68
3.3.1. Dispers bo’yovchi moddalar bilan gul bosish
Dispers bo’yovchi moddalar poliefir
va atsetat tolali matolarga,
nitron va kamroq poliamid tolali matolarga gul bosishda ishlatiladi. Gul
bosish uchun nurbardoshligi yuqori va harorat ta’siriga chidamli bo’yovchi
moddalar ishlatiladi. Gul bosish texnologiyasi:
gul bosish
quritish
bo’yovchi moddani tolaga bog’lanish
yuvish
quritish jarayonlaridan iborat. Gul bosish bo’yog’i tarkibi tola turiga va
rang singdirish usuliga bog’liqdir. Masalan, asetat tolali materiallar uchun
quyidagi tarkiblar ishlatiladi.
Quyultiruvchi sifatida natriy alginat, karboksimetilselluloza, tragant va
ularning aralashmasi ishlatiladi.
Poliefir, poliamid va triatsetat tolalariga
gul bosilganda bo’yoq tarkibiga tola massasiga nisbatan 0,3-2% miqdorida
intensifikator (benzoy, salitsil kislota, xlor) .
3.4. Yakunlovchi pardozlash jarayonining bosqichlari
Tayyor mahsulotning uzoq muddat xizmat qilishi, ko’rkam
va bejirim
bo’lishi, o’z shaklini uzoq muddat saqlay olishi kabi sifatlarini
ishlatiladigan to’qimachilik materiallarining xossalari belgilaydi, o’z
navbatida to’qimachilik
materiallarining sifati, tashqi ko’rinishi va
xossalarini yakunlovchi pardozlash belgilaydi. Oxirgi pardozlash shunday
texnologik jarayonlar yig’indisidan iboratki, unda to`qimachilik
mahsulotlarning, sifatini yaxshilash uchun tashqi chiroyli tovar ko`rinishi
berish,
standartga mos en berish, istemolchini didini ta`minlash va boshqa
ba`zi xususiyat berish kabi jarayonlar bajariladi.
To`qimachilik mahsulotlari kerakli texnologik bosqichlardan o`tgandan
keyin, oxirgi pardozlash jarayoniga o`tadi. Bu yerda to`qimachilik
mahsulotlarini tayyorlash tugatilib rasmiylashtiriladi.
Oxirgi pardozlash jarayonida matoga turli xususiyat (ipakdek
tovlanish, yaltillash, yumshoq vors berish va h.k) berib, yaxshi fazilatlarga
ega
bo`ladi.
Sellyuloza
tolasidan
tayyorlangan
matoga
kam
g’ijimlanadigan va suvga kirishmaydigan xususiyat beriladi. Sintetik
69
tolalarda tayyorlangan matolarni antistatik mahsulotlar bilan ishlov
beriladi.
To`qimachilik
matolariga
oxirgi
pardozlashda
beriladigan
xususiyatlarning ko`pligi sababli bajariladigan
jarayonlar ikki guruhga
bo`linadi: fizika-mexanikaviy va kimyoviy.
Fizika-mexanikaviy jarayonga qirqish, pat berish,
enni kengaytirish,
dazmollash, presslash va boshqalar kiradi.
Yakunlovchi pardoz berish uchun ishlatiladigan jarayonlarni
barchasini ikki xilga bo`lish mumkin:
1. Mexanik yakunlovchi pardoz jarayonlari
2. Kimyoviy yakunlovchi pardoz jarayonlari
Kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayoniga quyidagilar kiradi:
1. G’ijimlanishga qarshi pardoz
2. Kirishishga qarshi pardoz.
3. Olovga chidamlilik uchun pardoz
4. Suvni itaruvchi pardoz
5. Ifloslanishga qarshi pardoz va boshqalar.
Ana shu kimyoviy pardoz berish uchun
ishlatiladigan moddalarning
umumiy nomi
appret deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: