O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti umumiy psixologiya


Download 0.65 Mb.
bet48/54
Sana11.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1190255
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
maruza matni

a) yoshlarda vatanparvarlik xis-tuygularini shakllantirish;
b) xayrixoxlik, odamlarga xurmat, mexr-shafkat;
v) kattalarni xurmat kilish, e’zozlash;
g) muloyimlik;
d) ishbilarmonlik, moxirlik, ishchanlik, iktisodiy tafakkur;
ye) kichik yoshda mexnatsevarlik;
j) jismoniy bakuvvatlik;
z) axlok-odoblilik; i) oilaparvarlik; k) ayollarga xurmat;
l) uzaro xamkorlikka intiluvchanlik,
Ma’lumki, yoshlarning ma’naviy-axlokiy tarbiyasi bilan oila, maxalla, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, xukukni muxofaza kiluvchi tashkilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar shugullanadilar. Tarbiya jarayoni barcha ishtirokchilarining baxamjixatlik bilan olib boradigan ishlarigagina uzining ijobiy natijalarini berishi mumkin.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish vazifalari ana shuni takozo kiladi.
16-Mavzu. Pedagogik faoliyatning psixologik asoslari
Reja:
1.Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari, pedagogning o‘z-o‘ziga talab qo‘yishi muammosi, o‘qituvchining kasbiy moslashishi muammosi, jamiyatda o‘qituvchining tutgan o‘rni va uning vazifalari

  1. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar,

  2. O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari, o‘qituvchi o‘quvchilarning hayoti va faoliyati tashkilotchisi ekanligi, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, Pedagogik muloqot va uning o‘ziga xos xususiyatlari,

  3. Pedagogik qobiliyatlarning turlari,

  4. Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishining psixologik muammolari haqida tushuncha va ilmiy tasavvurlar hosil qilish.

O‘qituvchining urni va uning vazifalari, usib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’gibor karatilishining nakadar muhim axamiyatga egaligi aniklanadi. Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»nixayotga tatbik etish jarayonida o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oddida javobgarligi yanada ortib boraveradi.


Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga kuyayotgan talablari kun sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda to‘g‘ri xal kilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir.
Zamonaviy maktab o‘qituvchisi kator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi - sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars paytida, kushimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashkari xollarda xam kerakli maslaxatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Kupchilik o‘qituvchilar sinf raxbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib xisoblanadilar.
Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bulmasligi mumkin emas. Shuning uchun xam o‘quvchilar urtasidagi uzaro munosabatlarni yulga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
O‘qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab xayoti faoliyatini uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o‘qituvchilari va sinf raxbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriklarni bajaradi. Xar bir o‘qituvchi o‘quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar ukib, suxbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar tagribotchisi xamdir. Vazifalarning shu kadar kupligi uchun xam jamiyatning o‘qituvchilar oldiga kuyadigan talablari tushunarlidir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mexnatining eng murakkab soxalaridan biridir.
Jamiyat tomonidan kuyiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq xislatlariga karatilgan. O‘qituvchining eng muhim xislatlari kuyidagilardan iborat:
- o‘qituvchining uz Vataniga sodikligi, bolalarni sevish, ularni insonparvarlik ruxida tarbiyalash istagi, uz yurti, ona tili, uz xalkining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatining mustaqilligi goyasida yashashidan iboratdir;
- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada xis etishi;
- olijanobligi, akli, farosati, ma’naviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat buyicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi;
- uzini kulga ola bilishi, sabr-tokatli, bardam, matonatliligidir.
Jamiyatning o‘qituvchi oldiga kuyadigan asosiy talablari kuyidagilardir:
- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomonidan tarbiyalashning, milliy uygonish mafkurasining xamda umuminsoniy boyliklarning moxiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik goyalariga sodiklik ruxida tarbiyalapsh, uz Vatani tabiatiga va oilasiga bo‘lgan muxabbati;
- keng bilimga ega bulishi, turli bilimlardan xabardor bulishi;
- yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi xamda maktab gigienasidan chukur bilimlarga ega bulishi;
- uzi dars beradigan fan buyicha mustaxkam bilimga ega bo‘lib, uz kasbi, soxasi buyicha jaxon fanida erishilgan yangi yutuk va kamchiliklardan xabardor bulishi;
- ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
- uz ishiga ijodiy yondashishi;
- bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi;
-pedagogik texnika (mantik, nutk, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bulishi;
- uzbilimi va pedagogik maxoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Xar bir o‘qituvchi ana shu talablarga tula javob bera oladigan bulishiga ingilishi shart.
O‘qituvchi jamiyat tomonidan kuyilgan talablar bilan bir xatorda uz faoliyagida tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, xamkasblari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kugashini xam esdan chixarmasligi lozim.
O‘qituvchining uz ishidan nimanidir kutayotganligining uziyok muhim axamiyatga egadir, mana shu tarika ko‘tishlar, garchand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga kuyiladigan talablarga kelsada, uziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar xamma vakt xam bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning kursatishicha xalk ta’limi bulimlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim xislatlari nakadar muhimligini xar xil baxolaydilar. Jumladan, xalk ta’limi bulimlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda uz fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishini talab kilsalar, maktab direktorlari o‘qituvchiga kuyiladigan bunday talablarni uchinchi uringa kuyadilar. Shu bilan birga xalk ta’limi bulimlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan kanday mulokotda bulishini bilishini nakadar axamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar, maktab direktori esa bunday xislatlarni o‘qituvchi shaxsiga kuyiladigan talablar ichida birinchi uringa kuyadilar.
O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari
Ota-onalar o‘qituvchidan uning ish staji va yoshi kanday bulishidan kat’iy nazar, farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish maxoratini kutadilar, o‘quvchilar esa o‘qituvchilarni uch xil xislatlari buyicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o‘qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi kurish xislatlari; ikkinchidan, o‘qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan bog‘liq tashki xislatlari va xulxatvoriga karab; uchinchidan, o‘qituvchining uz fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga karab xarakterlab beradilar.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga kuyiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan kuyiladigan ijtimoiy talablar xam usib bormokda.
O‘qituvchiga jamiyat tomonidan kuyiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy ko‘tishlar, pedagogning individualligi, shu tarika talablarga javob berishga sub’ektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga nakadar tayyorligidan dalolat beradi.
Shunisi muhimki, zamonaviy o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xislatlarni batafsil kurib chikish kerak. Bu kanday xislatlar ekan?
Kupchilik psixologlar, shu bilan birga O‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniklab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V.Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin, O‘zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshkalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar o‘qituvchilik kasbini atroflicha urganib, ancha batafsil kursatib berish imkoniyatini yaratadi. Bunda ran o‘qituvchilik kasbining professiogramma (ma’lum tizimga keltirilgan, mexnat psixologik tomonidan o‘rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga karatilgan kiska va xar tomonlama batafsil kursatib berilgan xujjatga professiogramma deyiladi). Professiogramma psixologik nuktai nazardan ishlab chikarish faoliyati xarakteristikasi (anik birorta kasb buyicha kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo‘lgan mazmundagi barcha tomonlarini uz ichiga olishi kerak) ustida boradi.
O‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o‘qituvchiga kuyiladigan maxsus talablarni uz ichiga kamrab olishi lozim. Bulajak o‘qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan kanday talablar kuyilishini bilish va shu asosida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil kilish uchun pedagogika Oliy o‘quv yurtlarida muayyan mutaxassislik buyicha o‘qituvchi professiogrammasi ishlab chikilishi zarurdir.
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, e.Gladkova, L.Mashkurov, T.Xamrokulov, e.Xidirov va boshkalarning ilmiy izlanishlari uzbek tili va adabiyoti, uzbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi kator mutaxassisliklar buyicha o‘qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniklab olish imkoniyatini berdi.
Xar bir mutaxassislik buyicha o‘qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, maktabning o‘qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol kilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlaridan borgan sari birmuncha ortib borishini xisobga olgan xolda o‘qituvchining kuyidagi xislatlari kursatib berishi lozim.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling