2.3
O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi
2023- yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo
aylanmasi (matnda TSA) 13,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilga
nisbatan 5,6 mlrd. AQSH dollariga yoki 74,8 % ga koʻpaydi. TSAda eksport hajmi
5 772,7 mln. AQSH dollariga (238,7 % ga ko‘paydi) va import hajmi 7 383,1 mln.
AQSH dollariga (44,6 % ga koʻpaydi) yetdi.
Hisobot davrida – 1 610,4 mln. AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo
balansi qayd etildi. Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar tashqi
savdosi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar
nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda TIF TN) bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda –
XSST) ishlatiladi. Bu oʻz navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import
qilinadigan tovarlarni 10 ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni
XSST boʻyicha kodlashtirish, TIF TN va XSST oʻrtasida oʻtish kalitlari yordamida
amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 160 mamlakati bilan savdo aloqalarini
amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq
Respublikasida (16,6 %), Rossiya Federatsiyasida (14,2 %), Qozogʻistonda (7,5 %),
Turkiyada (5,9 %), Koreya Respublikasida (4,8 %), Germaniya (2,9 %) va Qirgʻiz
Respublikasida (1,7 %) qayd etilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkordavlatlar orasidan to‘rtta
davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston, Qirgʻiz
Respublikasi va Tojikiston shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv
tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
22
2-rasm. O’zbekiston Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori
Do'stlaringiz bilan baham: |