O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti marketing va menejment kafedrasi “ekonomiks”
-rasm. 2022-yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning
Download 246.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi
1-rasm. 2022-yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning
O'zbekiston iqtisodiyodi tarmoqlari bo'yicha taqsimlanishining dinamikasi O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 2019 yilda 9,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi, bu 2019 yildagi ko’rsatkichdan 9,6 foiz ko’p demakdir. Eksportning o’sish sur’ati 2020 yilga nisbatan 11,5 foizni tashkil qildi, import esa, 7,2 foiz, ijobiy saldo 1 mlrd. 375 mln. AQSh dollaridan ortiq bo’ldi, bu esa, 2020 yilgi xuddi shu ko’rsatkichdan 97,04% ko’p. Respublika yalpi tashqi savdo aylanmasining yarmidan ko’prog’ini iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar hissasi tashkil qiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, iqtisodiy chegaralarning kengayishi va TIF hajmining ko’payishi bilan bir qatorda uning tashkiliy tuzilmasida ham chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Bugun O’zbekiston dunyo bozorlariga nafaqat an’anaviy xom ashyo mahsulotlari paxta, rangli metall va boshqa tovarlar chiqarmoqda, balki eksport tarkibida qayta ishlangan, yuqori qiymatli tayyor mahsulotlar ham joy olyapti. Shu vaqtning o’zida paxta tolasi va gazlamasi, kimyoviy mahsulotlar va plastmassa, avtomobillar, xizmatlar va qayta ishlangan boshqa mahsulotlar eksporti keskin oshdi. Importning tarkibi ham sifat jihatidan o’zgardi. Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan, yangi zamonaviy texnologiyalar - iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnologik yangilangan holda qayta tashkil qilish ustuvor yo’nalish deb belgilandi. Shuning uchun import qilinayotgan mahsulotlar tarkibida mashina va uskunalarning ko’pligi tasodif emas. Tashqi savdo munosabatlarini yanada optimallashtirishda, mahalliy xom ashyodan tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishda qabul qilingan dasturning roli katta. Hozirgi vaqtda TIAIS - milliy ishlab chiqaruvchilarga o’z mahsulotlarini tashqi bozorga sotish, marketing izlanishlarini olib borish, eksport qilinuvchi tovarlar bo’yicha uzoq va qisqa muddatli narxlar kon’yunkturasi ko’rsatkichlarini oldindan aytib berish orqali amaliy yordam berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatadi. 20,35% 4,92% 8,05% 26,50% 4,10% 4,63% 27,6% 0,00% 5,00% 10,00% 15,00% 20,00% 25,00% 30,00% Boshqa tarmoqlar bo'yicha Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari Qurilish Savdo Yashab turish va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar Aloqa va axborot Sanoat 20 TIAIS faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan yana biri – standartlash bo’yicha xalqaro tashkilot talablariga muvofiq, mahalliy korxonalar mahsulotlari sifatini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisoblanadi. Vazirlik tomonidan bojxona bojlari va to’lovlarini yanada bir xillashtirish bo’yicha izlanishlar davom ettirilmoqda. O’zbekistonning tovarlarni tariflash va kod berish tizimini uyg’unlashtirishga asoslangan TIF nomenklaturasi joriy qilingan. Respublikada tovar va xizmatlarning barcha turiga eksport boji bekor qilingan, eksportimport amallari uchun kvota tizimi qo’llanilmaydi. Litsenziyalash ham faqat maxsus eksport-import amallari uchun qo’llaniladi. O’zbekistonda importga son jihatdan chegara qo’yilmagan, maksimal stavka 30 foizni, o’rtacha arifmetik ko’rsatkich esa, 14,6 foizni tashkil qiladi. O’zbekistonning tashqi bozorda o’z mavqeini mustahkamlashi va respublika TIF sub’ektlari manfaatlarini himoya qilishda xorijiy mamlakatlardagi O’zbekiston elchixonalarining savdo, iqtisodiy masalalar bo’yicha maslahatchilari yordam ko’rsatadi. Ya’ni, ular agentlik xodimlari ichidan tayinlanadi va agentlikka tezkor ma’lumotlar etkazib turishni ta’minlaydi. Respublikaning savdo hamkorlari bo’lgan mamlakatlarning eksport qilinadigan tovarlari, bozorlar konyunkturasi tahlilini amalga oshiradi. Tadbirkorlik doiralari orasida bevosita aloqalar o’rnatilishiga yordam beradi. Bugungi kunga kelib, maslahatchilar savdo-iqtisodiy masalalar bo’yicha dunyoning 16 mamlakatida o’z faoliyatlarini olib bormoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O’zbekistonning xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, EI, Rossiya, Yaponiya, XXR, Janubiy Koreya, Germaniya bilan investitsion va moliyaviy-texnik hamkorligining kengayishida muhim rolo’ynaydi. Vazirlik xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlari tomonidan O’zbekiston Respublikasiga ko’rsatiladigan yordamlarning muvofiqlashtiruvchisidir. O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan Jahon savdo tashkilotiga kirishga katta ahamiyat berilib, ushbu yo’nalishda maqsadga muvofiq qadamlar qo’yilmoqda, ya’ni hozirda Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo’yicha idoralararo komissiya ishlab turibdi, agentlik zimmasiga esa, uning kotibiyati vazifasini bajarish yuklatilgan. Xorijiy davlatlar bilan o’zaro munosabatlarda respubli-kaning milliy manfaatlari olg’a surilishining mexanizmlaridan biri O’zbekistonning 30 dan ortiq mamlakatlar bilan yo’lga qo’yilgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha ikkiyoqlama hukumatlararo komissiyalarning faoliyat yuritayotganligidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida yuqori malakali kadrlar tayyorlash dasturi bo’yicha mutaxassislar malakasini oshirish Markazi tashkil qilingan. Bu erda vazirlik va idoralarning xodimlari, respublikaning faol doira vakillari muntazam ravishda agentlik yordamida O’zbekistonda va chet ellarda tashkil qilinayotgan turli seminar va kurslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 21 O’zbekistonda ko’rgazma markazining roli katta. "O’zko’rgazmasavdo" mutaxassislari ko’rgazma va yarmarkalar bilan bog’liq faoliyatning barcha xizmat turlarini taqdim etadi. Tajribali mutaxassislar guruhini birlashtirgan texnik imkoniyatlarga, o’z mavqeiga ega hamkorlar ishtirokida o’tkaziladigan ko’rgazma va yarmarkalar orqali bozor strategiyasining samarali bo’lishiga yordam beriladi. “O’zko’rgazmasavdo” pavilonlarida har yili dunyoning 30 mamlakatidan 200 dan ortiq chet el firmalari ishtirokida 20 tagacha xalqaro ko’rgazmalar tashkil etiladi. Xalqaro biznes-markazi dunyoning barcha ishbilarmonlariga O’zbekistondagi faoliyatlari muvaffaqiyatli bo’lishi uchun zarur bo’lgan barcha turdagi xizmatlarni taklif etadi. Agentlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida respublika hukumati tomonidan qo’yilgan vazifalarning izchil ravishda amalga oshirilishiga, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga tez va to’laqonli integratsiyalashuvi samarali amalga oshishiga yordam beradi Download 246.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling