O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish


Paxta va ipak tolali aralash matolarni bo’yash


Download 249.29 Kb.
bet13/30
Sana23.04.2023
Hajmi249.29 Kb.
#1392267
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org

1.2.2.Paxta va ipak tolali aralash matolarni bo’yash 

O`zbekiston ipak sanoatining rivojlanish yo`nalishi ipak matolarini, shu


jumladan, xom ashyoning boshqa turlari qo`shilgan matolarni ishlab 
chiqishdir.
Yangi mato arqoq ipi paxta ipidan, tandasi esa tabiiy ipak ipidan 
to`qilgan gazmoldir. Yangi gazmol o`z ichiga paxta tolasi va tabiiy
ipakning ijobiy xususiyatlarini mujassamlashtirgan bo`lib, ko`rinishi shoyi 
xususiyatlariga ega va shu bilan birga shoyi to`qish texnologiyasini
o`zgartirishni talab etmaydi.


33
Yangi mato tuzilishini loyihalashda unga gul tushirish masalasi alohida 
ahamiyat kasb etadi, chunki gul matoni to`qish jarayonida arqoqning
bo`yalgan va bo`yalmagan qismlarini biri ustida ikkinchisini chiqarib 
to`qish yo`li bilan hosil qilinadi, shu bilan birga arqoq ipining bo`yalgan
qismining rangi va uzunligi katta rol o`ynaydi.
Arqoq ipida bo`yalgan qismlarning turlicha joylashganligi matoda
turli – tuman rasmlar hosil qilish imkonini beradi, bunda xol – xol 
dog`chalardan boshlab to xonatlasni eslatadigan aniq gullar tushirish
mumkin bo`ladi. Tushiriladigan gulni mo`ljallamoq uchun gul hosil bo`lish 
qonuniyatini, xususan, uning dastgohining zapravkalash o`lchamlari va
arqoq ipi bo`yalgan qismlarining takrorlanish qadami kabi omillarni 
nazarda tutish zarur [11].
Matoning 
texnologik
ko`rsatkichlarini 
va
fizik

– mexanik


xususiyatlarini yaxshilash maqsadida paxta ipi bilan, ipak ipi birgalikda 
qo`llanilib, paxta – ipakli aralash to`qimalarining har xil namunalari olindi
va bu namunalarning texnologik o`lchamlari, fizik – mexanik xususiyatlari 
tadqiqot qilindi.
Olingan aralash Paxta-ipakli namunalari bir-biri bilan mashinaning 
tizimlarida eshilgan ipak ipi bilan Paxta iplarini taxlanishi bilan farqlanadi.
Olingan natijalarni tahlilidan ma`lum bo`ldiki, ipak ipi bilan birgalikda
qo`llanilishi, to`qima halqa iplarining uzunliklarini kamayishiga, gorizontal
va vertikal zichliklarini oshishiga olib keladi. Gorizantal va vertikal 
zichliklarini oshishi matoning yuza zichliklarini kamayishiga sabab bo`ldi.
Olingan 
to`qimalarining
fizik-mexanik 
xususiyatlarini
o`zaro

taqqoslab shuni ko`rish mumkinki, pishiqligi, cho`ziluvchanlikka


bardoshliligi va yuza zichligi ko`rsatkichlari bilan to`qimalar bir-biridan 
farq qiladi.
Olingan to`qimalardan tayyor mahsulot ishlab chiqarilganda uning 
havo o`tkazuvchanligi xususiyati ham katta ahamiyatga ega bo`ladi.



34
Olingan namunalarni uzilishga bo`lgan pishiqlik xususiyatlari AG-1 uzish 
mashinasida tadqiqotlandi. Matoning pishiq ekanligi ma`lum bo`ldi.
Paxta-ipakli to`qimalarini ishlab chiqarishda tabiiy ipakdan foydalanish, 
to`qimaning
texnologik 
o`lchamlarini
yaxshilashga, 
fizik-mexanik
xususiyatlarini oshishiga va matolarni qo`llanish xususiyatlarini 
yaxshilashga olib kelishi ma`lum bo`ldi.
Shunday qilib, to’qimachilik mahsulotlarini tayyorlashda aralash 
tolalarni ishlatish ularning iste’mol sifatini yaxshilash bilan birga qator
qiyinchiliklar kelib chiqishiga ham sabab bo’ladi. Chunki, turli sinfdagi 
tolalar kimyoviy reagentlar ta’siriga turlicha munosabatda bo’ladi, undan
tashqari turli asosdagi tolalar har xil sinfga mansub bo’lgan bo’yovchi 
moddalar bilan bo’yaladi. Aralash tolali mahsulotlarni bir sinfga mansub
bo’lgan bo’yovchi moddalar bilan bo’yash usullari ma’lum bo’lsada, 
aksariyat hollarda har ikkala tashkil etuvchilarda bir xil rang
intensivligidagi ranglarni olish murakkab vazifa hisoblanadi. O’z 
navbatida, to’qimachilik mahsulotlarining sifati va eksplutatsion xossalarini
ta’minlashda pardozlash jarayoni muhim rol o’ynaydi. Ma’lumki, 
pardozlash chog’ida paxta tolasi tarkibidagi sellyuloza o’z yo’ldoshlaridan
xolis bo’ladi, kerakli oqlik yoki rang oladi. Kimyoviy tolalardan 
tayyorlangan matolarni pardozlash jarayonida tolalarni olish jarayonida
ishlatilgan yog’lovchi moddalardan, yigirish jarayonida foydalanilgan 
oxorlovchi moddalardan tozalanadi va bo’yaladi, yoki gul bosish natijasida
rang-baranglikka erishadi. Ko’rib turganimizdek, pardozlash jarayonida har 
bir mato tarkibiga kiruvchi tola o’ziga xos ishlov oladi.
Olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar asosida ip-gazlama 
tarkibiga kimyoviy tolalar qo’shib yangi assortimentdagi mahsulotlarni
yaratish orqali, paxta tolali mahsulotlar sifatini yaxshilash mumkin ekanligi 
isbotlangan.
Aralash tolali mato komponentlaridan birini VVM dan tayyorlash 
orqali mahsulotning tashqi ko’rinishini, yumshoqligi va jilokorligini,



35
gigiyenik xossalarini yaxshilashga erishiladi. Aralash tolalarni ishlatishdan 
maqsad - ishlab chiqariladigan mahsulotlar assortimentlarini kengaytirish,
ular sifatini yaxshilash hamda tabiiy tolalarni kimyoviy tolalarga 
almashtirish muammolarini hal etish, ya’ni, tanqis bo’lmish tabiiy tolalar
o’rnida kimyoviy tolalarni ishlatishdan iboratdir. Chunki, aralash tolalarni 
ishlatish bilan ko’pincha nafaqat qimmatbaho tabiiy tolali xom ashyo
sarfini kamaytirishga erishiladi, balki ularning komfortli va amalda 
ishlatishning qulay bo’lishligiga erishiladi. Tolalarning turlari va ularning
aralashmadagi nisbatiga ko’ra, har bir alohida olingan holat uchun turli 
xildagi tolalar arashmasi asosidagi gazlamalarni (polotno) tayyorlash usuli
va sharoiti tanlanadi. Tayyorlash sharoiti shunday tanlanishi lozimki, bunda 
kimyoviy ishlov berganda so’ng aralashmadan yog’ va yog’lovchi
birikmalar, 
ifloslantiruvchi
moddalar 
va
boshqalardan 

tolalarni


shikastlantirmay va sifatini buzmay, maksimum tozalash imkoni berilsin. 
Odatda, aralash tolalar asosidagi mahsulotlarni tayyorlash uchun
maxsus jihozlar ishlatilmaydi, balki shu assortiment mahsulotlari uchun 
qo’llaniladigan jihozlardan, ayrim hollarda birlashtirilgan texnik
jarayonlardan foydalaniladi. 
Aralash tolali matolarni keng miqyosda ishlatilishi ularni
pardozlashga tayyorlashning maxsus usullarnini ishlab chiqarishni taqozo 
etadi.
Tabiiy va kimyoviy tolalar aralashmalaridan ip tayyorlab, undan 

gazlama, trikotaj matolarini va trikotaj tayyor mahsulotlarini olish mahsulot


assortimentini kengaytirishni muhim yo’li hisoblanadi. Shu yo’l bilan 
mahalliy tolali xom-ashyodan foydalanib import o’rnini bosadigan mato va
trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bir qatorda yangi turdagi 
mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati tug’iladi. Ayniqsa, bu aralashma
bolalar trikotaj mahsulotlarini tayyorlashda qo’l keladi, chunki o’zida 
paxtaning gigiyenik xossalarini saqlagan holda nitron tolasini yumshoqligi,
issiqlikni kam o’tkazuvchanligi va ayniqsa mustahkamligi hisobiga bu 


36
mahsulotlarning sifati yuqori va eksplutatsiya qilish davri toza paxtadan 
tayyorlangan shunday mahsulotdan 2-3 barovar uzun bo’ladi. Gazlama va
trikotaj mahsulotlarini tayyorlashda paxta tolasining PEF, viskoza, PA va 
PAN tolalari bilan aralashmasi; jun tolasining PA, PAN va paxta tolalari
bilan aralashmasi; tabiiy ipakning PA, di- va triatsetat, PEF, paxta tolalar 
bilan aralashmasidan foydalanilishi ma’lum. Tolalar aralashmasidan
mahsulot tayyorlashning quyidagi imkoniyatlari mavjud: 
- har bir toladan ip alohida tayyorlanib tanda va arqoq ipi sifatida
foydalaniladi; 
- turli tolalardan tayyorlangan lentalardan ip olinib, tanda va arqoq ipi
sifatida foydalaniladi; 
- tolalarni kerakli nisbatdagi aralashmasidan ip olinib, tanda va arqoq iplari
sifatida foydalaniladi. 
Alohida tolalar ipidan foydalanilganda, ularni bo’yalgan tolalardan
olish mumkin (melanj effekt) yoki ularni pardozlash mumkin. Har bir tola 
uchun o’ziga xos pardozlash sharoiti ishlab chiqilgani uchun bunday usulda
tayyor mahsulot olish qiyinchilik tug’dirmaydi. Ammo tolalar 
aralashmasidan olingan ipdan va alohida tolalar ipidan tayyorlangan
mahsulotlarni pardozlash murakkab bo’lib, unda aralashmadagi tolalar 
xossalarini hisobga olgan holda pardozlash jarayonini ishlab chiqish talab
etiladi. Keyingi paytlarda tolalar aralashmasidan mahsulot tayyorlash 
ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishning unumli usuliga aylanib
qoldi [4]. Matolarni bo’yashga tayyorlovchi pardozlashni kimyoviy 
jarayonlariga oxirdan tozalash, qaynatish-bug’lash va oqartirish jarayonlari
kiradi. Paxta tolasidan tayyorlangan matolarni bo’yashga va gul bosishga 
tayyorlashda oksidlovchi va qaytaruvchilardan keng foydalaniladi. Ularga
misol qilib, vodorod peroksid (H
2
O

2


), gipoxlorit kislota (HClO) tuzlari,
xlorit

kislotasi


(HClO

2
),

natriy
bisulfit 
(NaHSO
3

), 

rongalit
(NaHCO

2
CH


2

O
2


H

2
O) va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Texnologiyada 


qabul qilingan ishlov berish sharoitida bu oksidlovchi va qaytaruvchilar



37
sellyulozaga aytarli ta’sir ko’rsatmaydilar. Ammo ishlov berish sharoiti
buzilsa, ya’ni eritmalar kontsentratsiyasi oshsa, harorat yoki vaqt
belgilangan me’yoridan oshib ketishiga yo’l qo’yilsa, sellyulozadagi 
chuqur o’zgarishlar uning destruktsiyaga uchrashiga olib keladi. Natijada
mato mustahkamligi keskin pasayadi. [5]. 
Alohida tolalardan tayyorlangan matolarni tayyorlash jarayonlariga 

yetarlicha e’tibor berilgan [6-9]. Ammo, ishlab chiqilgan jarayon


sharoitlarini aralash tolali materiallar pardoziga qo’llashni imkoni yo’q, 
chunki texnologiyadan nafaqat aralashmadagi tolalar tabiati, xususiyatlarini
inobatga olishni, balki tolalar nisbatini ham hisobga olish talab qilinadi 
[10].

Aralashmadagi kimyoviy tola komponentini pardozlash jarayonida 


oson deformatsiyalanib, buklanish izlari mahkamlanib qolish xavfi borligi


uchun bunday matolarni pardozlashda faqat yoyilgan holatda matoga ishlov 
beruvchi jihozlardan foydalanish zarur. Ip-gazlama matosini bo’yashga va
gul bosishga tayyorlashda qaynatish eritmasi tarkibining ahamiyati katta. 
Sellyuloza yo’ldoshlarini erishini 20-30% ga oshirish uchun, masalan,
mualliflar [11,12] qaynatish eritmasi tarkibiga mochevina va natriy bisulfit 
tuzini qo’shishni taklif etganlar. Bunday takliflar qatoriga sirt aktiv
moddalar, qaytaruvchilar va kompleks hosil qiluvchilarni qo’shish ham 
kiradi [13]. Qaynatish eritmasiga kiritiladigan qo’shimchalarning vazifasi
matoning ho’llanish darajasini oshirish, eritmaning emulsiya hosil qilish
qobiliyatini oshirish va matoni hosil bo’lgan iflosliklardan yuvilishini
tezlatishdan iborat. Paxta va nitron tolalari aralashmasidan tayyorlangan 
matolarni pardozlash jarayonlari ishqoriy, kislotali va oksidlovchili
muhitlarda amalga oshirilishini hisobga olsak, nitron tolasiga bu muhitlar 
ta’sirini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqligi, muhim ekanligi o’z
tasdig’ini topadi. PAN ishqor eritmasi ta’sirida gidrolizga uchraydi, bu 
jarayonni qanchalik chuqur bo’lganiga qarab hatto suvda butunlay erib
ketadigan holatgacha erishish mumkin. Bu jarayon davomida polimer 


38
(sopolimer) funksional guruhlarida kechayotgan o’zgarishlarni o’rganishga 
bir necha izlanishlar bag’ishlangan [40-42]. Gidroliz natijasida olingan
mahsulotlar to’qimachilik sanoatida va ichimlik suvi izlanishlarida 
qo’llanilgan [43].
Professor K.Ergashev xodimlari bilan PAN ni gidrolizlanish 
jarayonidan, tola ishlab chiqarish chiqindilarini natriy rodanidining 51,5%
li eritmasida erish qobiliyatini oshirishda foydalanganlar. Bu holatlar 
pardozlash texnologiyasi uchun o’ta muhimdir, chunki tola stukturasi uni
bo’yash usulini tanlashga ta’sir ko’rsatadi



Download 249.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling