40
tayyorlanishida quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
iliq suvda kraxmal
eritilib, kraxmal suti tayyorlanib, unga xlorid kislota qo’shib 95-97
0
C gacha
qizdirilib bir ikki soat davomida qaynatiladi. Olingan eritma neytrallanadi
(natriy astetat yordamida), sovutiladi va filtrlanib olinadi.
Kraxmal hosillaridan tayyorlanadigan quyultiruvchilar turiga
Solvitoza C-5 ya’ni kraxmalning karboksimetil efiri kiradi.
Bunday
quyultiruvchilar olishda kraxmal monoxlorsirka kislota bilan ishlanadi.
Quyuqlovchi tayyorlanishini quyidagicha ifodalash mumkin: sovuq suvga
solvitoza S-5 qo`shilib 80-85
0
C gacha quyuqlovchi qizdiriladi va bir jinsli
massa hosil bo`lguncha aralashtirilib, so`ngra sovutiladi va filtrlanib
quyuqlovchi quritiladi. Solvitozali quyultiruvchilar yaxshi eruvchanlikka
ega bo`lib, bo`yovchi moddalar tarkibiga kiruvchi
ishqoriy reagentlar
kislotalar va elektrolitlar ta’siriga chidamlidir. Saqlanishga chidamli va
qaytaruvchanlik xossasiga ega emas. Kamchiligi shundaki,
xrom va
alyuminiy tuzlari ta’siriga chidamli emas, bu esa bo`yoqlar tarkibiga
kiruvchi
komponentlarning
cheklanganligi
bilangina
bo’yoqlar
tayyorlashda qo`llanilishini e’tirof etadi. Bunday
quyultiruvchilar yaxshi
bog’lovchilik va o’tuvchanlik xususiyatiga ega bo`lib, bosmalashda
ravshan tasvirlar berib, oson yuviladi. Bunday quyultiruvchilar kubli, aktiv
bo’yoq moddalari bilan gul bosish uchun bo’yoqlar tayyorlashda
qo’llaniladi [2].
Bu tipdagi quyultiruvchilar xorijda turli savdo markalari ostida ishlab
chiqariladi: to’qimachilik kraxmali 3402 (―Meystena‖ Germaniya ),
Solvitoks A, VG, ST, printeks («Sholten»
Gollandiya, «Zixel»
Germaniya), kvelaks DV, PR («Veserlan» Germaniya), modifikasiyalangan
koloprint («Avebe» Shveystariya), modifikastiyalangan-pisrulon ABC, SF,
SFD, («Tyubingen» Germaniya) [3].
Hozirgi kunda kraxmal mexanokimyoviy usullar yordamida
modifikatsiyalanmoqda[51].