O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish


Faol bo’yoqlar, kimyoviy tuzilishi, xossalari va


Download 249.29 Kb.
bet11/30
Sana23.04.2023
Hajmi249.29 Kb.
#1392267
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org

1.2.Faol bo’yoqlar, kimyoviy tuzilishi, xossalari va

qo’llash usullarining xususiyatlari 
Faol bo’yoqlar tez rivojlanayotgan bo’yoqlar sinfini tashkil etib
ularga katta miqdorda patentlar va ilmiy tadqiqotlar bag’ishlangan.

11-12


Yangi xromoforlar, yangi faol guruhlar, yangi qurilmalarga doir tadqiqotlar 


o’tkazilmoqda hamda bo’yash va gul bosishning optimal texnologiyalari


qidirilmoqda. Faol bo’yoqlarning sifatini oshirish va ularning kamchiligini 
bartaraf etish bo’yicha ishlar olib borildi, ularning singish darajasi oshirildi,
ortiqcha bo’yoqning yuvilishi yaxshilandi, ayrim ranglarning yorug’likka 
chidamliligi ko’paytirildi. Bularning barchasi ishlab chirarishda tejamkorlik
va faol bo’yoqlarni qo’llash nuqtai nazaridan ko’rib chiqilmoqda.

13-15


Faol bo’yoqlar molekulasida ikkita qism ajralib turadi: bo’yoqning 


rangi uchun javob beruvchi xromofor va bo’yoqni tola bilan bog’lanishiga


javob beruvchi faol guruh. Molekuladagi bu qismlarning turlicha 
kombinatsiyalari bo’yoqlarning turli bo’yovchi va ekspluatatsion
xossalarini keltirib chiqaradi.

16-17


Faol bo’yoqlarning xromoforlari sifatida odatda an’anaviy 


strukturalar, hammaga ma’lum kislotali va bevosita bo’yoqlar qo’llaniladi.


Biroq faol bo’yoqlardagi xromoforlar kimyosi turli tuman emas. Bu yerda 
barcha ranglarda (sariqdan tortib to qoragacha) azostrukturalar (asosan,
monoaza) ko’pchilikni tashkil etadi, bundan tashqari misli va xrom-kobaltli 
komplekslar saqlagan strukturalar mavjud va faqatgina to’q ko’k va qora
bo’yoqlar disazostrukturalarni va juda kam miqdorda trisazostrukturalarni 
saqlaydi.
Yorqin ko’k bo’yoqlar – bu antraxinon yoki trifendioksazin 
hosilalaridir. Ko’k ranglarni farmazon bo’yoqlar beradi, feruza va yorqin
ko’kish-yashil bo’yoqlar esa mis yoki nikel ftalotsianinlari hisoblanadi. 


19
Ba’zi murakkab ranglarda (yashil, zaytun rang va boshqalarda) azo – va 
antraxinon bo’yoqlar qo’shilgan bo’ladi.

18


Faol bo’yoqlardagi xromoforlar nafaqat rang uchun, balki muhim 


sifat ko’rsatkichlaridan biri yorug’likka chidamlilik, shuningdek


qaytaruvchilar, oksidlovchilar va boshqa fizik-kimyoviy ta’sirlarga 
barqarorlik uchun ham javob beradi.

19


Faol bo’yoqlar tarixining oxirgi 50 yilligida xromoforning tola bilan 


bog’lanishini ta’minlovchi 200 ga yaqin faol guruhlar yaratildi, lekin


amaliy ahamiyatga quyidagi muhim faol guruhlar ega bo’ladi: 
- monoxlortriazinlar;
- dixlortriazinlar; 
- vinilsulfonlar;
- triftorpirimidinlar. 
Faol bo’yoqlarning eng ko’p miqdori xlortriazonlar va vinilsulfonlar
asosida ishlab chiqariladi. Hozirgi kunda dunyo ishlab chiqarishida bi – va 
polifunksional bo’yoqlar asosiy o’rinni egallab kelmoqda, ular tarkibida bir
xil va turli xil faol guruhlar bo’lishi mumkin

13




. Bu guruhlar
xromoforning bir tomonida yoki turli tomonlarida joylashadi, shu sababli 
faol bo’yoqlarning turli tumanligi xromoforlar va faol guruhlarning turlicha
tuzilgan konstruktsiyalari asosida tuziladi 

20-22


.


Masalan, 

Sibakron


S
da 

xromoforning


turli

tomonlarida


monoxlortriazin va vinilsulfon guruhlari, Drimaren SL da esa – 
triftorpirimidin, xlorftorpirimidin, monoxlortriazin va ikkita vinilsulfon
guruhlari joylashadi.

13

Ikkita turli faol guruhlar yonma-yon joylanishi, shuningdek


―ko’prikcha‖ bilan ajratilishi mumkin, bular esa ularning bo’yash
xossalarini o’zgartiradi. 
Vinilsulfonli bo’yoqlarda esa, sulfatoetilsulfonil qanday holatda –
para-yoki meta holatda joylashgani muhim hisoblanadi, chunki shunga rang 


20
va bo’yoqning bo’yash xossalari bog’liq bo’ladi.

24




Bo’yash jarayonida
tolali materiallar makromolekulalarining funksional guruhlari bilan 
kovalent bog’lanish hosil qiladigan atomlar guruhlarini saqlovchi bo’yoqlar
faol bo’yoqlar deb nomlanadi. Bu bilan faol bo’yoqlar boshqa barcha 
bo’yoqlar sinfidan farq qiladi, ular tolada asosan kovalent, vodorod yoki
ion bog’lanishlar orqali birikadi. 
Bo’yash natijasida faol bo’yoq tola makromalekulasining bir qismi
bo’lib qoladi, shu sababli bunday ranglar ishqalanish, kimyoviy tozalash 
va boshqa tashqi ta’sirlarga chidamli bo’ladi.
Faol bo’yoqlardagi xromoforlar nafaqat rang uchun, balki muhim 
sifat ko’rsatkichlaridan biri yorug’likka chidamlilik, shuningdek
qaytaruvchilar, oksidlovchilar va boshqa fizik-kimyoviy ta’sirlarga 
barqarorlik uchun ham javob beradi [21].
Monoxlortriazin 
bo’yoqlarning
faolligi 
dixlortriazin
bo’yoqlarnikidan yuqori bo’lmaydi, primidin halqasidagi xlor atomining 
faolligi esa, sianurxlorid hosilalaridagi xlornikidan past bo’ladi.
Vinilsulfonli faol bo’yoqlar tarkibida faol xlor bo’lmaydi, shuning uchun 
ular nukleofil o’rin olish reaksiyalariga kirishmaydi, sellyuloza bilan ular
nuklefil birikish mexanizmi bo’yicha refleksiyaga kirishadi. Bu bo’yoqlar
molekulalarining reaksion qismini SO
2
CH

2
CH


2

-O-SO
3


H guruhi tashkil 

etadi [22].


Bo’yash jarayoning real sharoitlarida selluloza bilan asosiy va suv 
bilan qo’shimcha reaksiyalar bir vaqda sodir bo’ladi, ba’zi faktorlar ikkala
jarayonni ham ya’ni bo’yoqning tola bilan bog’lanishi va suvli eritmada 
uning giodrolizini tezlashtiradi. Shunga binoan, faol bo’yoqlarga quyidagi
qo’shimcha talablar qo’yiladi.
1) yuqori reaksion qobiliyat;
2) quruq holda va eritmada saqlashdagi ularning barqarorligi;
3) bo’yoq va tola orasida kovalet bog’lanishning mustahkamligi;
4) tolaga nisbatan yuqori substantlik darajasi. 


21
Bo’yashning ratsional texnologiyasi ko’chirilganda va retseptura 
tuzilganda bo’yoqning maksimal singishini va uning gidroliz natijasida
minimal yo’qotilishini ta’minlovchi parametrlarni (harorat, pH, jarayon 
vaqti, elektrolitlar konsentrasiyasi va boshqalarni) to’g’ri tanlash talab
etiladi. 
Faol bo’yoqlar shartli ravishda 3 guruhga bo’linadi; sellulozali tolalar
uchun mo’ljallangan bo’yoqlar; junni bo’yash uchun mo’ljallangan 
bo’yoqlar; poliaminli tolalar uchun mo’ljallangan dispers bo’yoqlar. O’z
navbatida sellyuloza uchun mo’ljallangan faol bo’yoqlar bo’yash xususiyati 
va usuli bo’yicha 3 guruhga bo’linadi:
1) Sovuqda bo’yaladigan bo’yoqlar (nomlanishi X harfiga ega), 
kimyoviy tuzilishi bo’yicha ular dixlortriazinli bo’yoqlarga mansub bo’lib,
yuqori reaksion qobiliyatga ega.
2) iliq vannada (60% C) bo’yaladigan bo’yoqlar (nomlanishi T harfiga
ega), kimyoviy tuzilishi bo’yicha ular vinilsulfonli bo’yoqlarga mansub, 
reaksion qobiliyati, bo’yicha esa di- va monoxlortriazinli bo’yoqlar orasida
oraliq holatni egallaydi. 
3) issiq vannada (70-90
0
C) bo’yalgan bo’yoqlar (nomlanishi maxsus 

belgiga ega emas), kimyoviy tuzilishi bo’yicha ular monoxlortriazinli


bo’yoqlarga mansub bo’lib, reaksion qobiliyati yuqoridagi guruh 
bo’yoqlaridan past bo’ladi [22].
Gidrolizlangan bo’yoqning yuvilish darajasi bo’yicha faol bo’yoqlar 
4 ta guruhga bo’linadi:
-yaxshi yuviladigan va oq fonga o’tmaydigan bo’yoqlar; 
-qoniqarli darajada yuviladigan va oq fonga qisman o’tadigan bo’yoqlar;
-yomon yuviladigan va oq fonga o’tadigan bo’yoqlar; 
-Juda yomon yuviladigan va oq fonga faol o’tadigan bo’yoqlar.
Faol bo’yoqlarning sellyuloza bilan ta’sirlanishi tola bilan 
ta’sirlanish xarakteri bo’yicha faol bo’yoqlarning asosiy ikkita guruhi
mavjud. Ularning biri nukleofil o’rin olish reaksiyasiga kirishib, 


22
sellyulozaning rangli murakkab efirini hosil qiladi. Ikkinchi nukleofil 
birikish reaksiyasiga kirishib, sellyulozaning rangi oddiy efirini hosil
qiladi.
Vinilsulfon bo’yoqlar faqat faol shaklga o’tgandan keyin sellyuloza 

va suv bilan reaksiyaga kirishadi.


Yuqorida tavsiflangan reaksiyalardan ko’rinadiki, sellyulozaning 
bo’yoq bilan rangli birikmasi hosil bo’lishi bilan bir qatorda yana keraksiz
mahsulot – bo’yoqning gidrolizlangan shakli ham olinadi. Lekin gul bosish 
jarayonida faol bo’yoqlar suvga nisbatan sellyuloza bilan yaxshiroq
reaksiyaga kirishadi, chunki Sell-O
-
ionlarining konsentratsiyasi suvdagi 

OH
-


ionlaridan yuqori bo’ladi (sellyuloza gidroksillarining dissotsilanish 

konstantasi suvnikidan katta). Sellyuloza gidroksili yuqori nukleofillikni


namoyon etadi, bu ham reaksiyaga o’z ta’sirini ko’rsatadi, suvning 
gidroksili – OH
-
ga nisbatan sellyuloza bilan reaksiya 100 marta tez boradi. 

Tolaning faol markazlari yaqinida sorbsiyalangan bo’yoqning yuqori


konsentratsiyasi hamda ularning tolaga diffuziyalanish qobiliyati sellyuloza 
bilan faol bo’yoq orasidagi reaksiyaning borishi uchun qulay sharoit yaratib
beradi. Sell-O
-
ionlarining konsentratsiyasi ko’payishi bilan sellyulozaning 

reaksion qobiliyati ortadi.


Faol bo’yoqlarning muhim xarakteristikalaridan biri ularning 
eritmalardagi
barqarorligidir. 
Eritmalardagi
ularning 
holatini
barqarorlashtirish uchun turli barqarorlashtiruvchilar (stabilizatorlar), bufer 
moddalar – mono – va dinatriyfosfatlar qo’shiladi. Bo’yovchi sistemalarga
– OH (kraxmal), - NH
2
, - CH guruhlarini saqlovchi moddalarni kiritish 

tavsiya etilmaydi [24].




Download 249.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling