uordamchi geometrik yuzadan  foydalanganligiga qarab kartografik proektsiyalar 



z i m u t a l,  ts i l i n d r i k  v a  k o n u s l i deb ataladi. 

2.3. Ёrdamchi geometrik yuzadan foydalanish usuli bo’yicha 

proektsiyalarni tasniflash. Tsilindrik, konusli va azimutal proektsiyalar va ularni 

xususiyatlari.  

 

Kartografiyada ellipsoid yuza tekis yuzada birorta geometrik shakl (yuza) 

uordamida tasvirlanadi. A z i m u t a l  p r o e k ts i ya- l a r d a ana shunday 

uordamchi geometrik yuza bo’lib ellipsoid uoki shar sirtiga urinma uoki uni 

kesuvchi tekislik, ts i l i n d r i k     p r o e k ts i ya l a r d a ellipsoid uoki sharga 

urinma uoki uni kesuvchi tsilindrni uon tomon sirti, k o n u s l i  p r o e k ts i ya- l 



a r d a ellipsoid uoki sharga urinma uoki uni kesuvchi konusni uon tomon sirti 

h’isoblanadi. 

Bunday proektsiyalarda bosh masshtab urinma nuqtalarda, shuningdek urinma 

va kesuvchi chiziqlarda saqlanadi. Kartografik to’rlarni ko’rinishi, chunonchi 

meridian va parallellarni shakli, meridianlar va parallellar o’rtasidagi oraliqlarning 

qiymati proektsiyalarni tuzish usuliga bog’liq bo’ladi. 



A z i m u t a l  p r o  e k ts i ya l a r d a ellipsoid uoki shar yuzasi unga urinma 

bo’lgan uoki uni kesuvchi tekislikka o’tkaziladi. 



Ts i l i n d r i k  p r o e k ts i ya l a r d a ellipsoid uoki shar yuzasi unga 

urinma bo’lgan uoki uni kesuvchi tsilindrning uon tomon sirtiga o’tkaziladi, 

shundan so’ng u yasovchi bo’yicha qirqiladi va tekislikka uoyiladi. 

K o n u s l i   p r o e k ts i ya l a r d a ellipsoid uoki shar yuzasi unga urinma 

bo’lgan uoki uni kesuvchi konusning uon tomon sirtiga o’tkaziladi, so’ngra u 

yasovchi bo’yicha qirqiladi va tekislikka uoyiladi. 

Bu yuzalar, shuningdek h’ar xil orientirlangan bo’lishi h’am mumkin. 

Ёrdamchi yuzani ellipsoidning uoki sharning qutbiy o’qi uoki ekvatoriga nisbatan 

orientirovkasi bo’yicha kartografik proektsiyalar quyidagilarga bo’linadi: 



N o r m a l  p r o e k ts i ya l a r-uordamchi yuzani o’qi Er ellipsoidi uoki 

shari o’qi bilan ustma-ust tushadi; azimutal proektsiyalarda esa tekislik qutbiy 

o’qqa perpendikulyar bo’ladi; 

K o’ n d a l a n g  p r o e k ts i ya l a r-uordamchi yuzani o’qi Er ellipsoidi 

uoki shari ekvator tekisligida uotadi (uotgan bo’ladi, joylashadi) va qutbiy o’qqa 



perpendikulyar bo’ladi; azimutal proektsiyalarda tekislik yuzani ekvator tekisligida 

uotgan normalga perpendikulyar bo’ladi. 



Q i y sh i q  p r o e k ts i ya l a r-uordamchi yuza o’qi qutbiy o’q va Er 

ellipsoidi uoki shari ekvator tekisligi orasida bo’lgan normal bilan ustma-ust 

tushadi; azimutal proektsiyalarda tekislik bu normalga perpendikulyar bo’ladi. 

Kartografik tasvirdagi xatolik h’amma proektsiyalar uchun xosdir. Umuman 

olganda h’ar qanday proektsiyada xatosi yo’q aloh’ida nuqta uoki chiziq (xatto 

chiziqlar sistemasi ) bo’ladi. Ular n o l      x a t o l i k d a g i  n u q t a l a r  uo k i  



ch i z i q l a r deyiladi. Ana shu nuqta uoki chiziqdan uzoqlashilgan sari xatolik 

oshib boradi.Boshqacha qilib aytsak, xaritaga tushirilauotgan xudud o’lchami 

oshishi bilan xatolik h’am oshib boradi. 

Kartografik proektsiyalarni bah’olauotganda, shu proektsiya yo’l qo’yadigan 



m a y d o n  v a  b u r ch a k  x a t o l i g i n i n g      q i y m a t l a r i h’isoblab 

chiqariladi. Kartografik proek-tsiyadagi teng xatolikdagi chiziqlarga-i z o k o l l a r 

deyiladi.  İzokollar xaritalarda xatoliklarni tarqalishi to’g’risida ko’rgazmali 

tasavvur h’osil qiladi va shu xaritalardan foydalanilauotganda ularni avvaldan 

h’isobga olishga imkon beradi.  

 


2.4. Proektsiyalarni tanlash to’g’risida. Dunuo, yarim sharlar, materiklar 

va ularni aloh’ida yirik qismlari uchun ko’proq ishlatiladigan proektsiyalar. 

Topografik xaritalarni proektsiyalari. 

 

Muayyan xaritaga proektsiya tanlash quyidagi uchta guruh’ omillarga bog’liq 

bo’ladi. B i r i n ch i  g u r u h’ g a xaritaga olinadigan (tushirilauotgan) obektni 

tavsiflovchi omillar kiradi, chunonchi-xududni geografik o’rni , uni kattaligi, 

chegaralarini shakli, chegaradagi (qo’shni, uonma-uon) h’ududlarni ko’rsatish 

darajasi kiradi. İ k k i n ch i  g u r u h’ g a yaratiladigan xaritani tavsiflaydigan, 

chunonchi undan foydalanish usullari va sharoitlarini belgilaydigan omillar kiradi. 

Ushbu guruh’ga xaritani belgilangan maqsadi va tayuorlanish soh’asi, masshtabi 

va mazmuni; xarita bo’yicha echiladigan vazifalar va ularni echish uchun xarita 

aniqligiga qo’yiladigan talablar; xaritani foydalanish (stol ustida, devoriy) va 

kartografik informatsiyani taxlil qilish usullarini; xarita bilan ishlash sharoitlari 

(aloh’ida, boshqalar bilan uyg’un birlikda elimlab ulangan h’olda) va boshqa shu 

kabi omillar kiritiladi. U ch i n ch i  g u r u h’ g a kartografik proektsiyani 

tavsiflaydigan omillarni, chunonchi proektsiyadagi xatoliklar xarakteri, uzunliklar, 

burchaklar va maydonlar xatoligini maksimal miqdorlari, ularni taqsimlanish 

xarakteri; xududlarni shakllarini to’g’ri ko’rsatish darajasi; qutblarni tasvirlanish 

xarakteri; to’rni o’rtadagi meridian va ekvatorga nisbatan simmetriklik shartlari, 

ularni tasvirlash shartlari (ekvatorni o’rtadagi meridian va qutblarga nisbatan 

tasvirlash, agar ular chiziqlar bilan tasvirlansa); tasvirni ko’z bilan idrok qilish 

shartlari va boshqalar kiradi. 



Xaritalarga proektsiya tanlashda qo’llanma (dastur) qilib xatoliklarni 

taqsimlanish xususiyatlari va tasvirlanauotgan xududni tashqi qiuofasi 

(konturi), shuningdek o’lchami olinadi. U uoki bu xarita uchun kartografik 

proektsiya tanlashda nol xatolikdagi nuqta uoki chiziqlarni tasvirlanauotgan 

xududni o’rtasiga joylashtiriladi. Afrika materigini tasvirlauotganda ko’ndalang 

azimutal proektsiya qo’llaniladi, tekislik materik markazida ekvatordagi nuqtada 

Er ellipsoidi uoki shariga urinma bo’ladi. Yarim sharlar xaritasini tuzishda h’am 

xuddi shunday qilinadi. Biz bilamizki, xaritalarda Er egriligi tufayli bo’ladigan 

xatolik, unda tasvirlanauotgan xudud qancha katta bo’lsa u h’am shuncha katta 


bo’ladi. Mayda masshtabli o’quv xaritalarida o’lchash ishlarini olib borauotganda 

odatda katta aniqlik talab etilmaydi. Shuning uchun aloh’ida davlatlarni 

xaritalarida uoki ularni aloh’ida qismlari tasvirlangan xaritalarda o’lchash ishlarini 

olib borish mumkin. Materik xaritalarida o’lchash ishlarini olib borauotganda kelib 

chiqadigan xatoliklarni h’isobga olish kerak. Yarim sharlar va dunuo xaritalarida 

o’lchash ishlarini olib borish tavsiya etilmaydi.  

Maktab devoriy o’quv xaritalari h’ar xil proektsiyalarda tuziladi. Masalan, d u 

n uo  x a r i t a l a r i uchun ko’proq TsNİİGAiK (Rossiya geodeziya, 

aerofotosemka va kartografiya markaziy ilmiy taqiqot instituti) proektsiyasi, ya r i 



m  sh a r -  l a r  va  m a t e r i k l a r  x a r i t a l a r i uchun ko’proq Lambertni 

azimutal proektsiyasi qo’llaniladi. M D H  o’ q u v        x a r i t a l a r i uchun 

V.V.Kavrayskiyni uoki F.N. Krasovskiyni kesuvchi konusli-teng oraliqli 

proektsiyasi qo’llaniladi.  



Ts N İ  İ G A i K  p r o e k ts i ya s i. Bu proektsiya xatoliklar xarakteri 

bo’yicha ixtiuoriy. U birorta uordamchi geometrik yuzadan foydalanmasdan 

koordinatalar bo’yicha yasaladi. Bosh masshtab faqat ekvatorda saqlanadi. 

O’rtadagi meridian va barcha parallellar teng bo’lingan bo’ladi. Xaritani sharqiy va 

g’arbiy ramkalari oldida masshtab (bosh masshtab bilan taqqoslaganda) 1,5 marta 

kattalashgan bo’ladi. Eng katta xatolik shimolda vujudga keladi (Kanada, 

Grenlandiya va Rossiyaning shimoliy qismlari), masshtab 1,8 teng, yani bu 

rayonlarda uzunlik masshtabi deyarli 2 marta kattalashgan bo’ladi.  



Ya r i m   sh a r l a r   x a r i t a s i Lambertni ko’ndalang azimutal 

proektsiyasida tuziladi. Xatolik xarakteri bo’yicha bu proektsiya teng yuzli, 

shuning uchun muqim o’zgarmas maydonlar masshtabiga ega, yani bu xarita 

bo’yicha aloh’ida figuralarni (xududlarni) maydonini taqqoslash mumkin. 

Burchaklar va figuralarni qiuofasi (shakli) bu proektsiyada ancha xatolikka duchor 

bo’lgan. Binobarin, chekka meridianlarda burchaklar xatosi deyarli 40

0

 gacha 


boradi. 

M a t e r i k l a r   x a r i t a l a r i  h’am asosan azimutal proektsiyalarda 

tuziladi. Masalan, Evrosiuo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya xaritalari 

uchun urinma azimutal proektsiya, Afrika xaritasi uchun esa ko’ndalang azimutal 

proektsiya qo’llaniladi. 



A r k t i k a  v a  A n t a r k t i d a   x a r i  t a l r i uchun Postelni teng oraliqi 

proektsiyasi deb yuritiladigan ixtiuoriy normal azimutal proektsiya qo’llaniladi. Bu 

proektsiyada urinish nuqtasi-qutb, bu nol xatolikdagi nuqta h’amdir. Postel 

proektsiyasida uzunliklar masshtabi meridianlar bo’yicha saqlanadi. Chunki 

(negaki) Arktika va Antarktika 60

0

 shimoliy  va janubiy kengliklardagi 



parallellardan janubroqda joylashganlar, demak uzunliklar, maydonlar va shakllar 

xatoligi uncha katta emas. 



M D H   x a r i t l a r i asosan konusli proektsiyalarda tuziladi. Bunda ko’proq 

Kavrayskiyning teng oraliqli konusli proektsiyasi qo’llaniladi. Xatoliklar 

xarakteriga ko’ra Kavrayskiy proektsiyasi ixtiuoriydir. Bu proektsiyada uzunliklar 

masshtabi urinma parallel bo’yicha va barcha meridianlar bo’yicha saqlanadi. Eng 

katta xatoliklar Frants-Iosif eri va SHimoliy Er orollarini shimoliga to’g’ri keladi. 

Kavrayskiy proektsiyasini bir turi-Krasovskiy proektsiyasi, u h’am, shuningdek 

kesuvchi konusli teng oraliqni proektsiya bo’lib, kesuvchi parallellari taxminan 

40

0



va 73

0

 30



1

 shimoliy kengliklar orasiga to’g’ri keladi. Bu proektsiyada 

uzunliklarni va maydonlarni xususiy masshtabi bosh masshtabdan kam farq qiladi. 

Shuning uchun Krasovskiy proektsiyasida tuzilgan xarita bo’yicha, maktab 

amaliuotida xoxlagan kartometrik ishlarni bajarish mumkin. 

Ts i l i n d i r i k  p r o e k ts i ya l a r-ekvatorga nisbatan simmetrik uoki unga 

yaqin joylashgan, shuningdek uzoqlik bo’yicha cho’zilgan xududlar uchun; k o n u 



s l i  p r o e k ts i ya l a r -o’rta kengliklarda joylashgan xududlar uchun; azimutal 

proektsiyalar-qutbiy o’lkalarni tasvirlash uchun; k o’ n d a l a n g  v a  q i y sh i q  



ts i l i n d r i k  p r o e k ts i ya l a r-meridianlar bo’ylab cho’zilgan h’ududlar 

uchun; k o’ n d a l a n g   v a   q i y sh i q  a z i m u t a l  p r o e k ts i ya l a r-

qiuofasi aylanaga yaqin h’ududlarni ko’rsatish uchun qo’llaniladi. 

O’lchash maqsadlari uchun mo’ljallangan xaritalar ko’proq teng burchakli 

proektsiyalarda (dengiz, aviatsiya, yo’l xaritalari) yasaladi. Taqqoslash uoki 

maydonlarni o’lchash zarurati bo’lganda teng yuzli proektsiyalar qo’llaniladi. 

Katta h’ududlarni tasvirlaydigan obzor xaritalarni yaratishda,ko’pincha ko’p 

h’ollarda eng qulay bo’lgan ixtiuoriy proektsiyalardan foydalaniladi. 

Barcha topografik va obzor-topografik xaritalar teng burchakli k o’ n d a l a n 

g  ts i l i n d r i k  p r o e k ts i ya d a tuziladi. Bu proektsiyani nemis olimi 


K.F.Gauss (1777-1855) nazariy jih’atdan asoslagan bo’lsa, yana bir nemis olimi. 

L.Kryuger (1857-1923) esa uni h’isoblash formulalarini ishlab chiqqan. Shuning 

uchun h’am u, G a u s s - K r yu g e r  p r o e k ts i ya s i deyiladi, bir-biriga 

o’xshash tarzda tasvirlanganidan u teng burchakli uoki konform (o’xshash) 

proektsiya deyiladi. 

 

2.5. Koordinata to’rlari. Masshtablar. Ko’p varaqli xaritalarni razgrafkasi 



va nomenklaturasi. Komponovka. 

 

Xarita model sifatida obektlarni fazoviy o’rnini tanlangan koordinata 



sistemasida qayd etadi. Shuning uchun xaritada kordinata to’ri ko’rsatilagan 

bo’lishi kerak.  Koordinata to’rsiz tuzilgan xarita, xuddi h’isob olish shkalasi 



bo’lmagan termometrga o’xshaydi. Geografik xaritalarni tuzishda g e o g r a- f i k  

k o o r d i n a t a l a r sistemasidan foydalaniladi. Ular Er yuzasidagi obekt va 

nuqtalarni er ellipsoidi yuzasiga nisbatan ko’rsatadi. Xaritani tayuorlauotganda bu 

to’r kartografik tasvirni h’osil qilish uchun sinch (qobirg’a, sklet) vazifasini 

bajaradi. Xaritadan foydalanauotganda esa u er ellipsoididagi nuqtalarni 

koordinatalarini aniqlashga, xaritaga nuqtalarni ularni koordinatalari bo’yicha 

tushirishga, chiziqlar yo’nalishini dunuo tomonlariga nisbatan o’lchashga, xaritani 

istagan joyida masshtablarni va xatoliklarni h’isoblab chiqarishga imkon beradi.  

Eng ko’p tarqalgan to’rlar qatoriga, mayda masshtabli xaritalarda asosiy 

h’isoblangan meridian va parallel chiziqlarining o’zaro kesishishidan h’osil 

bo’lgan-kartografik to’r kiradi. Kartografik to’rni qimmati meridian va parallellarni 

chuqur geografik manosi bilan bog’liqdir. Meridianlar shimol va janub, parallellar 

esa g’arb-sharq yo’nalishlariga mos keladi. Joyda aniqlanilishi mumkin bo’lgan bu 

yo’nalishlar bilan dalada xarita bilan ishlauotganda orientirlash uchun 

foydalaniladi. Kartografik to’rni bunday xususiyati topografik xaritalar uchun h’am 

ah’amiyatlidir. 

Mayda masshtabli xaritalarda kartografik to’r keng geografik orientirlash 

uchun vosita, xar xil umumlashtirish va xulosalar uchun asos bo’ladi. Nih’oyat, 

punktlarni uzoqlik farqi ularning vaqt farqlarini ifoda etadi. 



Kartografik to’rlarda parallellarning h’isobi h’ar doim ekvatordan boshlab 

olib boriladi. 1884 yilgi h’alqaro kelishuvga muvofiq Angliyani eng qadimgi 

astronomik observatoriyasidan o’tgan Grinvich meridiani bosh meridian deb qabul 

qilingan. Xaritalarda meridian va parallellarni (kartografik to’rni) birinchi bo’lib 

Eratosfen chizgan.  

Joyda (Er yuzasida) nuqtalar orasidagi o’lchangan masofalar uzunligini 

gorizantal proektsiyalarni qog’ozda kichraytirilish darajasiga masshtab deyiladi

Masshtabni son, so’z va chiziq bilan ifodalash mumkin. Masshtabning 

kichraytirilish darajasiga qarab masshtabning yirik uoki maydaligi aniqlanadi. 

Obzor xaritalar 1:1 000 000 va undan mayda masshtablarda tuziladi. Xaritalar 

masshtabiga ko’ra yirik (1:10 000 dan 1:100 000 gacha), o’rta (1:200 000 dan 1:1 

000 000 gacha) va mayda (1:1 000 000 va undan mayda) masshtabli xaritalarga 

bo’linadi. 

Ko’p varaqli xaritani aloh’ida varaqlarga bo’linishiga razgrafka deyiladi. 

Ko’p varaqli xaritani aloh’ida varaqlarini malum sistema bo’yicha belgilashga 

nomenklatura deyiladi. Topografik xaritalar varaqlarining razgrafkasi va 

nomenklaturasi 1:1 000 000 masshtabdagi xalqaro xaritaning razgrafkasiga va 

nomeklaturasiga asoslangan. Xalqaro nomenklatura sistemasi 1909 yilda London 

va 1913 yilda Parij shah’arlarida o’tkazilgan Halqaro geografik kongresslarda 

qabul qilingan.  

Xarita (lar)da tasvirlanadigan xududni chegarasini aniqlash va uni xarita 

ramkalariga nisbatan joylashtirish, ramkaning ichida va undan tashqarida 

xaritaning nomini, masshtabini, legendasini, h’ar xil qo’shimcha kesma xaritalarni 

va boshqa shunga o’xshash malumotlarni maqsadga muvofiq joylashtirishga k o m 

p o n o v k a deyiladi. 

 

Adabiuotlar 



1. Salih’ev K.A. Kartografiya.-M.: Vo’sshaya shkola, 1982. -III bob. 45-104 

betlar. 

2. Salih’ev K.A. Kartovedenie.-M.: İzd-vo MGU. 1990. -52-102 betlar. 

 

 



Uchinchi mavzuKARTOGRAFİK  BELGİLAR  VA  KARTOGRAFİK 

TASVİRLASh  USULLARİ. 

 

Maruza rejasi:  

Kirish. 

3.1. Kartografik belgilar, ularni funktsiyalari. Belgilarni turlari va ularni 

differentsiatsiyalash-tirish. 

3.2. Joylashtirilgan belgilar usuli. 

3.3. Chiziqli belgilar usuli. 

3.4. İzoliniyalar (teng chiziqlar) usuli. 

3.5. Sifatli fon (rang) usuli. 

3.6. Miqdorli fon (rang) usuli. 

3.7. Joylashtirilgan diagrammalar usuli. 

3.8. Nuqtalar usuli. 

3.9. Areallar usuli. 

3.10. Harakatdagi belgilar usuli. 

3.11. Kartodiagrammalar usuli. 

3.12. Kartogrammalar usuli. 

Xulosa. 

 

Talim-tarbiyaviy vazifalari - talabalarni xaritalarni shartli belgilari h’aqidagi 

bilimlarini kengaytirish va mustah’kamlash; geografik (mavzuli, maxsus va 

boshqa) xaritalarda obektlarni tasvirlash usullari h’aqidagi tushunchalarini 

rivojlantirish; xar bir kartografik tasvirlash usulini tarifi, xususiyatlari, 

qo’llanilishi, shuningdek, boshqa usullardan farqi h’aqidagi bilimlarini 

mustah’kamlash, kengaytirish va umumlashtirish, shuningdek bu usullarni amalda 

qo’llash bo’yicha ularda zarur amaliy tajriba va ko’nikmalar h’osil qilish. 

Jih’ozlar: Xar xil mavzudagi o’quv va ilmiy-malumotnoma devoriy xaritalar, 

atlaslar, jadvallar va boshqa ushbu mavzuga oid ko’rgazmali qurollar.  

 


3.1. Kartografik belgilar, ularni funktsiyalari. Belgilarni turlari va ularni 

differentsiatsiyalashtirish. 

 

Xaritalarda h’ar xil obekt (predmet, xodisa, jarauon va h’.k.) larni va ularni 

sifat va miqdor tavsiflarini ifodalash uchun qo’llaniladigan grafik simvollarga k 

a r t o g r a f i k  sh a r t l i belgilar deyiladi. Bu belgilar mumkin qadar sodda, 

ko’p joy egallamaydigan va shu bilan birga bir-birlaridan aniq ajralib turadigan va 

oson chiziladigan h’amda o’qiladigan bo’lishlari kerak. 

Aloh’ida obektlarni kartografik belgilari ikkita asosiy funktsiyani bajaradi: b i 



r i n ch i d a n-obektlarni turini ko’rsatadi (quduq, shosse, botqoqlik va b.) va 

ularni ayrim miqdor va (uoki) sifat tavsiflarini (masalan, quduqdan malum vaqtda 

olinadigan suv miqdorini, shosse qatnov qismining eni va ustiga uotqizilgan 

materialning turi, botqoqning yurib o’tishga yaroqligi;   i k k i n ch i d a n-obektni 

fazoviy h’olatini aniqlaydi, ushbu obektlarning planli o’lchamlarini va shakllarini, 

uoki, qisqasi ularni «fazosini» modellashtiradi. Ko’pincha belgilar h’odisani vaqt 

mobaynida o’zgarishini (shah’arlarni o’sishi, daruolarni toshishini va x.k.), ko’chib 

yurishini (ekspeditsiyalarni marshurutini, tsiklonlarning traektoriyasini) va boshqa 

jarauonlarni aks ettiradi. 

Xaritalarda belgilarning h’ammasi jamuljam bo’lib ancha keng funktsiyalarni 

bajaradilar. Ular obektlarni o’zaro uyg’unligini va aloqadorligini ko’rsatadi, 

h’odisalarni fazoviy obrazlarini shakllantiradilar, ularni joylanishidagi 

qonuniyatlarni va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradilar. Natijada qilib 

xaritani aloh’ida belgilarda mujassamlashgan informatsiyalar yig’indisidan ortiq 

bo’lgan yangi bilimlar beradi. Bundan tashqari belgilarni guruh’larga ajratish 

xodisalarni xolati, differentsiatsiyasi, o’zaro bir-biriga tasiri va vaqt mobaynida 

o’zgarishini fazoviy tavsiflash uchun keng imkoniyat ochadi. 

Qadimgi xaritalarda voqea va h’odisalar perspektiv suratlar bilan ko’rsatilgan. 

Bunday suratli rasmlar aloh’ida izoh’larsiz h’am tushunarli bo’lgan. Dastlabki 

vaqtlarda aloh’ida obektlarni suratlari individual bo’lgan. Masalan, shah’arlarni 

planida diqqatga sazovor binolarni arxitekturasini aks ettirishga h’arakat qilganlar. 

Keyinchalik perspektiv suratlar, ayniqsa mayda masshtabli xaritalarda, o’zlarini 

individualliligini yo’qota boshlaganlar va ular o’xshash obektlar uchun umumiy 


qilib bajariladigan bo’ldilar. Masalan, aloh’ida guruh’ manzilgoh’lar (qishloqlar, 

posuolkalar, shah’arlar, qalalar va sh.k.) uchun o’zlarining aloh’ila qabul qilingan 

perspektiv belgilaridan foydalaniladigan bo’lindi. Mana shu fakt individual 

tavsiflardan turdosh tushunchalarga o’tish kartografik belgilarni kiritilishini 

anglatdi, qaysiki ularni tushunmoqlik uchun ularni izoh’lab (sharh’lab) berish 

zarurati tug’ildi. 

Taxminan XVIII asrni o’rtalaridan boshlab, xaritalar masofalar va 

maydonlarni aniq o’lchash uchun qo’llanila boshlagandan keyin, shuningdek 

armiya eh’tiuojlari uchun ah’oli punktlarini, o’rmonlarning va boshqa shu kabi 

obektlarning ko’rinishini (konturini) aniq tasvirlash zarurati tug’ilganidan boshlab 

perspektiv belgilar o’zlarini o’rnini predmetlarni aniq planli tasvirlariga bo’shatib 

beradigan bo’ldilar. 

Xaritada obektlarni planli geometrik xususiyatlarini berish nuqtai nazaridan 

kelib chiqib, kartografik shartli belgilar o’z xususiyatlari va vazifalariga ko’ra m a 



s sh t a b s i z,  m a y d o n l i  (konturli)  v a  ch i z i q l i  sh a r t l i  b e l- g i l a r 

g a bo’linadi. 

M a s sh t a b s i z  sh a r t l i  b e l g i l a r bilan konturlarini xarita 

masshtabida ko’rsatish mumkin bo’lmagan obektlar tasvirlanadi. Masalan, aloh’ida 

turgan, orientir ah’amiyatiga ega bo’lgan daraxtlar, buloq, quduq, tegirmon, zavod 

va fabrikalar, neft va gaz vishkalari, uodgorliklar va boshqa shu kabi obektlar 

masshtabsiz shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Bunda obektlarni tashqi ko’rinishi 

(qiuofasi) saqlanmaydi. Obektning joydagi o’rni esa, odatda shartli belgining 

markaziga uoki tagiga to’g’ri keladi. 

M a y d o n l i  sh a r t l i  b e l g i l a r bilan xarita masshtabida konturini 

saqlab qolish mumkin bo’lgan obektlar tasvirlanadi. Masalan, o’rmon, botqoqlik, 

o’tloq, bog’, poliz, ko’l va boshqalar maydonli shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. 

Obektlarni tashqi ko’rinishi (qiuofasi) saqlanadi. Ularni konturlari turli rangga 

bo’yaladi uoki boshqa maydonli grafik vositalar bilan to’ldiriladi. Botqoq va 

sho’rxok erlarning konturlari ichiga turli xil shtrixlar chiziladi. Avval bu belgilar 

uchun «konturli belgilar» uoki «masshtabli belgilar» terminlari qo’llanilgan. 

Ch i z i q l i  sh a r t l i  b e l g i l a r bilan uzunligi xarita masshtabida 

ifodalanadigan va uzunasiga davom etgan obektlar-daruo, ko’l va dengizlarning 



qirg’oq chiziqlari, siuosiy-mamuriy chegaralar, yo’llar, telefon h’amda telegraf 

liniyalari va boshqa shu kabi obektlar tasvirlanadi. Ular obektlarni o’xshashlik 

belgilarini saqlab qoladi, lekin obektni kengligini orttirib yuborishlari mumkin. 

Masalan, mayda masshtabli xaritalardagi yo’llarni belgilari bunga misol bo’ladi. 



Belgilarni shakli, rangi, orientirovkasi, tiniqligi va ichki strukturasi (rasmi) 

bo’yicha differentsiatsiya-lashtiriladi.  

Kartografik belgilarni o’rganishda tah’lil qilishda, takomillashtirishda va 

yangilarini ishlab chiqishda ularni kartografik tasvirlash usullari bo’yicha farqlash 

qulay. Chunki ular xaritaga olinauotgan xodisalarni joylanish xarakterini va 

moh’iyatini h’isobga oladi. Foydalanilauotgan va foydalanishi mumkin bo’lgan 

kartografik belgilarni beh’ad ko’pligiga qaramasdan kartografik tasvirlash 

usullarining soni unchalik ko’p emas. 

Asosiy usullar bo’lib quyidagilar h’isoblanadi: joylashtirilgan belgilar, 



chiziqli belgilar, izoliniyalar (teng chiziqlar), sifatli va miqdorli fonlar (ranglar), 

joylashtirilgan diagrammalar, nuqtalar, areallar, h’arakatdagi belgilar 

(vektorlar), kartodiagrammalar va kartogrammalarXaritalardagi uozuvlar h’am 

kartografik belgilar rolini bajarishi mumkin. 

 

3.2. Joylashtirilgan belgilar usuli. 

 

Joylashtirilgan belgilar aloh’ida tasvirlash usuli sifatida xarita masshtabida 



ifodalanmaydigan uoki kartografik belgiga qaraganda kam (kichik) maydonni 

egallaydigan obektlarni o’rnashgan joyini ko’rsatish uchun va umuman aniq 

(konkret) punktlarga joylashtirilgan h’odisalarni tasvirlab berish uchun 

qo’llaniladi.  Masalan, topografik xaritalarda belgilar bilan joydagi predmetlar; 

kilometr va yo’l ko’rsatkichlari, yakka o’sgan orientir ah’amiyatiga ega bo’lgan 

daraxt (lar), radiomachtalar va h’okazo. Mayda masshtabli mavzuli va 

umumgeografik xaritalarda belgilar obektlarni o’rnashgan joyini va turini 

ko’rsatishdan tashqari ko’pincha boshqa funktsiyalarni h’am bajaradi. Masalan, 

Obektni miqdor ko’rsatkichlarini (katta-kichikligini), ah’amiyatini, uni vaqt 

mobaynida o’zgarishini va h’okazolarni tavsiflaydi. Masalan, ah’olini punkti 

belgisi ah’oli joylanish tipini (shah’ar, shah’ar tipidagi posuolka, qishloq), ah’oli 



sonini, mamuriy ah’amiyatini ko’rsatishi mumkin. Shuningdek, belgilarni sanoat 

va qishloq xo’jalik korxonalarini, foydali qazilma konlarini tasvirlash uchun 

qo’llash qulay. O’zining shakliga ko’ra ular uchta turga-geometrik, xarfli va 

ko’rgazmali belgilarga bo’linadi.  



G e o m e t r i k  b e l g i l a r aylana (doira), kvadrat, uchburchak, romb, 

to’rtburchak va boshqa shu kabi shakllarga ega bo’ladi. Ular chizish uchun qulay, 

oddiy, legenda bo’yicha yaxshi tanib olinadi, nisbatan kam joyni egallaydi, obektni 

joylashgan o’rnini aniq ko’rsatadi, o’lchami bo’yicha oson taqqoslanadi. Elementar 

geometrik figuralarni soni unchalik ko’p emas, lekin belgilar uchun xar xil 

ranglardan foydalanib va ularni ichki rasmlarini ko’rinishini o’zgartirib ularni 

sonini ko’paytirish mumkin. 

H a r f l i   b e l g i l a r-bu tasvirlanauotgan obekt uoki h’odisa nomini bitta 

uoki ikkita boshlang’ich h’arflaridir. Masalan, temir va fosfor rudalari uchun Fe va 

P. Harfli belgilarni qo’llash nisbatan chegaralangan, chunki ular obektlarni aniq 

joylashgan o’rnini ko’rsatmaydi, xaritani xar xil xarflar bilan to’ldirib tashlaydi, 

o’lchami bo’yicha uomon taqqoslanadi. Agar h’arflar birorta geometrik figurani, 

masalan, kvadratni ichiga uozilgan bo’lsa, ularni o’lchami bo’yicha bir-biriga 

taqqoslash va joylashtirish ancha engil bo’ladi, bunday h’olda ikkala tipdagi 

belgilarni yaxshi tomonlari uyg’unlashadi. 



K o’ r g a z m a l i  b e l g i l a r-rasmi bo’yicha tasvirlanauotgan obektlarni 

esga soladi. Ularni ichida ramziy (simvolik) va naturalistiklarini (asliga qarab 

olingan) ajratiladi. Ramziy belgilarni shakli tasvirlanauotgan obekt bilan birorta 

bir-birini eslatadigan o’zaro bog’lanish borligini ko’rsatadi. Masalan, shah’ar 

planida teatr binosi joylashgan erni maska bilan belgilash va h’okozo. Naturalistik 

belgilar, masalan traktor ishlab chiqaradigan zavodlarni ko’rsatish uchun traktorni 

rasmi (surati)dan foydalaniladi. Bunday belgilar obektlarni taqqoslash va 

joylashtirish uchun qulay emas. Lekin ular ommaviy nashrlarda, masalan targ’ibot 

va tashviqot maqsadlarida ishlangan xarita-plakatlarda uchrab turadi. Tanlangan 

belgilar uzoqdan ko’zga tashlanib turishi, tushunarli (h’ammabop) va uzoq 

masofadan turib idrok qilinadigan bo’lishi kerak. Obektlarni nisbatlarini belgilarni 

o’lchami (katta-kichikligi) orqali berish h’ar xil asosda amalga oshirilishi mumkin.  

 


3.3. Chiziqli belgilar usuli. 

 

Chiziqli belgilar aloh’ida tasvirlash usuli sifatida uzunasiga davom etgan, 



kengligi xarita masshtabida ifodalanmaydigan, chiziq bo’ylab joylashgan 

obektlarni tasvirlash uchun qo’llaniladi. Masalan, suvayirg’ich chiziqlari, siuosiy 

va mamuriy chegaralar, yo’llar, telefon va telegraf liniyalari, daruo, ko’l va 

dengizlarning qirg’oq chiziqlari, front chiziqlari va ularni h’olatini o’zgarishi va 

boshqa obektlarni asosiy yo’nalishlari (alp burmalanishini asosiy yo’nalishlari, 

relefni skelet chiziqlari va h’okazo) tasvirlanadi. Obektlarni sifat va miqdor 

tavsiflarni berish uchun odatda chiziqli belgilarni rasmidan, rangidan, ichki 

strukturasidan ayrim h’ollarda kengligidan foydalaniladi. 

 

3.4. İzoliniyalar (teng chiziqlar) usuli.  

 

«İzos» (grekcha-teng, bir xil) degan manolarni anglatadi.. İzoliniyalar deb 



xaritada h’odisani birorta miqdor ko’rsatkichi asosida bir xil qiymatga ega 

bo’lgan nuqtalar bo’yicha o’tgan uoki ularni birlashtiruvchi egri chiziqqa 

aytiladi.  Odatda bu usul bilan uzluksiz tarqalgan (uoyilgan) va fazoda asta-sekin 

o’zgaradigan h’odisalar tasvirlanadi. İzoliniyalarga xarakterli misol bo’lib 

topografik xaritalarda relefni tasvirlashni asosiy usuli bo’lgan -gorizontallar uoki 

izogipslar h’isoblanadi. Xarita (lar)da dengiz sath’idan bir xil balandlikda 

joylashgan nuqtalarni birlashtiruvchi egri chiziq (lar)ga gorizontal (lar) deyiladi. 

Shuningdek, masalan, izotermalar-bir xil h’avo h’aroratiga ega bo’lgan nuqtalarni 

tutashtiruvchi egri chiziqlar; izobaralar-bir xil h’avo bosimiga ega bo’lgan joyda 

nuqtalarni birlashtiruvchi egri chiziqlar; izogietalar-bir xil uog’in-sochin 

tushadigan erlarni (nuqtalarni) tutashtiruvchi egri chiziqlar; izobatalar-bir xil 

chuqurlikka ega bo’lgan erlarni tutashtiruvchi egri chiziqlar va boshqalar. İqlim 

xaritalarini tuzishda izoliniyalar asosiy usul h’isoblanadi. Odatda, tasvirlanauotgan 

h’ududni (akvatoriyani) chegarasida h’odisa miqdorini o’zgarishini ko’rgazmali 

qilib tasvirlash uchun izoliniyalar orasidagi tilim-tilim joy (er)lar rangli shkala 

bo’yicha bo’yaladi uoki shtrixlanadi. 



Ayrim h’ollarda xaritalarda izoliniyalarni lokal (malum joyda to’plangan, 

o’choq) uoki bo’linib-bo’linib tarqalgan (ah’oli zichligi, h’ududni o’rmon bilan 

qoplanganligi) h’odisalar uchun h’am qo’llaniladi. Ushbu h’olda ular 

psevdoizoliniyalar deyiladi. 

 

3.5. Sifatli fon (rang) usuli. 

 

Bu usul bilan xarita (lar)da tasvirlanauotgan xududni chegarasida 



(akvatoriyasida) tasvirlanauotgan h’odisani (obektni) u uoki bu malum sifat 

belgisi bo’yicha (asosida) uni qismlarga bo’lish va ularni h’ar birini maydonli 

grafik vositalar uordamida qoplash uoki to’ldirish yo’li bilan o’sha h’odisani 

sifat farqlari tasvirlanadi. Hududni (akvatoriyani) qismlarga bo’lish 

tasvirlanauotgan h’odisani sifat ko’rsatkichlari bilan uzviy bog’langan bo’ladi. 

Masalan, tuproq xaritalarida ushbu qismlar orasidagi chegara qaerda bitta tuproq 

tipi (kichik tipi, turi) boshqasi bilan almashinsa, o’sha erda o’tkaziladi. So’ngra 

bitta tipdagi qismlar qabul qilingan rangga bo’yaladi uoki shtrixlanadi. Shuningdek 

bu usul h’ar xil rayonlashtirish xaritalarida (masalan, tabiiy-geografik, iqtisodiy-

geografik, tuproq-iqlim va h’.k.), h’alqlar, geologik, botanik xaritalarda asosiy usul 

sifatida qo’llaniladi. 

Sifatli fonning ikkita rangli sistemalari bir-birini qoplashi mumkin emas. 

Lekin fonli gullashni shtrixovka bilan birga qo’shish mumkin. Shunday qilib, bitta 

xaritada ikkita xatto uchta sifatli fon sistemalarini ko’rsatish mumkin. Masalan, 

tuproq xaritalarida fonli gullash ko’pincha tuproqlarni genetik bo’linishlarini, 

shtrixovka esa-ularni mexanik xususiyatlarini (tarkibini) ko’rsatadi. Bu usul 

boshqa tasvirlash usullari bilan engil (oson) uyg’unlashadi. 

 


3.6. Miqdorli fon (rang) usuli. 

 

Bu usul bilan xarita (lar)da tasirlanauotgan h’udud chegarasida 



(akvatoriyasida) tasvirlanauotgan h’odisani (obektni) u uoki bu malum miqdor 

ko’rsatkichi bo’yicha (asosida) uni qismlarga bo’lish va ularni xar birini 

maydonli grafik vositalar uordamida qoplash uoki to’ldirish yo’li bilan o’sha 

h’odisani miqdor farqlari tasvirlanadi

Hududni (akvatoriyani) qismlarga bo’lish tasvirlanauotgan h’odisani miqdor 

ko’rsatkichlari bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Ushbu qismlar orasidagi chegaralar 

aks ettirilauotgan h’odisa bilan uzviy bog’langan belgilar bo’yicha o’tkaziladi va 

h’ar bir qism uchun u uoki bu raqamli malumotlar bo’yicha aks ettirilauotgan 

h’odisani miqdor tavsifi ko’rsatiladi. 

Shuningdek, bu usul daruo suvlarining oqim modullarini, tuproqlardagi 

h’arakatchan azot, fosfor, kaliy formalarini va miqdorini tavsiflovchi xaritalarda 

h’am keng qo’llaniladi. Xaritani taxt qilish sifatli fon usulidagiga o’xshaydi, lekin 

shkala pog’onalarini gullash qalinligi uoki shtrixovka kuchi (zichligi) 

ko’rsatkichlarni o’sishini aks ettiradi. Taxt qilishni boshqa priuomlarini (usullarini) 

h’am qo’llash mumkin, masalan, miqdorli ko’rsatkichlarni diagrammali belgilar 

bilan mos uchastkalarning chegarasida joylashtirish va xokazo. Bu usul uchun 

shkalani maqsadga muvofiq tanlash ayniqsa muh’im. Rayonlar buuoq uoki 

shtrixovka bilan ajratiladi.  

 

3.7. Joylashtirilgan diagrammalar usuli. 

 

Bu usul malum nuqtalarga to’g’ri keltirilib joylashtirilgan diagrammalar, 

uzluksiz va chiziqli tarqalgan mavsumiy va boshqa davriy h’odisalarni-ularni 

rivojlanishi, miqdori, davom etishi, qaytalanishi va boshqa diskret tavsiflash 

uchun keng ishlatiladi. Odatiy mavzular: h’aroratni yil davomida o’zgarishi, oylar 

bo’yicha uog’in -sochin miqdorini taqsimlanishi. qor qoplamining dinamikasi, 

daruolarning yillik oqimini oylar bo’yicha taqsimlanishi, shamollarni yo’nalishi va 

kuchi va sh.k. Diagrammalarni joylashtirish uchun nuqtalar tutash maydonlarni 

xususiyatlarini o’zida eng yaxshi aks ettiradigan punktlarda, masalan, 


meteostantsiyalarda uoki chiziqli obektlarni malum nuqtalarida masalan, 

gidropostlarda tanlanadi. Uzluksiz uoki chiziqli tarqalgan h’odisalar uchun 

mo’ljallangan, malum joyga taaluqli diagrammalarni, punktlarga joylashgan 

h’odisalar uchun qo’llaniladigan belgilar usulidan printsipial farq qilishini qayd 

etish joiz.  

Diagrammalar dekart uoki qutbiy koordinata sistemasida egri taqsimlanish 

uoki ustinchali diagrammalar ko’rinishida tuziladi.  

3.8. Nuqtalar usuli. 

 

Bu usul bilan xaritada uoyilib (bo’linib) joylashgan obektlar-(h’odisalar) 



tasvirlanauotgan obektni bir xil miqdor birliklarida belgilaydigan va uni 

joylanishi va to’planishiga mos joylashtiriladigan bir xil o’lchamdagi ko’pchilik 

nuqtalar bilan tasvirlanadi. Xaritaga olishdan oldin nuqtani «og’ir» ligi 

aniqlaniladi, bitta nuqta qaysi o’lchamdagi miqdor ko’rsatkichiga mos keladi 

(masalan, bitta nuqta 500 kishiga uoki 10 000 gektar sholi ekin maydoniga to’g’ri 

keladi). Xaritada nuqtalarni obektni uoki h’odisani h’aqiqiy joylanishini eng yaxshi 

aks ettiradigan qilib joylashtiriladi. Ayrim h’ollarda bitta xaritada ikkita 

o’lchamdagi nuqta beriladi, masalan, yirik nuqta 1000 kishi, kichik nuqta esa 100 

kishi. Nuqtalar usuli tasvirlanauotgan h’udud chegarasida obekt uoki h’odisani 

tarqalishi to’g’risida ko’rgazmali tasavvur beradi. Nuqtani «og’ir» ligi uni miqdor, 

rangi esa sifat tavsifini aniqlashga imkon beradi. U ayniqsa kontrast (keskin farq 

qilib) joylashgan h’odisalar uchun samarali usul h’isoblanadi. Nuqtalar xaritaga 

ikkita usul bilan, yani geografik va statistik usul bilan qo’yiladi. Geografik usulda 

h’odisani geografik joylanishi (tarqalishi) h’isobga olinadi. 



Download 407.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling