O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish
Yakunlovchi pardozlash jarayoni xususiyatlari
Download 249.29 Kb.
|
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org
1.4. Yakunlovchi pardozlash jarayoni xususiyatlari
Appretlash – gazlamalarga maxsus tarkib (appretlar) shimdirib ularga zichlik, qayishqoqlik, elastiklik, qattiqlik, yaltiroqlik, oqlik berish, ularning to’zishga chidamliligini oshirish. Appret tarkibiga yopishtiruvchi moddalar (glitserin, qiyom, osh tuzi), oqlik beruvchi moddalar( ultramarin, optik oqartirgichlar ) yumshatuvchi va yaltiratuvchi moddalar (yog’, moy, mum) kiradi. Appretning asosiy tarkibiy qismi- kraxmal. Appretdagi kraxmalning miqdoriga qarab, gazlama mayin yoki dag’al pardozlanishi mumkin. Kraxmalli appretlarning kamchiligi yuvishga chidamsizdir. Gazlamani birinchi yuvishdayoq appret erib ketib, gazlama ko’rkamligini yo’qotadi. Yuvilib ketmaydigan appretlarning appretlash effekti turg’un bo’ladi. [44] Yuvilib ketmaydigan appretlar sifatida ba’zi yasama sellyulozalar va sintetik smolalarning emulsiyasi ishlatiladi. Gazlamalarga sellyulozali appretlar shimdirilgandan so’ng ular kislota bilan ishlanadi, yuviladi va quritiladi. Gazlamalarga sintetik appretlar shimdirilgandan so’ng ular termik ishlanadi yoki quritiladi. Sintetik appretlar bir necha marta yuvishga yaxshi chidaydi, gazlamaning ishqalanishga chidamliligini oshiradi va appretning tarkibiga qarab, gazlamalarga qattiqlik, suvga chidamlilik, g’ijimlanmaslik, o’tga chidamlilik xossalari beradi. Gazlamalarni kalandrlash uchun ular pardozlash kalandrlaridan o’tkaziladi. Gazlama kuchli kalandr vallari orasidan o’tganda dazmollanadi, agar appret tarkibida mum va stearin bo’lsa, gazlama yaltiraydigan bo’ladi. Kalandr vallari 170 0 C gacha qizdiriladi. Satin, lastik, ba’zan chitlarga yaltiroqlik berish uchun ular kumush kalandrdan o’tkaziladi. Hamma gazlamalar ham kalandrlanavermaydi. Kimyoviy moddalar va ular kompozitsiyasining tabiatiga ko`ra to`qimachilik matoda hosil bo`lgan pardozning ta`siri - yuvish paytida va kimyoviy tozalashda turlicha bo`ladi. Shunga asoslanib pardozlash 42 materiallarni va kompozitsiyalarni obdon yuviladigan, kam yuviladigan va umuman yuvilmaydigan turlarga bo`linadi. Yuviladigan appretlar mahsulotlarni ishlatganda birinchi yuvish ketadi[45]. Kam yuviladigan appretlar mahsulotni 4-5 marotaba yuvgandan keyin jarayon ketadi. Yuvilmaydigan appretlar keng qo`llaniladi. Ular yordamida hosil bo`ladigan pardoz juda ko`p yuvgandan so`ng yoki umuman ketmaydi. Sellyuloza tolasidan tayyorlangan, matolarni pardozlash uchun kimyoviy va fizika - mexanikaviy usullardan keng foydalaniladi. Mochevina formaldegid smolasi predkondensatining asosiy mahsuloti metilolmochevina bo`lib, u mochevina va formaldegidning o`rtasidagi reaksiyadan olinadi. Yuqori harorat va katalizator ishtirokida bu birikmalarning molekulasi o`zaro faol ta`sirlashib (polikondensatlanib), tola strukturasi ichiga smola hosil qiladi. Sellyuloza mahsulotlarini pardozlash preparatlari bilan ishlov berganda, tolaning submikroskopik g’ovaklarini va amorf bo`shliqlarini to`ldiradi. Ma`lum harorat va sharoit yaratgandan keyin bu bo`shliqlarda kimyoviy reaksiya borib smola hosil bo`ladi va sellyulozaning gidrooksil –OH gruppasi bilan o`zaro ta`sirlashadi. Yuqorida ko`rsatilgan barcha predkondensatlar 110-160 o C haroratda va katalizator ishtirokida makromolekulalari bog’lanib smola hosil qiladi. Katalizator sifatida magniy xlor, ammoniy xlor, rux xlor, kuchsiz organik kislotalar yoki ularning kombinatsiyasi ishlatiladi. Termoreaktiv smolalarning predkondensatini qo`llashdagi asosiy kamchiligi matolarning mexanikaviy mustahkamligi ancha pasayadi (40-50% paxta va 60% gacha kanop mahsulotlarning). Appret tarkibiga termoplastik polimerlar (polietilen, polivinilasetat emulsiyasi) qo`shish bilan tolaning mustahkamligini yo`qotish kamayadi. 43 G’ijimlanmaslik deganda to`qimachilik matolarning bo`yashdan keyin tezda oldingi o`z holiga kelishi va hosil bo`lgan katlarni taxlash tushuniladi. Odatda, g’ijimlanmaslik mato g’ijimlangandan keyin uning katlari burchagini tiklash ko`rsatkichi bilan tavsiflanadi va gradus bilan ifodalanadi. Masalan, paxtadan tayyorlangan matolar uchun pardozlashdan so`ng katlarning burchak tiklanishi 70-85 o . To`qimachilik mahsulotlar o`lchamining o`zgarishi ko`p omillarga bog’liq: tola tabiatiga, to`qimachilik ipning strukturasiga, matoni to`qilishiga, ishlov berish texnologiyasiga. Sellyuloza tolasi juda yaxshi suv o`tkazadi, suvda bo`kadi, natijada eniga kengayadi va bo’yiga qisqaradi. Paxtadan tayyorlangan mahsulotlarni pardozlash jarayonida turli ishlov berish natijasida ular qisqaradi va bu texnologik qisqarish deyiladi. To`qilgan tayyor mahsulotlarga jarayon oxirida maxsus uskunalarda termik ishlov berish natijasida ularning shakli mustahkamlanadi. Download 249.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling