O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish


 Quyultiruvchilarning sinflanishi va ularning xususiyatlari


Download 249.29 Kb.
bet10/30
Sana23.04.2023
Hajmi249.29 Kb.
#1392267
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org

1.1.2. Quyultiruvchilarning sinflanishi va ularning xususiyatlari 
Quyultiruvchi - bu ko’p komponentli dispers sistema yoki suvda 
eruvchan tabiiy yoki kimyoviy polimerlar – quyultiruvchilar va yordamchi
moddalar eritmasi bo’lib, u bo’yovchi modda bilan cheksiz aralashib, 
turg’un gul bosish bo’yog’i hosil qiladi.
Gul bosish uchun ishlatiladigan quyultiruvchilar quyidagi talablarni 
qanoatlantirishi lozim:
- mato yuzasiga ravon o’tish,
- gul chegara chiziqlarining aniqligi,
- gul bosish validagi naqshlarni yaxshi ho’llash, unda ushlanib qolish va 
gul bosish jarayonining turli sharoitlariga chidamlilik;
- ikki va undan ortiq bo’yoqning o’zaro tez aralashishi; 


16
- mato yuzasidagi bo’yoq plyonkasining bo’kuvchanligi;
- oson yuviluvchanlik, rangning ravonligi,
- bo’yovchi modda bilan kimyoviy bog’lanmaslik. 
Quyultiruvchilar polimer materiallarning chin yoki kolloid eritmalari
bo’lib, makromolekulalar eritmada o’zaro ta’sirlashadi va ichki fazoviy 
struktura hosil qiladi.
Texnik xossalari, bu: 
- gul bosish ravonligi,
- gul chegara chiziqlarining aniqligi,
- bo’yoqning mato qatlamiga kirishish chuqurligi,
- bo’yoqning naqshband o’ymalaridan matoga o’tish qobiliyati,
- rang to’qligi,
- bo’yovchi moddaning bog’lanish darajasi. 
Fizik xossalari quyultiruvchining ichki fazoviy strukturasining
saqlangan holatidagi xossalari- mexanik va oqish paytida dastlabki qurilma 
bo’laklarining parchalanishdagi xossalari – reologik xossalaridan iboratdir.
Gul bosish sifati bo’yoqning texnik va fizik xossalari orasidagi bog’liqlikni
to’g’ri topishni taqozo qiladi. Gul chegara chizig’ning yoyilib ketishi
bo’yoq qovushqoqligining susayishi tufayli ro’y beradi. Bu hodisa esa o’z 
navbatida bo’yoq ichki strukturasining mexanik ta’sir ostida buzilishiga
bog’liqdir. Tashqi ta’sir olingandan so’ng bo’yoqning o’z xossalarini 
tiklay olish qobiliyati uning tiksotropligi deyiladi. Gul bosishda faqat
tiksotropik xossasiga ega bo’lgan quyultiruvchigina ishlatiladi. Bo’yoq 
tarkibiga bo’yovchi modda va quyultiruvchidan tashqari yordamchi
moddalar ham kiradi.
Kraxmalni
etirifikatsiyalash 
natijasida
suvda

eruvchan


karboksimetilkraxmal (KMK) olinadi. KMK yuqori quyuqlash 
qobiliyatiga ega, uzoq saqlasa bo’ladi, lekin kraxmaldan 2-3 marta
qimmat. Sellyuloza efirlari ichida karboksimetilsellyuloza (KMS) natriyli 
tuz holida ishlatiladi, u yuqori quyuqlash qobiliyatiga ega, sovuq suvda



17
yaxshi eriydi, 50
0
C dan yuqorida eruvchanligi susayadi. Kamedlar ichida 

tragant ko’proq ishlatiladi, chunki unda yaxshi quyuqlash xususiyati bor.


Emulsion quyultiruvchilar moyni emulgatorning suvli eritmasi bilan 
yuqori tezlikda aralashtirish natijasida olinadigan ikki fazali sistemadir. Bu
sistemaga emulgator – sirt aktiv moddadan tashqari, yuqori molekulali 
stabilizator
(natriy

alginat,


KMS

va
b)

qo’shiladi. Emulsion
quyultiruvchilar, asosan, pigmentlar bilan gul bosishda ishlatiladi. 
Kamchiligi yonuvchan ekanligidadir.
Hozirgi paytda mavjud bo`lgan quyultiruvchilar ikki guruhga bo`linadi: 
1. Turli yuqori molekulali moddalarning suvli eritmasi, ya`ni strukturasi
bir fazali polimer eritmasi. 
2. Ikki fazali, aniq ifodalangan ustki bo`lakli kolloid sistema
Ko`pincha makkajo’xori kraxmali qo`llaniladi. U sovuq suvda 
erimaydi, shuning uchun ham qaynatiladi. Qaynatilgan kraxmal tez
buziladi, saqlash qiyin. Shuning uchun uning modifikatsiyasi ishlab 
chiqilgan.
Kraxmalga mexanikaviy ishlov berib, kislota ta`sir etib uning 
modifikatsiyasi olinadi. Kraxmalni mexanikaviy ishlov berish natijasida
uning modifikatsiyasi yuqori texnik xususiyatga ega bo`ladi. 
Quyultiruvchilar olish manbalaridan biri jigarrang dengiz o`simligi
bo`lib, uning tarkibiga alginat kislotasi bo`ladi. Alginat kislotaning 
natriyli tuzi quyultiruvchi sifatida ishlatiladi va natriy alginat deyiladi, u
suvda yaxshi eriydi va past konsentratsiyada bir xil quyuq massa hosil 
qiladi. Odatda 8% li natriy alginat qo`llaniladi. Natriy alginat ishqorga
chidamli, kislotaga esa chidamsiz bo`ladi. 
Amalda hozirgi paytda tropik o`simliklar ildizidagi qotgan sharbat
tabiiy kamed katta ahamiyatga ega.Kamedlar asosan sintetik matolarga gul 
bosishda ishlatiladi. Kamedlar quyultiruvchi sifatida ishlatilganda shakl
toza va tekis bo`ladi va mato yuzidan tez yuviladi hamda yaxshi saqlanadi.
Lekin juda qimmat. Tragant (mevali kamed) yaxshi quyultiruvchi



18
xususiyatga ega, uning 6-8% konsentratsiyasi tayyorlanadi. Odatda tragant 
quyultiruvchi kraxmal va dekstrin quyultiruvchilar bilan qo`shib
ishlatiladi. 



Download 249.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling