Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti sirtqi ta'lim bo'limi
Download 99.64 Kb.
|
Boshlang‘ich sinflarda sifat so‘z turkumini o‘rgatish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA SIFATNING MA’NOVIY GURUHLARIGA BO’LIB O’RGATISHGA DOIR.
Uyga vazifaSo‘zlarni qiyoslang. Yasama sifatlarni otlardan farqlab, daftaringizga ko‘chiring. Namuna: Sayroqi –tutatqi, sayroqi. Qanday? –tutaqi-nima? Oqshomgi –qanday? Sezgi nima. Kechki –qanday, tepki-nima? Erinchoq – qanday? O‘yinchoq-nima? Chizg‘ich-nima? Yolg‘ich-qanday, yoshlik-nima, aybdor- qanday? Mulkdor-kim? Yashirin-qanday? Bo‘g‘in-nima? Yasama-qanday? Bostirma- nima? Uyga berilgan topshiriqni sifat bilan ot juftlar berilgan xarakterli tomonini chunki hamma juftlarning yasovchisi bir xil (sayroqi -tutatqi) bu juftlikdagi, -qi qo‘shimchasi bir o‘rinda sifat yasaydi. Bir o‘rinda ot yasaydi ikkalasi ham fel asosiga qo‘shilgan. Bu bidan qo‘shimchalardagi omonimik xususiyatni o‘quvchilar yetadilar. Demak, bu topshiriqni bajarish orqali bo‘limlar aro aloqa o‘rnatiladi. II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA SIFATNING MA’NOVIY GURUHLARIGA BO’LIB O’RGATISHGA DOIR.2.1.Boshlang’ich sinflarda sifatning ma’noviy guruhlarini o’rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan hamda turli xil metodlardan foydalanish. Xarakter-xususiyat, xossa bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar, ayniqsa inson xarakter-xususiyatini ifodalab kelgan so’zlar tilda juda ko’p qo’llanadi: yaxshi, badjahl, yoqimtoy, muloyim, ziyrak, mahmadona, dilkash va h.k Bulardan bir turkumi inson, predmet va hayvonlarning xarak-ter-xususiyatini ifodalashda umumiy qo’llanadi, bir turkumi qsa faqat inson xarakteri yoki predmet xossasini ifodalashga xos bo’lib qolgan, Xarakter-xususiyatlar, xossalar ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra, bunday sifatlar ijobiy va salbiy mazmun-ga ega. Bulardan tashqari, ijobiy ham, salbiy ham bo’lmagan (loqayd mazmunli) sifatlar mavjud. 1.Insonning xarakter-xususiyatiga xos: a) ijobiy sifatlar: muloyim, odobli, chapdast, chaqqon, abjir, ziyrak, mo’min, sodiq, yuvosh, mohir, pok, sipo, o’ktam, (kamtarin), asl, quvnoq; ozoda, sof, yaxshi, dadil, xushmuomala, rostgo’y, mehribon, va b.; b) kishiga xos salbiy xarakter-xususiyatlarni bildiruvchi sifatlar ko’pincha ijobiy xarakter-xususiyatlarni bildiruvchn sifatlarga antonim sifatida qo’llanadi, ya’ni bu gruppa sifatlar kishilarning yoqimsiz, yaramas xususiyatlarini ifoda etadi: zolim, nokas, toshbag’ir, shafqatsiz, quv, ayyor. muttaham, rasvo, ablah, dog’uli, uquvsiz, g’ayir, tannoz, tamanno, takabbur, qabih, munofiq, olchoq., zukko, qo’rs, to’ng, mug’ombir. injiq, o’jar, lavang, o’noq, ishyoqmas, sulloh, galamis, xudbin, g’alcha, ikkshozla-michi va b. Kishilarga xos ijobiy yoki salbiy xususiyatlar uning gap-so’zini, o’y-niyatini, yoki tana a’zolarndan birini sifatlash orqali ham beriladi; Bunday sifatlar kishi bilan bog’langan holda yoki o’zi alohida bo’lishi mumkin: Ularning pok, nozik hislarini oyoq, osti qilgansiz (A. Muxtor). .. qalbining ezgu hislarini bir-ikkp qisqa so’zlar bilan aytib qo’yar edi (Oybek). Uning so’zlari bololarcha sodda, samimiy, lekin aniq va ravshan edi (Oybek). U ezgu tilakli, sof ko’ngil kishi. Jamila soddadil ayol. U sodda so’zlari, yurak otasha, oqilona boqishlari bilan, .. .mehnatkashlar sinfiyai kurashga chaqiradi (Oyb ek). Qaeqdandir quvnoq kulgi eshitildi (A. M u x t o r). ...Qizning sofdilligi.. menda yashirinib yotgan eng pok tuyg’ularni yuzaga chiqargan edi (P. Qodirov). Ya x sh i gap bilan ilon inidan chiqadi deganlari rost ekan («Mushtum»). Qo’li ochiq odam, ochiq ko’ngil kishi, tili shirin ayol, ko’ngli to’g’ri odam, qo’li egri, tili achchiq, nafsi buzuq kabilar ham xuddi shunday. Kishi xarakter-xususiyatini berishda yuqorida zikr etilgan sifatlardan tashqari boshqa turkumdagi (holat, shakl, maza-ta’m, rang-tus bildiruvchi) sifatlardan ham foydalanadi. Bunday sifatlovchilar orqali ham kishilarga xos turli xarakter- xususiyatlar ochiladi: Bir qaradi, ko’zi yomon o’tkir ekan., jonim chiqib ketayoedi («O’zbek xalq dostonlari»). U sarbast, ziyrak, harakatlari dadil, so’zlari o’tkir, o’rtoqlari orasida onaboshi kiz (Oybek); v) kishi xarakter-xususiyatiga oid yana shunday sifatlar borki, ularning ma’nosidan ijobiylik yoki salbiylik yaqqol bo’rtib turmaydi. Nutq momentiga qarab ular har ikkala chegara-siga ham o’tib olishi mumkin. Masalan: dovdir, loqayd, sho’x, mahmadona, sinchkov, mag’rur, indamas, o’jar, shaddod, to’pori, o’tkir va b.: Gulchehra sal engiltak va sho’x bo’lsada o’zi juda ... m e h r- oqibatl i qiz (O. Yoqubov). 1.Predmet (narsa, hayvon, jonivor), holat, hodisa va shu kabilarning xarakter- xususiyatini ifodalash uchun qo’llanuvchi sifatlar: xonaki, dolzarb, dabdabali, tashvishli, asov, chopong’ich, sun’iy, tabiiy, tekin, qimmat, arzon kabi. Kishi va predmet xususiyatlari uchun birdek qo’llanaveradigan sifatlar: ajoyib, yaxshi, yomon, zo’r, chidamli va b. Ba’zi sifatlar esa, yo kishi, yoki predmet belgisi uchun ko’chganma’noda qo’llanishi mumkin: engil, og’ir, dag’al, dardisar, bachkana, rasvo, qaysar, xira, uchar va b. Holat bildiruvchi sifatlar. Predmet, hodisaga, inson va hayvonga xos holat yoki vaziyat turli sifatlar orqali ifodalanishi mumkin: 1) tabiiy holat belgilari, a) ijobiy ma’noda: go’zal, ko’hlik, chiroyli, suluv, latif, qomatdor va b.; b) nuqsoniy belgilar: cho’loq, mayib, maymoq, bukir, cho’tir, soqov, xunuk, g’ilay, kar, pes, ko’r, qiyshiq va b. Qayd etilgan sifatlarning ayrimlari hayvon va predmetlarning belgisi uchun ham qo’llanaverishi mumkin: O’sha mayib turna cholning qo’lida shifo topib yana o’z karvoniga qo’shilganini bilarmikin (Said Ahmad). Juda xunuk ish bo’pti («Mushtum»). 1) Jismoniy yoki fizik holatlarni ifodalovchi sifatlar: bardam, baquvvat, tetik, yosh, keksa, qari, ojiz, zaif va b. Bunday sifatlar predmet belgilari uchun ham qo’llana oladi: Oqsoqol hovliga, keksa tut shoxlari engashib turgan tunuka tomga suqlanib birma-bir qarab chiqdi. (Said Ahmad). Nayda chalingan ojiz navo esa, .. bir cho’pon boladay chinqirib nola qilar edi !(A.uxtor). 2) Ruxi holatni ifodalovchi sifatlar: xursand, xafa,jinni, sog’, sergak, xushyor, g’azabnok,darg’azab tajang, kindor, ma’yus, g’amgin, alamdiyda, alamzada va b. 3) Kishining hayotiy holatini, axvolini ifodalovchi sifatlar: boy, badavlat, kambag’al, kashshoq, yo’qsil, gado, etim. mushfiq, bechora, musofir va b. 4) Predmetning xarorat belgisini ifodalovchi sifatlar: issiq. so Buq, iliq, salqin, ilmiliq, (iliq-miliq) kabi. b) Tozalik, ifloslik holatlarini ifodalovchi sifatlar: toza, ozoda, sof, musaffo, saxtiyon, kir, isqird, irkit va b. 7) Predmetning eskilik, yangilik holatlarini ifodalovchi sifatlar: yangi, eski, churuk, uvada, juldur va b. 8) Predmetning pishgan yoki xomlik holatlarini ifodalovchi sifatlar: xom, g’o’r, dumbo’l, pishgan, pishiq kabi. 9) Predmetning ho’l-quruklik holatini ifodalovchi sifatlar: ho’l, nam, namxush, namtob, quruq, qoq, qoquruq, shilta, shalabbo va b. 10) Tinch va notinch holatlarni ifodalovchi sifatlar: tinch, jim, jim-jit, sokin, osuda, osoyishta, notinch, betinch, bezovta va b.Shuningdek, silliq, g’adir-budir, g’ijim, tekis, siyrak, zich, qalin, yupqa, omonat, puxta, g’uj, sho Bul, tanho, gavjum, ochiq, berk kabi sifatlar ham turli holatlarni ifodalab keladi. Yuqorida keltirilgan holat bildiruvchi sifatlarning deyarlihammasi darajalanadi, forma o’zgartuvchi affikslarni qabul qiladi va ko’pchiligi ko’chgan ma’nolarda qo’llanadi. Qaysi guruh tez bajarsa o‘sha guruh a’zolari rag‘batlantiriladi. Download 99.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling