O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti umumiy psixologiya
-Mavzu. Tarbiyaning psixologik asoslari
Download 0.65 Mb.
|
maruza matni
15-Mavzu. Tarbiyaning psixologik asoslari
Reja: Tarbiya jarayonining psixlogik mohiyati, tarbiya metodlari va turlari, Bolalar jamoasi va uning tarbiyaviy imkoniyatlari, tarbiyasi “qiyin” va o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan ishlash metodlari, ilmiy dunyoqarash va barqaror e’tiqodni shakllantirish metodlari, ideal, jinsiy tarbiyalash, Mehnatning tarbiyaviy ta’siri o‘z-o‘zini tarbiyalashning metod va shakllari, tarbiyaning psixologik mexanizmlari, Milliy ong va milliy g‘ururni tarbiyalashning psixologik asoslari muammosi yuzasidan tasawurlarni shakllantirish. Tarbiya psixologiyasi maqsadga muvofik ravishda tashkil etilgan pedagogik jarayon Sharoitida inson shaxsi shakllanishining konuniyatlarini urganadi, Tarbiya xar kanday jamiyatning muhim vazifasidir. Tarbiya - bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chikarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir kursatish jarayonidir. Prezidentimiz I.A.Karimov. «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. Uzining kadr-kimmatini anglaydigan, irodasi bakuvvat, iymoni butun, xayotda anik maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bulamiz» deb ta’kidlaganlaridek, «Ta’lim to‘g‘risida» gi Konun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bugungi kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni karatmokda. Tasavvur kiling: ilmli, katta ixtirolarga kurbi etadigan, konunlarni yaxshi uzlashtirgan mutaxassis - ma’naviyatsiz, tarbiyasiz, axloksiz bulsa nima bulishi mumkin? U uz manfaatini uylaydi, Vatan uchun biror narsa kurbon kila olmaydi, chunki-u xudbin. Unda mexr-okibat, fidoyilik, vatanparvarlik, milliy gurur yuk. U muxtojlarga yordam bermaydi, chunki unda tarbiya shakllanmagan. Xulk-atvor va odatni shakllantirish - ma’lumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri - uning uzini anglashidir. Odamning uzini anglashi uz navbatida shaxsning muhim belgisi xisob.lanadi. Odam uz tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va igu olamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur kiladigan narsalari uning uchun ob’ektdir. Ana shu nuktai-nazardan olganda, odamning uzini anglashi sub’ektiv ravishda uzini «men» deb xis kilishida ifodalanadi. Odam ijtimoiy zot bo‘lganligidan unga uzligini anglash qobiliyati xosdir. Fakat ijtimoiy xayotda, uzga kishilar bilan kiladigan xar turli munosabatlarda odamning uzini anglashi, uzini «men» deb bilishi vujudga keladi va tarakkiy etadi. Odam uzini aloxida shaxs sifatida kim deb bilishi, uzining utmishi va kelajagini anglashi, uz xukuk va burchini anglashi va nixoyat uzining fazilat xamda kamchiliklarini anglashi uzini anglashiga kiradi. Insonning tabiatini uzgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir kiladigan kuch ijtamoiy omillar yoki boshka kilib ashtanda, jamiyat ishlab chikarish kuchlari xamda ishlab chikarish munosabatlarining usishi va uzgarishidir. Bundan tashkari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir kiluvchi kuchli omil inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orkali bolalarga berilishidir. Shunday kilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual xayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga karaganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam tugilib usadigan gashki ijtimoiy muxitning ta’siri bulsa, ikkinchisi, odamga uzok muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’limtarbiyaning ta’siridir va nixoyat, uchinchisi odamga nasliy yul bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir. Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashki, ijtimoiy muxit va tarbiyaning roli xal kiluvchi axamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yukorida aytib utganimizdek, fakat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga xam bog‘liqdir. Bu faktor nasliy yul bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yul bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va kuzlarining rangi, ovozi, Gapirish uslublari, ayrim xarakatlari tugma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni xech kachon esdan chikarmaslik kerakki, odamga xech vakt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning akliy tomonlari- bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlari nasliy yul bilan berilmaydi. Nixoyat, nodir xollarda ayrim kobiliyatlar, masalan, musika, matematika kobiliyatlarda nasliy yul bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ruyobga chikishi uchun albatta, ma’lum sharoit bulishi kerak. Hozirgi kunda xalkimiz orasidan etishib chikkan iste’dodli olimlar, muxandis-ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste’dodli artistlar, rassomlar va boshka kishilarimizga nasliy yul bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ruyobga chikishi uchun xar kanday sharoit maydonga kelganligini dalili bula oladi. Bolalar maktab yoshiga etgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni boshlanadi. Kichik maktab, usmirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yukori boskichi namoyon bo‘ladi. Inson shaxsini o‘rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shugullanadi. Hozirgi davrda insoi muammosi anik va gumanitar fanlarning umumiy tadqiqot ob’ektiga aylanib bormokda. Shunga karamasdan, bir tomondan, insonni o‘rganishda differensiatsiya xodisasi yuz bermokda, ikkiichi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik tavsifi buyicha integratsiya xolati kuzga tashlanmokda. Inson bir kator fayalarning tadqiqot ob’ektiga ekanligini yigik tarzda tasavvur etish uchun uni biosotsial va sotsiobiologik jixatdan urgaiish maqsadga muvofik, Ma’lumki, inson xayoti va faoliyatining operatsional (o‘quv, operatsiya, xarakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezida funksional mexanizmga usib utadi, binobarin, unda komillik belgisi shakllanadi, natijada u kamolot chukkisining muayyan darajasiga erishadi. Inson - jamiyat - tabiat - turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, B.G.Ananev odamning ular bilan xar xil turdagi va kurinishdagi kauzal, strukturaviy, funksional, fazoviy va makoniy alokalar tizimi mavjudligini ta’kiddab utganlar. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling