O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti umumiy psixologiya


Oilaning felitsitologik funksiyasi


Download 0.65 Mb.
bet42/54
Sana11.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1190255
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
maruza matni

Oilaning felitsitologik funksiyasi
Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha «felicite» — baxt). Shaxsiy baxtga erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi bo‘lib bormoqda. Baxt nima o‘zi? Hozirgi zamon oilasi o‘z a’zolarining baxtini ta’minlashda qanday rol o‘ynaydi? Baxtga intilish har bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila qurishga undaydi. Inson o‘ziga ato etilgan baxtning to‘rtdan uch qismini oiladan, qolgan qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinning bir-birini to‘liq tushunishi — ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidor)ni ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda. Lekin ba’zan nopok yo‘llar bilan pul topish orqali baxtli bo‘lishga intilish yoki o‘zgalar hisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy holatlar ham uchrab turadi. Ba’zan esa oila a’zolarining (ayniqsa, er-xotinning) shaxsiy baxtga o‘z-o‘zicha intilishi oilalarda noxush holatlar (xiyonat kabi)ni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun har bir shaxs o‘zida ko‘proq vijdonlilik, poklik, halollik kabi ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e’tibor berishi lozim. 
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi. O‘tgan zamonlarda oilaning boshqaruv funksiyasi ma’lum darajada rasmiy tarzda belgilab ham qo‘yilgan. Unga ko‘ra oilada kim oila boshlig‘i bo‘lishi, uning obro‘si va ustunligi alohida qayd etilgan va oilaning shu a’zosi (asosan ota) butun umri davomida o‘z farzandlari va oila a’zolari xatti-harakati, xulqi uchun javobgar bo‘lgan. Ota-onasiga bo‘ysunmaganlarni jazolash hollari ham nazarda tutilgan.
Hozirgi zamon egalitar oilalarida esa oilaning boshqaruv funksiyasi, asosan ahloqiy me’yorlar, oila a’zolarining shaxsiy obro‘si va birinchi navbatda ota-onalarning bolalarga nisbatan bo‘lgan munosabatlaridagi o‘rni kabilar yordamida amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra ba’zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik qilish oila a’zolarining qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilsa, ba’zi oilalarda (yer-xotinning alohida-alohida) liderlikka intilishi natijasida oilaviy nizolarning ortib borishi, bolalarning har tomonlama e’tibordan chetda qolishi, natijada jinoyatchilik ko‘chasiga kirib ketishi kabilar kuzatiladi. Ba’zi oilalarda ayol liderligining mavjudligi o‘g‘il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning ko‘payib borishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga oilaning boshqaruv funksiyasi oila a’zolarining xulqi, mas’uliyati, majburiyati kabilarni ham boshqarishni, nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Odam oila ko‘rganidan so‘ng albatta uning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi. Endi u «uylanmagan yigit», «turmushga chiqmagan qiz» emas, balki «oilali» odamdir. Shunga ko‘ra u o‘zining xatti-harakatlari, xulqini ham oilali odamga xos tarzda qaytadan ko‘rib chiqadi. Oila qurish tufayli uning mas’uliyati ortadi. Erning va xotinning xulqi ham endi o‘ziga xos boshqariladi.
Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan yana biri relaksatsiya funksiyasidir. Bu degani oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yanada tiklash demakdir. Ma’lumki, fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarning joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko‘proq jismoniy, ruhiy zo‘riqishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarishi ishchi-xodimdan bor imkoniyatini safarbar qilib, butun vujudi bilan ishlashni va o‘zining kasb-hunar mahoratini muntazam oshirib borishini taqozo qiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi - insonni tezda toliqib, o‘zining mehnat qobiliyatini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida ko‘tarinkilik, kuchli zo‘riqish bilan ishlagan xodim, ishchi ishdan so‘ng o‘z uyida, oila a’zolari qurshovida boshqa tashvishlarni unutib, ular ko‘rsatadigan mehr-oqibatdan bahramand bo‘lib, ular bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotdan, emotsional qo‘llab-quvvatlash, beriladigan daldalardan ruhiy quvvat olishi, ertangi kun mehnat faoliyatiga o‘zini qayta tiklab olishi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik, totuvlik, o‘zaro tushunish, hurmat, mehr-oqibat, ijobiy psixologik iqlim hukm surmog‘i lozim. Aks holda odam bu oilada emotsional-ruhiy jihatdan o‘zini qayta tiklab ola olmaydi. Bu esa oqibatda odamning mehnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlikka, jarohatlarga yo‘l qo‘yishiga, turli kasalliklarga duchor bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi funksiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila uchun oila baxtini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, oila — jamiyatning bir bo‘lagi, uning asosiy yacheykasidir. Oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta’sir etadi. Shunday ekan jamiyatni sog‘lomlashtirish uchun eng avvalo oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, oilaning faqat ichki muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammolarini ham hal qilishga hissa qo‘shishini ta’minlash lozim.
Oila va nikox hamma vaqt ham gumanitar fanlarni qiziqtirib kelgan soha. Ayniqsa, bu sohaning ijtimoiy psixologiya uchun o‘ziga xosligi bor. Chunki, ijtimoiy psixologiya oilani o‘ziga xos ijtimoiy guruh sifatida tekshirib, unda sodir bo‘ladigan barcha ruhiy jarayonlarni o‘rganadi. Respublikamizda oila va nikox masalalariga e’tiborning kattaligini hisobga olib, ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlarini ana shu muammolarga bagishlaganlar. Oilaga bo‘lgan ilmiy qiziqishning sabablari avvalo bu ob’ektning nakdligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, oxirgi yillarda, hattoki bizning Respublikamizda ham ajralishlarning ko‘payganligi, tugilishning shahar va kishloklarda bir tekisda emasligi, "muammoli" oilalarning ko‘payib borayotganligi, oila institutiga yoshlar munosabatlarining o‘zgarib borayotganligi va boshqalardir.
Umuman olganda, bizning xududimizda ham oila - nikox munosabatlari yil sayin o‘zgarib bormoqda. Bu boradagi o‘zgarishlarga:
1) oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o‘zgarib borishi;
2) oila a’zolari sonining va tugilishining kamayishi, murakkab ko‘p oilali tipdan, alohida mavjud bo‘lgan alohida oilalar tipiga aylanib borayotganligi;
3) oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalarining o‘zgarib, oilaviy rollar haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o‘zgarib borayotganligi ;
4) iqtisodiy inkirozlarning oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarga ta’siri;
5) ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o‘zgarib borayotganligi kabilarni kiritish mumkin.
Bu aytib utilgan sohalar O‘zbekiston sharoitida shu yaqin kunlarda ishlanishi kerak bo‘lgan muammolar bo‘lib, ularning yochimiga ko‘ra oilani rejalashtirish, oilada bolalar tarbiyasi, ayol va erkaklar mehnatiga munosabat kabilar bo‘yicha olimlar o‘z fikrlarini aytishlari kerak.
Oila va nikox borasida o‘tkaziladigan tadqiqotlarda jaxon xamdustlik davlatlarda o‘tkazilgan izlanishlar, ulardan olingan natijalar va metodikalardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, Sankt-Peturburg, Boltik buyi respublikalarida oila masalalariga bagishlangan tadqiqotlar ko‘plab o‘tkazilgan bo‘lib, ularning tajribasidan biz ham keng foydalanishimiz kerak. Chunki usha xududlarda ro‘y berayotgan ko‘plab ijtimoiy jarayonlar, xususan, oilaviy munosabatlar borasidagi muammolar bizning jumxuriyatimizga ham taalluqli. Masalan, ayollarning ijtimoiy mehnatda bandligi tufayli ularda oila, unda xotin kishining o‘rni, roli haqidagi tasavvurlarining o‘zgarishining o‘zi butun psixologiyaning qayta kurilishiga sabab bo‘lmoqda. Lekin, ikkinchi tomondan, demoqratiya va erkinlik sharoitida yillar davomida ta’kiklanib kelgan eski kadriyatlarimiz, birinchi navbatda, dinning hayotga kirib kelishi, umuman oilaviy munosabatlarga shunday ta’sir kursatmoqdaki, ko‘pchilikda "endi ayol kishi an’anaviy o‘z o‘rnini egallarmikan?" degan tasavvurlar ham paydo bo‘lmoqda. Ammo, hozirgi rivojlangan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar sharoitida moddiy ishlab chiqarishni xotin-kizlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ilmiy tadqiqotlar odamlar ongidagi ana shunday qarama-karshiliklarning psixologik yochimini topgan holda oila va nikox tizimiga psixologik yordam ko‘rsatishi zarur. Shaharlarda va yirik aholi punklarida "oila xizmati" shaxobchalarini tashqil etish zarurki, ular bir tomondan, oila va nikox borasidagi ilmiy muammolarni tadkik qilib, ularni hayotga tadbiq qilsa, ikkinchi tomondan, yoshlarga, oilasiz odamlarga, ziddiyatli oilalarga bevosita psixologik xizmatlar ko‘rsatishi kerak.
Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tadbiqiy tarmoq bu yoshlarni oilaviy hayotga tayorlashdir. Bu ish bizning ulkamizda ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib, yangilik bilan esqilik qarama-karshi kelayotgan sharoitlarda ayniqsa muhimdir. Usmirlik va o‘spirinlik yillarda shakllanadigan attraksiya xodisasi, ya’ni shaxslarning bir birlariga emotsional boglanishlari - dustlik, sevgi hislarini tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart-sharoitlar yaratish bizning O‘rta Osie sharoitlarimizda yangi va kelajagi porlok sohalaridandir. Shu ishlarni amalga oshirishga maktab psixologlari, pedagoglar, ijtimoiy - psixologlar xamkorlikda ishlasalar, olingan xulosa va natijalarni hayotga tadbiq etsa bo‘ladi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling