O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish


Yakunlovchi pardozlash jarayonining texnologiyasi


Download 249.29 Kb.
bet28/30
Sana23.04.2023
Hajmi249.29 Kb.
#1392267
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org

Yakunlovchi pardozlash jarayonining texnologiyasi 
Matolarga suv itaruvchanlik xususiyatga berish ikki turga bo`linadi. 
1. Suv o`tkazmaydigan
2. Suv itaruvchanlik xususiyati. 
Suv o`tkazmaydigan pardoz turi berishda matoning butkul yuzasiga
gidrofob plyonka (bitum, rezina, polixlorvinil va boshqalar) yurgiziladiki, 
unda mato suvdan tashqari havo ham o`tkazmaydi, pardozning bu turi
asosan texnika ehtiyojlari uchun qo`llaniladi. 
Pardozlashning ikkinchi turi katta ahamiyatga ega bo`lib, gigiyena
talablarga javob beradi. 
To`qimachilik tolalarining suv itaruvchanlik xususiyati asosan
tolalarning suv shimuvchi gruppalarini to`sib himoya qilishda asoslangan. 
Tolalarga suv itaruvchanlik xususiyati berish, suv itaruvchi alkil
radikallarning tola yuzasiga tekis zich joylashishi natijasida hosil bo`ladi. 
Matolarga suv itaruvchanlik xususiyati berishning bir necha xillari
mavjud, masalan: tuzli sovun yordamida. Bu xil pardozlash eski usul 
bo`lib, metalli tuzlarning (asosan alyuminiy yoki mis) yuqori molekulali
yog’li kislotalar bilan mato yuzasiga parda hosil qilishdan iborat. Bu 
tuzlar yuqori suv itaruvchanlik xususiyatiga ega bo`lib, mato ishlov
berganda iplar chidamli suv itaruvchanlik qavati bilan qoplanadi. Jarayon 
ikki usulda: ikki vannali va bir vannali usulda olib boriladi.[88]


79
Xromolan yordamida suv itaruvchanlik xususiyati berish. Suv 
itaruvchanlik xususiyati berish maqsadida keyingi paytlarda maxsus
preparatlar ishlab chiqarildi : xromolan va alyumolan. 
Tabiiy ipakdan tayyorlangan matolarni pardozlashda toladagi nodir
xususiyatlar- alohida o`ziga xos mo’tadil tovlanish, yumshoqlik
egiluvchanlik kabilarni ko`rsatishdan iborat. Bundan tashqari matoga kam
kirishish, tovar ko`rinishi berish, mustahkam shakl beriladi. Ipakli 
g’ijirlaydigan matolar plyusovkada 1% li sirka kislotasi bilan ishlov
berilib, quritib en beradigan mashinada quritiladi. Matoni mashinaga ilgari 
o`tkazib uzib berish hisobidan mato qisqaradi va bunda yaxshi aniq
ko`rinishdagi g’ijirlash "krepoviuy" effekt olishga erishiladi.
Tolalarning sorbsion xususiyati ularni tayyorlash jarayonida ishchi
eritma tarkibiga kiritilgan sirt aktiv moddalar (SAM) tabiatiga ham bog’liq. 
Sirt aktiv moddalar paxta tolali to’qimachilik materiallari tarkibidagi
yog’simon va mumsimon moddalarni emulgirlab, qaynatish eritmasiga 
chiqarishga xizmat qiladi. Sintetik tolalarni pardozlashga tayyorlash
jarayonida SAM ularni sirtiga surtilgan moylovchi moddalardan 
tozalaydi.[45]
Tarkibida 17% nitron tutgan paxta-nitron aralash tolali kalava iplarni 
tayyorlash jarayoni sifatiga turli xildagi SAMlarning ta’siri o’rganildi.
Buning

uchun
quyidagi 


SAMlar
tanlandi: 

OP-10,
―Veskim‖


kompaniyasidagi SAM, Stearoks-6, Metaupon, Nekal, Sulfanol. Bu
preparatlar ishtirokida bir xil sharoitda kalava iplarni tayyorlash jarayoni 
olib borildi va quyidagi natijalarga erishildi:
– Stearoks-6 preparati ishtirokida tayyorlangan kalava iplar past fizik-
mexanik ko’rsatkichlar bilan birga juda past kapillyarlik berdi;
– Nekal preparati barcha ko’rsatkichlar bo’yicha yomon natija berdi
- OP-10 preparati ishtirokida tayyorlangan kalava iplar yuqori fizik-
mexanik ko’rsatkichlarni namoyon qildi, lekin ularning kapillyarligi past 


80
bo’ldi ( 128 mm/soat, 130 mm/soat), hamda oqlik darajasini (82%) 
namoyon qildi;
– Sulfanol ishtirokida tayyorlangan namunalar faqat oqlik darajasi (86%) 
bo’yicha biroz yaxshi natija ko’rsatdi;
– Metaupon ishtirokida tayyorlangan namunada kapillyarligi va oqlik 
darajasi bo’yicha yaxshi natijalarga erishilgan bo’lsa ham, fizik-mexanik
ko’rsatkichlari bo’yicha past natijalarni ko’rsatdi; 
– ―Veskim‖ firmasi SAM-si bilan tayyorlangan kalava iplar esa yuqoridagi
hamma SAM larga nisbatan barcha ko’rsatkichlar bo’yicha yuqori 
natijalarga erishdi, masalan kapillyarligi 180 mm/soat.
Ushbu tarkibdagi aralash tolali kalava iplarni tayyorlashda SAM 
sifatida ―Veskim‖ firmasi sirt aktiv moddasi tavsiya etildi.
Effektiv emulgirlovchi moddani tanlash maqsadida turli sirt aktiv 
moddalar tabiatini matoni qaynatish sifatiga ta’siri o’rganildi. SAM lardan
steoroks-6, steoroks-920, metaupon, sulfonol, OP-10 va nekallar sinab 
ko’rildi.[59]


Download 249.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling