O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Avliyakulova Nafisa Muzafarovna


II. O`tgan mavzuni so`rab baholash


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/60
Sana04.11.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1748170
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
Bog'liq
12544 2 9130A4A4CB13ED9DF858CD650BE5E86FFC00DAC0

II. O`tgan mavzuni so`rab baholash.O’tilgan mavzuda berilgan uyga 
vazifasini tekshirish.
O’tgan darsda uyga vazifa qilib berilgan topshiriqiar tekshiriladi, ba’zi ishlar 
baholanadi va namoyish qilinadi. Iqtidorli o’quvchilar ishi ham tekshiriladi va ularning 
muallifflari rag’batlantiriladi. 
Ш. Yangi mavzuning bayoni: Mevalar rasmini ishlash
Natyurmort – “jonsiz tabiat” tasviridir.Unda uy-ro`zg`or buyumlari mevalar
sabzavotlar, gullar kabi narsalar tasvirlanadi. Naturadan rangda tasvirlash jarayoni o‘z 
qonun-qoidalariga ega. Ishning boshlanish qismida nimalar qilish, o‘rtasida qaysi 
masalalarni hal etish va ish oxirlab qolganida uni qanday yakunlash kerakligini bilish 
zarurdir. : 
-umumiy tus va rang holatlari va natura bo‘yoqlarining bir-biriga yaqinligidagi tus 
va rang munosabatlarini topa bilish; 
-katta rang – tusli munosabatlar chegarasidagi rang-tuslarning “cho‘zilishi”, 
alohida buyumlarni xajmli shakllarini batafsil rangli qayta ishlanishi. 
-butun tasvirning umumiyligi, yaxlitligi hamda kompozitsiya markazini ko‘rsata 
bilish.
Narsaning o‘ziga qarab rasm chizish jarayonida o‘quvchilarga odam, hayvon 
shuningdek qushlar turkumining o‘lchov nisbatlari, umumiy o‘lchovlar: kalla, qo‘l, 
oyoq, tos va boshqa 54lastic anatomiya haqida tushunchalar beriladi. Bundan tashqari 
faktura haqida ma’lumot berib boriladi, masalan, yuzi g’adir-budir bo‘lgan narsalar 
bilan bir qatorda yuzasi yaltiroq bo‘lgan shisha yoki sirli narsalarning shakli chiziladi. 
Shuningdek, chizilayotgan narsani o‘ziga o‘xshatib, xarakterini topa bilish bilan birga 
uning fakturasini ham ifoda etish talab etiladi. Narsaning o‘ziga qarab chizilgan 
tasvirida estetik tomonga ko‘proq ahamiyat beriladi. Narsaning o‘ziga qarab rasm 


55 
chizish darsi jarayonida har bir o‘qituvchi mavzuga oid tasviriy san’at asarlarini 
keltirib unda rassom qanday tasviriy vositalardan foydalanganligi, uning 
kompozitsiyasi, asardagi ranglarning moslashuvi haqida chizilayotgan narsalarni 
taqqoslab ko‘rsatsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.Bu borada o‘quvchilar faqat narsaning 
o‘ziga qarab rasm chizishdagi malakalari oshib bormasdan balki san’atimiz 
namoyondalari ishlagan san’at asarlari namunalari bilan tanishib boradilar. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling