O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti umumiy psixologiya
Download 0.65 Mb.
|
maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Norasmiy guruh
- Rasmiy lider; • Norasmiy lider.
Rasmiy guruh - rasmiy hujjatlar asosida to‘ziladigan guruh (ustav, shtat). Ishlab chiqarishdagi ta’minot bo‘limi, oliy o‘quv yurtidagi talabalar guruhi rasmiy guruhlardir. Bunday guruh a’zolari o‘rtasida ish yuzasidan bo‘ladigan aloqalar o‘rnatiladi, bu aloqalar ham hujjatda ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Ular bo‘ysunish yoki teng huquqlikni, topshiriq bajarishdagi javobgarlikning ko‘p yoki kam bo‘lishini ko‘zda to‘tadi.
Norasmiy guruh - psixologik motivasiyaning yagona yo‘nalishi asosida simpatiya, qarashlarning yaqinligi, e’tiqod asosida vujudga keladi. Bunda rasmiy hujjatlar hech qanday kuchga ega emas. Agar simpatiya va o‘zaro bog‘liqlik yo‘qolsa, guruh ham tarqab ketadi. Referent guruh (yetalon guruh) - bu real yoki hayolan mavjud bo‘lgan guruh bo‘lib, uning qarashlari, qonun - qoidalari namuna bo‘lib hisoblanadi. Guruh normalarini tan oluvchi, ularni eng yahshi deb hisoblovchi va ularga qo‘shiluvchi shaxs shu guruhga kirishi mumkin. Bunda shaxs bu normalarga qo‘shilibgina qolmay, ularni himoya qiladi va zarur bo‘lsa, tashviqot qilishi mumkin. Guruhlarni rivojlanish darajasiga ko‘ra bir qancha turlarga ajratish mumkin. Bular: 1. Tashkil etilmagan guruhlar: a) assosiasiyalar; b) diffuz guruhlar; 2. Tashqaridan tashkil etilgan guruhlar: tashkilotlar, ishlab chiqarish, o‘quv, kasaba uyushma tashkilotlari, harbiy qism, turli hil jamiyatlar. 3. Ichkaridan tashkil etilgan guruhlar: a) korporasiya; b) jamoadan iboratdir. Odamlar ijtimoiy birlashmasi rivojlanishining yuqori shakli - jamoadir. Jamoa - bu kishilar faoliyatining umumiy maqsadga erishish yo‘lida psixologik jipsligi va umumiy foydali motivlar bilan tavsiflanuvchi guruhidir. Jamoaning muhim belgisi - maqsad va vazifalarning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligidir. Agar bu belgi bo‘lmasa, guruh jamoa deb atalishi mumkin emas. Faoliyat macsadiga ko‘ra: a) kasbiy jamoalar - ishlab chiqarish jamoalari, ijodiy, harbiy, o‘quv jamoalari; b) ijtimoiy tashkilotlar - kasaba uyushma, turli hil partiyalar, yoshlar tashkilotlari; v) ko‘ngilli jamiyatlar - ilmiy, ilmiy-tashviqot, harbiy sport tashkilotlari. g) havaskorlik jamoalari - badiiy havaskorlik jamoalari, kollekcionerlar jamiyati kabilar farqlanadi. Boshqa jamoalar tizimida tutgan o‘rni va aloqalariga qarab, birlamchi va asosiy jamoalar ajratiladi. Guruhlar va jamoalarda shaxs ikki hil munosabatda - xizmat yuzasidan bo‘ladigan va shaxsiy munosabatlarda bo‘ladi. Xizmat yuzasidan bo‘ladigan munosabatlar guruh tarkibi bilan birga hujjatlarda qayd etiladi. Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bog‘liqlik, do‘stlik, o‘rtoqlik, simpatiya asosida vujudga keladi. Xizmat yuzasidan bo‘ladigan va shaxsiy munosabatlar shaxslararo munosabatlar tizimini tashkil etadi. Guruh a’zolari bir-birlariga nisbatan bir hil holatda bo‘la olmaydilar. Guruhning har bir a’zosi o‘zining shaxsiy va ishga taalluqli bo‘lgan sifatlariga, o‘zining mavqeiga ko‘ra guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida muayyan holatni egallaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ayrim kishilar boshqalariga nisbatan ko‘proq obro‘ga ega bo‘ladilar. Eksperiment ma’lumotlariga ko‘ra, sinf jamoasida, ya’ni 30-40 o‘quvchi ichida eng mashhur, obro‘lisi 3-4 o‘quvchi bo‘lishi mumkin. Ularning mashhurligi nimaga bog‘liq? Birinchidan, buning sababi o‘quvchilarning guruhning boshqa a’zolari bilan aloca o‘rnata olish malakalaridir. Ikkinchidan, shaxs o‘zining bilim va malakalari tufayli, bu bilimlar bilan o‘rtoqlashish, boshqa kishilarga beg‘araz yordam ko‘rsatishga intilishi sababli mashhur bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, tashqi ko‘rinish omili tufayli ham shaxs guruhda avtoritet qozonishi mumkin. Bu omilga jismoniy kuch ko‘rsatkichini ham kiritish mumkin. Guruh yoki jamoadagi ba’zi a’zolar shaxsiy o‘zaro munosabatlardan chetda qoladilar. Ular bunday aloqalar o‘rnatish uchun o‘zlariga sherik tanlaydilar. Biroq, bu ushbu shaxs jamoa tomonidan hohlanmaydi, degan so‘z emas, bu shaxs bilan ish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlarga kirishadilar. Jamoadagi bu a’zoning shaxsiy o‘zaro munosabatlari jamoadan tashqarida yahshi o‘rnatiladi. Guruhda shaxs yana shunday holatda ham bo‘lishi mumkin, bunda uni guruhdoshlari do‘stlikda, shaxsiy munosabatlarda rad etadilar. Guruhdagi yakkalab qo‘yish (izolyasiya) va rad etish sabablari ham turlicha bo‘lishi mumkin: Birinchidan, rad etiluvchi o‘quvchilarning o‘cishga befarc munosabatda bo‘lishi. Ikkinchidan, ba’zi o‘quvchilarning sinfdoshlari tomonidan rad etilishi ular bilan bo‘ladigan muloqotning qiziqarli emasligi bilan ham tushuntiriladi. Uchinchidan, ajralib qolganlik guruhdoshlari bilan aloqa o‘rnata olmaslikka ham bogliq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy rollar nazariyasi keng o‘rin egallagan. Unga ko‘ra har bir shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida o‘z faoliyatida turli ijtimoiy rollarni bajaradi. Masalan, universitet talabasi ustozlari oldida talaba, ota-onasi oldida farzand, akasi oldida uka, ukasi oldida aka, bobo-buvisi oldida nevara va o‘rtoqlari oldida esa tengdosh rolida faoliyat ko‘rsatadi. Ijtimoiy rol - ijtimoiy faoliyatning zaruriy turi, ijtimoiy munosabatlar sistemasidagi shaxsning o‘rni bilan belgilab berilgan shaxs hatti-harakatining usulidir. Ijtimoiy rolni bajarishda turli usullarning "shaxsiy" bo‘lish imkoniyatlari mavjud. Guruhlar yoki jamoalarda o‘ziga boshchilik rolini oluvchi shaxs farqlanadi. Psixologiyada bunday shaxs lider deyiladi. Lider guruhni tashkil etish va boshqarish uchun tayinlanishi yoki belgilanishi mumkin. Lider quyidagi vazifalarni bajaradi: • guruhda maqsadga erishishning usul va yo‘llarini rejalashtirish; • guruh a’zolari o‘rtasida javobgarlikni taqsimlash; • muayyan muhitni tashkil etish; • guruh a’zolarining faolligini oshirish. O‘zaro munosabatlar sohasi bo‘yicha liderlarning ikki turi farqlanadi: • Rasmiy lider; • Norasmiy lider. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling