O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish
Aralash tolali matolarni bo`yash va gul bosishga tayyorlash
Download 249.29 Kb.
|
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org
1.2.1. Aralash tolali matolarni bo`yash va gul bosishga tayyorlash
Aralash tolali matolarni bo`yash jarayonida asosiy hal qiluvchi parametrlardan biri bu ularning miqdoriy tarkibi hisoblanadi. Bu tolalarning bo`yovchi moddalarga bo`lgan moyilligi har xilligi tufaylidir, 23 bunday aralashmali tolalarni bir vannada bo`yash natijasida juda rang- barang tusda bo`yalgan mato (yoki mahsulot) olish mumkin. Yaponiyalik olimlar tolalarning bo`yalishini yaxshi yoki yomon bo`lishi aralashma tarkibidagi u yoki bu tolaning miqdoriga bog`liqdir. Aralash tolali matolardan to`qimachilik sanoatida keng miqyosda foydalaniladi. 1986-yilda tarkibida 15, 17, 20, 29, 88, 100, 101, 102, 103, 104,105- sexlari bo’lgan ―Nitron‖ zavodi tashkil etildi.[25] 2007 yilda esa ushbu zavod Nitron ishlab chiqarishiga aylantirildi. Nitron ishlab chiqarish tashkil etilgandan buyon nitron tolasidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimenti 3-4 xildan 80-100 xil turgacha ortadi. Nitron tolamiz chet el bozorini, jumladan, Turkiya, Eron, Pokiston va Xitoy bozorlarini egalladi. ―Nitron‖ ishlab chiqarishidagi yigiruv pardozlash sexida sun’iy nitron tolasi poliakrilonitrilli nitron tolasi ishlab chiqariladi. U tuzli suv holatda olinadi. Ishlab chiqarish jarayonida tolali uzluksiz yoki kesilgan iplar ko’rinishidagi mahsulot olinadi. Sexning mahsuloti sun’iy tolani qayta ishlaydigan iste’molchilarning talabiga ko’ra har xil assortimentlarda, ranglangan, oqartirilgan holda ishlab chiqariladi. Poliakrilonitril tola bir qancha xossalariga qarab jun yoki paxta tolasi o’rnini bosa oladi. Shuning uchun ham u quyidagi sanoat korxonalarida qimmatbaho xom ashyo sifatida ishlatiladi, jumladan tekstil, qog’oz ishlab chiqarishda, matolar to’qishda, har xil gilamlar ishlab chiqarishda hamda sanoat uchun kerak bo’ladigan texnik matolar tayyorlashda,xalq iste’mol mollari tayyorlashda qo’llaniladi. Hozirda bozor iqtisodiyoti sharoitida inqirozga uchramaslik maqsadida jahon bozori talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik qurilmalar yangilanib bormoqda. Qurilmalarni yangilash, almashtirish 90-yillardan boshlandi. Chet ellik hamkorlar talabi va iltimosiga ko’ra yangi ―Lendiman‖ markali qadoqlash mashinasi o’rnatildi. U har biri 250-300 kg bo’lgan nitron tolasi joylashgan toylarni qadoqlaydi. 24 So’ngra maxsus loyiha asosida kimyoviy aralashmalarni tayyorlash bo’limida barcha qurilmalar sovitgichlar, isitgichlar almashtirildi. Bir qancha vaqtdan so’ng maxsus ―Mexotronika- TES‖ loyihasi asosida pardozlash sexining ancha eskirib qolgan, ko’p elektr energiya iste’mol qiladigan elektr dvigatellarning o’rni zamonaviy kam energiya sarflaydigan elektrodvigatellarga almashtirildi. [25] Bo`yalgan PAN tolasi quyidagi usullar bilan olinadi: - sintezlangan rangli sopolimerdan tola shakllantirish orqali; -erimaydigan bo`yovchi moddalar va pigmentlardan foydalanib sopolimerni massada bo`yash yo`li bilan; - yangi shakllangan tolani bo`yash orqali; - tayyor quritilgan tolani bo`yash yo`li bilan. Yuqoridagi birinchi uch usul tola olish zavodlarida amalga oshirilsa, tayyor tolani bo`yash esa to`qimachilik korxonalarining pardozlash fabrikalarida tola sifatida va mato ko`rinishida amalga oshiriladi. Nitron tolasi tarkibida kislotali xarakterdagi funksional guruhli monomer itakon kislotasi borligi tufayli tola kation bo`yovchi moddalar bilan bo`yalish qobiliyatiga ega. Tayyor PAN tolasini bo`yash mexanizmini o`rganishga ko`p ilmiy ishlar bag`ishlangan. L. Risovskaya, B.Melnikov kation bo`yovchi moddalarni PAN sopolimeri bilan bog`lanishi bo`yovchi modda kationi tolaning kislotali guruhlari bilan o`zaro kimyoviy ta`sir hisobiga bo`lishini ko`rsatdi. Keyinroq bajarilgan M.Kazlovaning izlanishlarida [27] kation bo`yovchi moddalar nitron tolasida kimyoviy bog` hosil bo`lishi va kation bo`yovchi moddalarni tola yuzasi bilan hosil qiluvchi elektrostatistik kuchlari hisobiga ham bog`lanishini ko`rsatdi: kimyoviy o`zaro ta`sir kuchlari hisobiga kation bo`yovchi moddalarning asosiy qismi tolaga bog`lanadi. Tolalar aralashmasidan tayyorlangan matolar pardozi murakkablashadi. Umuman olganda, matolarni pardozlash jarayoni ko`p bosqichli bo`lib, quyidagilardan iborat: 25 - xom mato yuzasini mexanik va issiqlik usullari bilan tozalash; - matolarni ohordan tozalash va qaynatish ; - matolarni oqartirish; - matolarni bo`yash yoki ularga gul bosish; - yakunlovchi pardoz berish. Ko`rsatilgan jarayonlarda mato tolasi kimyoviy eritmalar ta`sirida ishlov oladi, bo`yovchi moddalar eritmasi yoki gul tarkibidagi bo`yovchi modda yaxshi shimilishi va tola tarkibida mustahkamlanishi uchun esa bug`lanadi yoki havo muhitida yuqori haroratda qizdiriladi. Yakunlovchi ishlov berish ham kimyoviy moddalar ta`siri va yuqori haroratda kechadi, bu jarayon mexanik ta`sir bilan yakunlanishi mumkin. Shuning uchun pardozlash jarayonida mato mustahkamligini saqlab qolish muhim vazifa hisoblanadi, bunga erishish uchun jarayonning ratsional sharoitini ta`minlash va shu orqali yuqori sifat ko`rsatkichlariga erishish talab qilinadi. Bunga har
jarayon
foydalanilayotgan muhit ta`sirida tola stukturasida kechayotgan o`zgarishlarni tahlil qilish zarur bo`ladi. Shu nuqtai nazardan paxta tolasi qurilmasini, xossalarini ko`rib chiqish va uning asosini tashkil etuvchi sellyuloza stukturasiga oid bo`lgan ma`lumotlarga murojaat etish zarur [28,29]. Paxta tolasidan tayyorlangan matolarni pardozlashda ishqor eritmasida ishlov berish muhim o`rin egallagan, chunki sellyulozaning glyukozid bog`lari past kontsentratsiyali ishqor eritmasi ta`siriga ancha chidamli, ammo bu sharoitga uning yo`ldoshlari chidamli emas. Ishqoriy ishlov yordamida mato tozalanishi natijasida sellyulozaning reaksiyaga kirishish qobiliyati ham oshadi. Oldin, eritmada bo`kish darajasi oshadi va sellyuloza stukturasiga kimyoviy moddalar kirishi pardozlash jarayonlari tezligini oshishiga olib keladi. Pardozlash jarayoni tarkibiga matoga kislotali muhitda ishlov berish ham kiradi. Shuning uchun sellyulozani kislotali muhitga bo`lgan munosabatini hisobga olish zarur. Ayniqsa, 26 kislota ta`siri tolani har xil joylarida bir tekisda ketmasligi sellyuloza xossalarining notekisligiga olib keladi. Bu hodisa gidroliz mahsulotlari tarkibi murakkabligida ham o`z tasdig`ini topgan. Sellyulozaning polimerlanish darajasi pasayishi unga ishqor, kislota va oksidlovchilar ta`sirining pirovard natijasi bo`lib hisoblanadi [30]. Bu o`z navbatida mato mustahkamligini pasayishiga olib keladi. PAN tolalari (shu jumladan nitron) issiqbardoshligi, nurbardoshligi, atmosfera ta`siriga chidamliligi bo`yicha hamma sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan (ftorlon tolasidan tashqari) sintetik tolalardan yuqori turadi. Ularning yumshoqligi, yuqori hajmga egaligi, kam issiqlik o`tkazuvchanligi, moy va yog` ta`siriga chidamliligi, oson tozalanishi va qator oksidlovchilar ta`siriga chidamliligi tola afzalligini tashkil etadi. Kamchiliklariga esa ishqor va kislotalarga, ayniqsa yuqori haroratda chidamsizligi, sirtmoq sharoitida mustahkamligining pastligi, oson elektrlanishi kiradi. Yangi shakllantirilgan kimyoviy tola katta solishtirma yuzaga (30-80 m
/g) va g`ovaklikka (umumiy hajmi 0,06-0,6 sm g
xossalarga ega bo`lgan nitron tolalarini olishda keng foydalaniladi [31-34]. Bu jarayonlar yangi shakllangan tolaga ishlov berishga asoslangan bo`lib uning nazariy asoslari professorlar A.B.Pakshver va B.E.Geller tomonidan ishlab chiqilgan [35]. Shu usuldan foydalanib nitron tolasini gigiyenik xossasi va uni bo`yaluvchanligini oshirish uchun I.A. Nabiyeva tabiiy ipak chiqindilari eritmasi bilan yangi shakllangan tolaga ishlov berishni taklif etdi [36,37]. Natijada tolani to`qimachilik jarayonlarida elektr zaryadlanishi kamaydi va tolani bo`yash uchun ishlatiladigan bo`yovchi moddalar assortimentini kengaytirishga erishiladi. PAN tolasi ishlab chiqarishni o`sish tendensiyasi to`qimachilik sanoati xom-ashyo balansida kimyoviy tolalar ulushini oshib borishi bilan bog`liq. Dunyo miqyosida to`qimachilik tolalarini ishlab chiqarish 27 jarayonini tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, sintetik tolalarini ulushi oshib, sellyuloza tolalarining ulushi esa kamayib bormoqda. Poliakrilonitril tolasi juda zich strukturaga ega ekanligi hammamizga ayon. Tola hosil bo`lish jarayonida PAN makromolekulalari bir-biriga nisbatan juda yaqin joylashgan bo`ladi. Bu esa ulariing yuqori kristallik darajasiga ega ekanligidan dalolat beradi. Jahon ishlab chiqarish sanoatida sintetik tolalarni bo`yashni maxsus usullari ishlab chiqarilmoqda: 1. Kichik molekulyar massaga ega bo`lgan maxsus assortimentli bo`yovchi moddalardan foydalanish. 2. Jarayonni jadallashtiruvchi tashuvchilardan foydalanish. 3. Bosim ostida yuqori temperaturali bo`yash jarayoni. 4. Termozol usuli (termofiksatsiya jarayoni 200°C temperaturada kechadi). Har bir usulning o`ziga yarasha afzalligi bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Oxirgi uch usul nitron tolani bo`yash uchun amalda keng qo`llanilmoqda. Lekin hozirgi vaqtga kelib bunday tolalarni bo`yashda ijobiy natijaga erishish uchun yangi-yangi usullar ishlab chiqarilmoqda. Paxta va nitron tolalaridan iborat aralash tolali matolarni uzlukli, uzluksiz, davriy, bir va ko`p vannali usullarda bo`yash jarayonlari taklif etilgan [38]. Gidrofil xossaga ega sellyulozali tolalar bilan gidrofob xossaga ega sintetik tolalar aralashmasidan tayyorlangan matolar yuqori gigiyenik va fizik-mexanikaviy xossalarga ega bo`ladi. Ayniqsa, paxta va PE tolalarining har xil nisbatdagi (50:50; 37:63) aralashmalari ko`ylakbop, kastyumbop va niqoblangan matolar assortimentini kengaytirishda keng qo`llaniladi [39]. Keyingi paytlarda paxta tolasini PAN tolasi bilan aralashmasi ham to`qimachillik sanoati xom ashyo bazasida o`z o`rnini topmoqda [40]. Sellyulozali va sintetik tolalar aralashmasidan tayyorlangan to`qimalarni bo`yashdagi qiyinchilik tolalar tabiati, qurilmasi va 28 xossalaridagi qarama-qarshilik asosida yotadi. Hozirda sanoat miqyosida bir tekisda ravon bo`yalgan va mustahkam rangli mato olish uchun ikkala tolani ham bir xilda bo`yaydigan bo`yovchi moddalarni va kerakli bo`yash sharoitini tanlab olish zarur. Ammo, tolalar tuzilishi va xususiyatlarini inobatga olsak, bu muammo ancha murakkab ekanligi namoyon bo`ladi. Paxta va sintetik tolalar aralashmasidan tayyorlangan matolarni bo`yash quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: – bir vannali; – ikki vannali. Bu to`qimalarni ikki sinfga yoki bir sinfga mansub bo`yovchi moddalar bilan bo`yash mumkin. Bu borada bir qancha ishlar olib borilgan. Chet el olimlari Yang Y. va Li S. Paxta va PE aralash tolali matolarni dispers va aktiv bo`yovchi moddalar bilan bo`yashni bir vannali usulini ishlab chiqdilar [41]. Tajriba bu usulni yuqori harorat va ishqoriy muhitda olib borish mumkinligini ko`rsatdi. Afzalligi esa vaqt, suv va energiyani tejalishidir. J. Zgibneva va E. Umurzoqovlar tarkibi 67:33 bo`lgan nitron – paxta aralashmasidan tayyorlangan matoni bo`yash uchun kation va bevosita bo`yovchi moddalar aralashmasidan foydalanganlar [42]. Kation va bevosita bo`yovchi moddalarni bir vannada o`zaro mos kelishi ustida olib borilgan tajribalar shuni ko`rsatdiki, kation oltin – sariq 43 va bevosita zangori bo`yovchi moddalar 40:60 nisbatda olganlarida 1-5 g/l kontsentratsiya chegarasida o`zaro mos tushishar ekan. Shunday bo`yash vannasida aralash tolali materialni bo`yashni bir va ikki vannali usullari mualliflar tomonidan chuqur tahlil qilingan. Lekin bu bo`yovchi moddalar bilan suvli ishlovlarga va atmosfera ta`siriga chidamli ranglar olib bo`lmasligi ham ma`lum. Shu bilan birga, bunday matolarni boshqa sinfga mansub bo`yovchi moddalar bilan bo`yash jarayoni o`rganilgani yo`q. Undan tashqari aralashmada tolalar nisbati o`zgarishi bilan bo`yash mexanizmi qay darajada o`zgarishiga javob berilgani yo`q. 29 Nemis olimlari sellyuloza (lyosell) va jun tolali aralash matolarni bo`yash ustida ish olib borganlar [43]. Sellyuloza tola va matolarni kationlash yordami bilan modifikatsiyalash orqali ularni 5 daqiqa davomida 60°C haroratda kislotali va aktiv bo`yovchi moddalar bilan bir tekis bo`yash mumkinligini aniqladilar. Paxta va PE tolalari aralashmasidan tayyorlangan matolarni bo`yash texnologiyasiga oid bo`lgan izlanishlarni ko`rib chiqish va foydali natijalardan paxta va nitron tolalari aralashmasidan tayyorlangan mahsulotlarni bo`yashda foydalanish maqsadga muvofiq bo`lardi. Bu sohada bo`yovchi moddalarni tanlash eng muhim hisoblanadi. Paxta va PE tolalari aralashmasidan tayyorlangan matolarni termozol usulida faqat dispers bo`yovchi modda bilan bo`yash ham ahamiyatga ega. Masalan, prof. G. Krichevskiy [44] dispers bo`yovchi moddani sellyulozaga PEG ishtirokida bog`lash mexanizmini o`rgangan. Muallifning fikricha, bu jarayon PEG ning bo`yovchi moddalarni yuqori haroratda (200 0 C) eritish qobiliyati bilan bog`liq. Erigan dispers bo`yovchi modda PEG bilan to`lgan tola mikrog`ovaklariga diffuziyalanadi. Bo`yovchi moddaning PEG da
temperaturasidan
temperaturadagi mato yuvilganda PEG chiqib ketadi, bo`yovchi modda erimagan shaklda tola qurilmasi g`ovaklarida qoladi va molekulalararo ta`sir kuchlari bilan ushlanib turadi. Rang mustahkamligini oshirish uchun qo`shimcha yakunlovchi ishlov berish tavsiya qilinadi. Bo`yashning termozol usuliga boshqa mualliflarning izlanishlari ham bag`ishlangan [45]. Prof. V. Androsov sellyulozali tola va PAN tolasi aralashmasini kation va kub bo`yovchi moddalar bilan bo`yashni uch usulini taklif etgan [46]. Yana shu muallif PAN va atsetat tolalari aralashmasini dispers va kation bo`yovchi moddalar bilan bir vannali ikki bosqichli uch usul bilan bo`yashni ham tavsiya etgan. Bu usulda ham oldin PAN tolasi kation bo`yovchi modda bilan bo`yaladi, so`ng yana shu vannaning o`zida atsetat tolasi dispers bo`yovchi moddasi 30 bilan bo`yaladi. Ammo to`q rang olish uchun ikki vannali usuldan foydalanish ma`qulroq. Yuqorida ko`rib o`tilgan termozol bo`yash usulini bir va ikki vannali variantlari PAN va paxta tola aralashmalari uchun ham ahamiyatli [47]. Bir vannali usul iqtisodiy jihatdan ustunroq turadi. Bu usulda bir vaqtning o`zida bo`yovchi moddalarning aralashmasi tolalarda, matolarda yuqori haroratda qizdirish orqali bog`lanadi. Dispers va aktiv bo`yovchi moddalar aralashmasidan foydalanilganda termozol usulda dispers bo`yovchi moddalar pH = 6-6,5 bo`lganda maksimal bog`lanish darajasiga erishadi, ammo aktiv bo`yovchi moddalarning bog`lanishi uchun esa ishqoriy muhit zarur. Bu muhitda dispers bo`yovchi moddaning yo`qotilishi 10% ni tashkil etishi mumkin, to`q ranglar olishda bu miqdor 30-40 % ni tashkil etishi ham mumkin [48]. AQSH da ishlab chiqariladigan orlon PAN tolasi va paxta aralashmasi (tolalar nisbati 80:20, 75:25) trikotaj mahsulotlarini tayyorlashda ishlatiladi. Bu aralashmadagi sintetik tolani bo`yash uchun dispers yoki asosli bo`yovchi modda tanlangan bo`lsa, sellyulozali tola qismi uchun esa bevosita yoki kub bo`yovchi modda taklif etilgan. Bo`yovchi moddalar tanlov tarkibi rang to`qligi va zarur rang mustahkamligiga bog`liq. Bunday tolalar aralashmasidan tayyorlangan mato uzluksiz usulda bo`yaladi. Bunday matoga bir tekis rang berish uchun suspenzion-shimdirish, quritish bilan yoki shimdirish-bug`lash usuli qo`llanilishi mumkin. Prof. K.Ergashev paxta va nitron tolalari aralashmasidan (33:67) olingan matolarni bo`yash jarayoniga tayyorlash ustida sistematik izlanishlar olib borib quyidagi ishlov sharoitini taklif etganlar [49]: - gazli mashinada mato yuzini tukdan tozalash — ishqoriy eritmani shimdirib bug`lash - yuvish -kislotali vannada ishlov berish - oqartirish vannasini shimdirib bug`lash - yuvish - quritish -rolikka mahsulotni o`rash. Pardozlangan matoning 1 m 2
mm ni tashkil etgan. Olib borilgan izlanishlar aralashmada nitron tolasining miqdori 67% ni tashkil qilgani uchun, matoning fizik-mexanikaviy 31 xossalarini saqlab qolish va shu bilan birga yetarli kapillyarlikka va oqlikka ega bo`lgan mahsulot olishga erishish uchun avvalo ohordan tushirish jarayonini qaynatish jarayoni bilan birga olib borish zarurligini va «kuchli ishqoriy muhit» ni natriy karbonat hisobiga hosil qilish maqsadga muvofiqligini tasdiqladi. Ammo katta kenglikka va zichlikka ega hisoblangan matoni olish uchun tarkibida paxta tolasi ko`p bo`lgan aralashma ma`qul bo`ladi. Bunday aralashmani tayyorlash, bo`yash va gul bosish jarayonlari ustida izlanishlar olib borilmagan. Aralash tolali matolar bir qator yangi qimmatli xususiyatlarga ega bo`lgani uchun, bunday assortimentlarga bo`lgan talab va ehtiyoj kundan- kunga ortib bormoqda. Bunday matolar xossalarining turli-tuman bo`lishi, aralash mato tarkibidagi tashkil etuvchi tolalar miqdorlarining qanday nisbatda bo`lishiga bog`liq. Tabiiy va kimyoviy tolalar aralashmasidan tayyorlangan assortimentlar yaratish orqali quyidagilarga erishiladi: 1. Tabiiy tolalar defitsitining oldi olinadi 2. Hozirgi kun talablariga muvofiq, universal xossali va yuqori sifat ko`rsatkichlariga ega bo`lgan arzon, xaridorgir to`qimachilik materiallari ishlab chiqariladi. Lekin, bunday tolali matolarni pardozlash bir qator muammolarni keltirib chiqaradi, sababi hozirgacha pardozlash jarayonlari ham yetarlicha o`rganilmagan. Paxta-nitron aralashmali matolar tayyorlash, bo`yash va gul bosish uchun taklif etilgan jarayonlar miqyosi adabiyotlarda keng emas. Shuning uchun bu jarayonlarni chuqur o`rganib va shu asosida yaxshi texnologiyalar yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi. Mazkur magistrlik ilmiy ishida paxta va tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolalari aralashmasini mahsulotlarni bo`yash va gul bosishga tayyorlash, hamda bo`yash jarayonlari ustida izlanishlar olib boriladi. Lekin adabiyotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, nitron tolasini tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalash, hamda uning asosida paxta tolasi 32 bilan birgalikda mahsulotlar olish, ularni pardozlashga tayyorlash, hamda bo`yash bo`yicha umuman izlanishlar olib borilmayapti. Sadriddinov B.B. [50] paxta va nitron tolasili aralashma mahsulotlarini bo`yash va gul bosishga tayyorlash hamda ularni bir sinfga mansub bo`lgan bo`yovchi moddalar bilan bo`yash imkoniyatlarini yaratish ustida izlanishlar olib bormoqda. Demak xulosa qilib, Paxta-ipak tolali matolarni ishlab chiqarishda tabiiy ipakdan foydalanish, to`qimalarning texnologik ko`rsatkichlarini yaxshilashga, fizik-mexanik xususiyatlarini oshishiga va matolarni qo`llanish xususiyatlarini yaxshilashga olib kelishi ma`lum bo`ldi, Paxtadan foydalanish esa matoni arzonlashtirishga olib kelindi. Ipak matolari, asosan kuchsiz ishqoriy muhitda bo`yash va gul bosishga tayyorlanadi. Paxta matosi ipak texnologiyasi bo`yicha qaynatiladi va oqartiriladi. Aralash tolali matolar bir qator yangi qimmatli xususiyatlarga ega bo’lgani uchun, bunday assortimentlarga bo’lgan talab va ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday matolar xossalarining turli-tuman bo’lishi, aralash mato tarkibidagi tashkil etuvchi tolalar miqdorlarining qanday nisbatda bo’lishiga bog’liq. Download 249.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling