O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish
Gul bosish jarayonida karboksimetilkraxmal va poliakrilatlar
Download 249.29 Kb.
|
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org
3.5. Gul bosish jarayonida karboksimetilkraxmal va poliakrilatlar
asosida aralash quyuqlovchilar olish Hozirgi vaqtda
bo’yoqlar
asosan
quyuqlashtiruvchilarga
qaratilmoqda. Haqiqatdan ham karboksimetilkraxmal va
akril polimerlar aralashmasi keng qo’llanilmoqda. Chunki tabiiy quyuqlashtiruvchi moddalar juda qimmat va bakteriyalarga beriluvchan. Ilmiy ishda O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahalliy xomashyo asosidagi aralash quyuqlashtiruvchilar yaratish borasidagi tadqiqotlar keltirilgan. Qo’yilgan masalalar yechimi uchun guruch kraxmali va sintetik akrilatlar asosidagi quyuqlovchilarning har xil tarkibli qatorini oldik. 70 Ushbu tadqiqotning maqsadi gul bosish bo’yog’i quyuqlovchilari sifatidagi OAJ Navoiyazot kombinatida ishlab chiqariladigan sintetik akril polimerlar va karboksimetilkraxmal (KMK) effektivligi va yaroqliligiga baho berish edi va ular asosida aktiv bo’yoqlar uchun iqtisodiy samarali past konsentratsiyali quyuqlashtiruvchilar tarkibini ishlab chiqish hisoblanadi. [56] Tadqiqot maqsadi, aralash quyuqlashtiruvchilarning pH muhitini o’rganish va taqqoslash hisoblanib, ular asosida gul bosish bo’yog’i shuningdek, pardozlangan matoning fizik-mexnik ko’rsatkichlarini o’rganish hisoblanadi. Ishda tarkibida ishlab chiqarilgan monoxlortriazin bo’yoqlari ishlatiladi.Paxta tolali matolarga gul bosishda muhim rolni quyuqlovchilar va gul bosish bo’yog’ining pH i muhim rolni o’ynaydi. Bosma bo’yoq aktiv bo’yoq, quyultiruvchi, ludigol, mochevina, ishqoriy agent NaHCO 3 ni aralashmasidan iborat. Mochevina va NaHCO 3 tola bilan bo’yoqni fiksatsiyasida muhit vazifasini bajaradi. Mochevinani bosma bo’yoqqa aktiv bo’yoqlarning eruvchanligini oshirish uchun qo’shiladi. Ludigol – kuchsiz oksidlovchi hisoblanadi va bosma bo’yoq tarkibiga zirelnik va hattoki, sellyuloza tolasi muhitini aktiv bo’yoqlarga destruktiv ta’sirini oldini olish uchun ishlatiladi. Ishda aralash tolalar va bosma bo’yoqning pH muhiti shuningdek, pardozlangan matolarning fizik- mexanik xossalari (uzilishga, terga bo’lgan mustahkamlik, qattiqlik) o’rganildi. Quyuqlashtiruvchi aralashmalar asosida bosma bo’yoq
karboksimetilkraxmal
gidrolizlangan poliakrilonitril (K9 Uniflok), gidrolizlangan akrilemulsiyasi (GAE) va poliakriloamid (PAA). O’zini xususiyatini saqlagan holda bularning har biri aktiv bo’yoqlar bilan va shunday tarkibli aralashmalar noqulayliklarni yenga olish holatlari aniqlangan. Bosma bo’yoq pH i 10-10,5dan yuqori bo’lmasligi kerak.[57] Paxta- nitron asosidagi matoga gul bosishda quyudagi quyultiruvchilarning pH ko’rsatkichlari aniqlandi (jadv.). Jadval 3.9. Quyultiruvchilar va bosma bo’yoqlarning рН ko’rsatkichining o’zgarishi 71 Quyultiruvchilar Quyultiruvchining va bosma bo’yoqning рН Quyultiruvchining рН bosma bo’yoqning рН Маnuteks (2,5%) рН=8 рН=10,5 Solvitoza (6%) рН=8,5 рН=10
рН=9
PАА
рН=10.5
UNIFLOK
рН=13,5
рН=8,5
Aralash quyultiruvchilar
2. КМК–К9-GАE рН=9,5 рН=10,5
рН=9,5 рН=10,5 КМК- karboksimetilkraxmal; GАE-gidrolizlangan аkril emulsiyasi; GIPAN- gidrolizlangan poliakrilonitril; PАА-poliakrilamid. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, quyultiruvchining рН ko’rsatkichi manuteks, КМК larda 8-8,5 ga teng. Bosma bo’yoqning рН miqdori 10-10,5. КМК va аkrilаtlar asosidagi aralash quyultiruvchining pH ko’rsatkichi 8,5 quyuqlovchi va sintetik akrillar mochevina miqdorini va NaHCO 3 ni ikki marta kam sarflaydi hamda pardozlangan matolarning mustahkamligi va fizik-mexanik ko’rsatkichlarini yaxshilashni ta’minlaydi[58]. Shundan kelib chiqib, quyuqlovchilar aralashmasi asosida bosma bo’yoq yaratish texnologiyasi ishlav chiqildi(3.5-rasm) 72 3.5- rasm. Quyultiruvchilar aralashmasi asosida bosma bo’yoq olish texnologiyasi 3.5.-rasmdan ko’rinib turibdiki, 1-reaktorda kraxmal va monoxlorsirka kislotasining Na tuzi bilan modifikasiyalanib 2-reaktorga solinadi. So’ngra 2- reaktorga sintetik akril polimerlari (GAE va uniflok) qo’shiladi. Ludigol va mochevina issiq suvda eritilib soda bilan aralshtiriladi. Tayyor aralashma 3-reaktorga sovutish uchun yuboriladi, so’ngra 4-reaktorda quyuqlovchi va bo’yovchi modda aralashtiriladi va gul bosish mashinasiga yuboriladi. KMK va sintetik polimerlar asosida tayyorlangan quyuqlovchilar aralashmasi ho’l ishlovlarga bo’lgan bo’yoqlarning mustahkamligi va uzilishga bo’lgan mustahkamligini ta’minlaydi. Shunday usul bilan KMK- uniflok-PAA va KMK-uniflok-GAE asosidagi quyultiruvchilar aralashmasi yaxshi bosma xususiyatlarga ega. U rang ajralishi, qattiqligi va bosma rasmlarning yuvilishga mustahkamligi an’anaviy ishlatiladigan quyultiruvchilar imprint va solvitozlar bo’lgan quyuqlashtiruvchilardan o’tadi[59]. Ushbu ishning maqsadi, quyuqlashtiruvchi sifatida to’qimachilik yoki sanoat chiqindilaridan olinadigan GAE, uniflok va KMK ni dispers bo’yoqlar bilan paxta+nitron gazlamalarga gul bosish jarayonida tatqiq etish hisoblanadi. Dispers bo’yoqlar boshqa barcha sinf bo`yoqlaridan farqli 73 ravishda hosil bo’ladigan tasvirlarni, ayniqsa, yuvilish jarayoniga yuqori barqarorlikni ta’minlovchi kovalent kimyoviy bog’lar hosil qilish yo’li bilan tolali materiallar bilan o’zaro ta’sirlashadi. Bo’yoqning xarakteridan qat’iy nazar gul bosishda ishlatiladigan bo’yoq qat’iy bir quyuqlikka ya’ni matoda rasmlarning aniq konturlarini olish uchun kerak bo’ladigan va shu bilan birga gul bosish vali gravyurasini yaxshi namlantiradigan bo’lishi kerak. Bo’yoq gravyuraning shaklini oson qabul qilishi, undan oson ajralishi va ma’lum deformatsiyalanish qobiliyatiga ega bo’lishi (bu ayniqsa, chiziqli rasmlar uchun ahamiyatli) shart. Bo’yoq matoda oqib ketmasligi va rasmning aniq konturlarini berishi kerak, shuningdek, matoning ichiga singishi kerak. [60] Yuqorida aytilganidek, quyuqlashtiruvchi – gul bosishda bo’yovchi moddalarining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. Ancha qimmat quyuqlashtiruvchilar qatoriga o’simlik mahsulotlari, ayniqsa, kraxmal (bug’doy, guruch, kartoshka) uning hosilalari (kraxmalning oddiy va murakkab efirlari) va uning destruksiya mahsulotlari (dekstrin). Roj daraxti mevasining uni va diara boshoqlari va uning hosilalari, alginatlar, o’simlik kamedisi va tragantlar kiradi. Zamonaviy gul bosish texnologiyasida quruq moddaning kam konsentratsiyasida ham gul bosish bo’yog’ining yuqori qovushqoqligini ta’minlovchi maxsus quyuqlashtiruvchilar asosiy rol o’ynaydi[61].(3.10-jadval) Jаdval 3.10. Quyuqlovchilar yordamida pardozlangan matolarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarining o’zgarishi Miqdori
Matoning
74 Quyultiruvchilar g/kg qattiqligi, mkН·sm
chidamliligi, мм Н Yuvishga (DS 9733.483) Ishqalanishga (DS 9733.27- 83) Terga (DS 9733. 6-83)
Ho’l
arqo
KMS 25
294
5/5/5
5/4/5
Imprint
12780
193
5/3
4/4/4
80
288
5/4/4
5/4/4
КМК-К9
11450
193
5/4
4/4/5
292
5/4/5
5/4/5
КMК –PАА
10356
192
5/4
5/4/4
292
5/4/5
5/4/5
КМК –uniflok-
40:20:10 9387 292
5/45
5/5/4
КМК- karboksimetilkraxmal; GAE-gidrolizlangan akril emulsiyasi;
75 KMK ni gul bosish jarayonida aktiv bo’yoqlar bilan qo’llash imkoniyatlarini o’rganish maqsadida quyuqlashtiruvchi tabiatini bosilgan rasmning sifat ko’rsatkichlariga ta’sirini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi. Faol bo’yoqlar bilan gul bosishni bo’yoqni ikki usulda fiksatsiyalash bo’yicha o’tkazildi. Termofiksatsiya usuli bo’yicha mochevina suvda eritiladi va eritma 70 0 C gacha qizdiriladi. Olingan eritma aralashtirib bo’yoq bor stakanga quyiladi. So’ngra mochevinali bo’yoq eritmasi aralashtirilgan holda quyuqlashtiruvchiga kiritiladi. Gul bosish bo’yog’ni ishlatishdan oldin sovutiladi va suvda eritilgan Na 2 CO 3
Gul bosishdan keyin namuna qo’yilgan maxsus siljuvchi ramkani quritish shkafiga qo’yiladi. Termofiksatsiya 180 0 C da 2 minut davomida o’tkaziladi, keyin yuviladi. Namuna dastavval sovuq suvda, so’ngra esa iliq suvda ehtiyotlik bilan mato yuzasidan gul bosish bo’yog’ining ortiqchasi yuviladi. Oxirida mato issiq suvda issiq ( 80-90 o C) eritmada SAM (2g/l) va qaytadan issiq va sovuq suvda yuviladi. Bir fazali bug’latish usuli bo’yicha faol bo’yoqni gul bosish bo’yog’iga mustahkamlash quyidagi retsep bo’yicha tayyorlanadi, gr : mochevina 10; suv (ml) 34,5; bo’yoq 3; quyultiruvchi 50; ludigol 1; Na 2 CO 3
1,5. [62] Download 249.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling