O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshlang‘ich professional ta’limning o‘quv dasturi


Download 1.84 Mb.
bet12/75
Sana04.11.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1745717
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Bog'liq
30721001-Kon ishchisi

1. O‘quv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi

Elektrotexnika va elektronika asoslari

Ajratilgan soat

40

Mavzular soni

20

Dasturning maqsadi

Elektrotexnika va elektronika asoslari fanini kasb-hunar kolleji o‘quvchilariga elektr va magnit hodisalari haqida bilim berish, elektrotexnik ishlab chiqarish sanoati va maishiy xizmatda texnik qo‘llashning masalalarini hamda elektron qurilmalarini o‘rgatishdan iborat. Undan tashqari fizikaviy xodisalarni o‘rgatish bilan bir vaqtda o‘quvchilarda amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan hisoblash metodlari, masalalar, mashqlar bajarish, elektr zanjirlarni va elektron qurilmalarni yig‘ish, tadqiq qilish, tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

  • O‘zgarmas tok elektr zanjirini hisoblay bilishi.

  • Elektromagnitlar va ularni ishlatilishi.

  • Uch fazali generatorlar, ularni ulanishi.

  • Elektr o‘lchash asboblari. Ampermetr, ommetr, voltmetrlarni manbaaga ulash va uni ishlatish.

  • Transformatorlar F.I.K. hisoblash.

  • Bir fazali asinxron dvigatellar va ularni ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

  • O‘zgarmas tok elektr zanjirini hosil qilish va uni ishlab chiqarishda ishlatilishi.

  • Elektromagnitli priborlar va ularni o‘quv amaliyot xonasida ishlatib ko‘rish hamda ularni ishlab chiqarishga qo‘llash.

  • Uch fazali generatorlarni tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rganilgan holda ishga tushirish.

  • Transformatorlarni ish faoliyati, tuzilishi, xususiyatlari hamda F.I.K. larini hisoblash.

Bilimlar



  • Elektr va magnit maydonining asosiy xususiyatlari va xarakteristikalari:

  • Elektromagnit induksiya xodidasi va elektrompgnit kuch;

  • Elektr toki, o‘zgarmas tok elektr zanjirlari va uning asosiy elementlari;

  • Elektr zanjirini hisoblash asoslari;

  • Sinusoidal EYuKni hosil qilish;

  • O‘zgaruvchan tok elektr zanjirining parametrlarini va uni hisoblashni;

  • Yarim o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanlik nazariyasi, elektron – kovak o‘tish;

  • Yarim o‘tkazgichli diod, tranzistor va tiristorlar;

  • Integral mikrosxemalar;

  • Fotoelektrik asboblar;

  • To‘g‘irlagich qurilmalar;

Ko‘nikmalar



  • Labaratoriya ishlarini o‘tkazish uchun sxemasini yig‘ishni.

  • Elektr asbob va qurilmalarini tadqiq qilish bo‘yicha labaratoriya eksperimentlarini bajara olish.

  • Eksperiment natijalariga ishlov berish va taxlil qilishni.

  • Xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan xolda nazorat o‘lchov asboblar, materiallardan foydalana olish.

  • Kataloglar, ma’lumonoma adabiyotlardan foydalana olish.


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling