O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti marketing va menejment kafedrasi “ekonomiks”
Download 246.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi
6 I bob. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi 1.1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati, rivojlanish bosqichlari Ma’lumki, har bir davlat boshqa davlatlar bilan mahsulot ayirboshlashni yo’lga qo’ymasdan turib, iqtisodiy faoliyat yurita olmaydi. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi xalqaro savdo munosabatlarini keltirib chiqardi. Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi, bir tomondan, ishlab chiqarish hajmini kengayishga olib kelgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mamlakatlararo xo’jalik aloqalarining yanada chuqurlashuviga imkon tug’dirdi. Bu, o’z navbatida, yoqilg’i, turli xildagi xom ashyolarga, mashina, asbob-uskunalarga bo’lgan talabni keskin oshirib, tashqi savdo-sotiqni rivojlantirish, mahsulotlar ayirboshlashni muhim ekanligini taqozo qiladi hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishni muhim zaruriyatga aylantiradi mavjudi bo’ldi. Hozirgi sharoitda tashqi iqtisodiy munosabatlar yanada muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Fan-texnika taraqqiyoti iqtiso-diyotdagi strukturaviy o’zgarishlar rivojlangan mamlakatlarda yangi tarmoqlar, ishlab chiqarishlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Bu esa ba’zi xom ashyo turlari, yoqilg’i-energetika mahsulotlari importini ko’payishiga, mahsulotlar sotish bozorlarini milliy chegaralardan ko’ra kengaytirishga olib keldi.Umuman olganda, jahon ishlab chiqarishining va jahon savdosining asosiyo’sishi XX asrning II yarmiga to’g’ri keladi. Agarda yillar ichida jahonyalpi ichki mahsuloti va savdo 3 martaga ko’paygan bo’lsa, keyingi o’n yilliklardajahon ishlab chiqarish va eksporti mos ravishda 6 va 11 martadan ko’proqqa oshdi. Tashqi iqtisodiy omil rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida muhim rol o’ynamoqda. Bu mamlakatlar jahon xo’jaligiga o’zlarining tabiiy resurslarini, arzon 7 ishchi kuchlarini etkazib berish bilangina cheklanib qolmay, yangi texnologiyalarni o’zlashtirib, o’z xo’jaliklarini intensiv rivojlantirib boradilar. «Globallashuv» termini 1980 yillarda yuzaga keldi va 1990 yillardan rasman ishlatila boshlandi. Qabul qilingan kelishuv bo’yicha qaraladigan bo’lsa, hozirgi zamon kommunikatsiya va texnologiyalari ma’lumotlari asosiga qurilgan barcha mamlakatlar, korxonalar, odamlarning moliyaviyiqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy aloqalari ko’rinishidir. Iqtisodiy globallashuvni ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqa rishga joriy etilgan yangi texnologiyalar va inson faoliyatining boshqa sohalarida erishgan yutuqlaridan qonuniy ravishda kelib chiqadigan bir jarayon deb qarash kerak. Dunyo iqtisodiyoti globalizatsiya jarayoni ishlab chiqarish va kapitalni internatsionalizatsiyalashning qonuniy natijasidir. Shu bilan birga, hozirgi zamon iqtisodiyotiga konsolidatsiya, integratsiya va konvergentsiya jarayonlarini tezlashtirish bilan yangi sifat ko’rsatkichlarini berdi. Jahon xo’jaligining asosiy bosh g’oyasi kapital, tovarlar va xizmatlarning bir butun yaxlit bozorini tashkil etish, mamlakatlar iqtisodiyotini bir-biriga yaqinlashtirish va birlashtirish bilan butun dunyo xo’jalik kompleksi majmuasiga asos solishdir. XIM o’zining yuqori rivojlanish bosqichiga ko’tarilmoqda. Globallashuv hodisasini ikki tomondan ta’riflasa bo’ladi: Makroiqtisodiy daraja globallashuv-mamlakatlar va alohida hududlar chegarasidan tashqarida iqtisodiy faollikka intilishni bildiradi. Bu liberallashtirish savdo va investitsiya to’siq g’ovlarining olib tashlanishi erkin tadbirkorlik makonini tashkil etish va boshqalarda ko’zga tashlanadi. Mikroiqtisodiy daraja globallashuv deganda korxona o’z faoliyatini ichki bozordan tashqariga qarab kengaytirib borishi va jahon bozoriga asta-sekin chiqishi tushuniladi. Globallashuv milliy iqtisodiyotlarning o’zaro aloqa va o’zaro bog’liqligining o’sib borishi xususiyatini bildiradi. XX asrda ayirboshlashning xalqaro miqyosda kengayishi asta-sekin kapital hamda 50-yillarning o’rtalaridagi NTP ta’siri ostida bo’lgan ishlab chiqarishning internatsionallashuviga olib keldi. Natijada ishlab chiqarishda xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv surati keskin o’sdi. Ayniqsa, moliya bozorining integratsiyasi va globallashuv jarayoni keng quloch yoydi. Xalqaro moliyaviy oqimlarining hajmi xalqaro savdo hajmiga nisbatan 60:1 ni tashkil etdi. Umumjahon savdosi hajmining o’sishi umumjahon YaMM hajmining o’sishidan 5% ga ko’proqni tashkil etadi. XX asrning 90–yillarda globallashuvning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: tashqi iqtisodiy aloqalar va sobiq sotsialistik mamlakatlar xalqaro hisobining liberallashuvi; Unifikatsiyalashtirish (bir xil shaklga keltirish) va standartlashtirishga faol yo’naltirilganlik; 8 Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan makroiqtisodiy siyosat, soliq siyosati bandlik sohasidagi siyosatga nisbatan yagona o’lchamlar joriy qilindi. Iqtisodiyotning globallashuv jarayonini milliy iqtisodiyotlar va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga ta’siri xususida turli fikrlar mavjud. Globallashuv, birinchi navbatda, sanoati rivojlangan davlatlarning mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha ustunliklar beradi hamda rivojlanishdan orqada qolib ketgan davlatlarga tsivilizatsiya yutuqlaridan bahramand bo’lishlari uchun dastlabki shart-sharoitni yaratadi. Lekin globallashuv jarayonining demografiya, ekologiya va hududiy jihatdan o’zining salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Shunday qilib globallashuv ijobiy va salbiy jihatlarga ega bo’lgan jarayon deb tushunish mumkin. Globallashuvning asosiy nuqtasi quyidagi jihat hisoblanadi: bir davlatning boshqasiga tobe’ligiga barham berilib, uning o’rni-ga davlatlarning bir-biriga o’zaro bog’liq munosabatlari vujudga keladi. Globallashuv dunyodagi barcha kommunikatsiyalar, er yo’ldoshi orqali bo’layotgan aloqalar, reaktiv aviatransport va butun dunyo axborot tarmog’iga ulangan shaxsiy kompyuterlarning har bir mamlakatning o’z imkoniyatlari asosida bunyod etish axborotlarini qabul qilish, qidiruv ishlarini olib borish, saralash, qayta tiklash, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda yuksak sifat o’zgarishlarini ta’minlaydi. Shunday qilib, global ma’lumotlar makonida bir-biriga o’zaro ta’sir o’tkazuvchilar safidan joy oladilar. Asta-sekin bir- biriga bog’liq bo’lgan yagona global iqtisodiyot vujudga keladi, bu iqtisodiyot doirasida milliy biqiqlik barham topadi. Ichki mahsulot ishlab chiqarish sur’atlari tashqi savdoning ehtiyojlariga qarab aniqlanadi, shuningdek, moliyaviy oqimlarning va milliy chegaralar orqali kapital harakatining tezlashishi ro’y beradi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, filiallari butun dunyo bo’ylab tarqalgan va elektron tarmoqlar orqali bog’langan texnologik ayirboshlashlarni soddalashtiruvchi ko’p millatli korporatsiyalar mavqei yanada mustahkamlanadi. Iqtisodiyotni globallashtirish qanchalik hayotiy ekanligini «kuchli ettilik»ka kirgan rivojlangan mamlakatlar geosiyosiy man-faatlari o’zida aks ettirib turibdi. Hozirgi paytda dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy emas, balki jismoniy birligi mavjud. Er yuzi tsivilizatsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy birligiga eng katta dunyoni, bir tomondan juda rivojlangan, mamlakatlarga, ikkinchi tomondan esa ularga iqtisodiy jihatdan tobe mamlakatlarning mavjudligidir. Kuchli yettilikka kiruvchi mamlakatlarda XX asr boshi va oxirida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaMMning hajmi muvofiq ravishda Buyuk Britaniyada 4593 va 19704, Germaniyada 3134 va 19119; 1717 va 18416; AQShda 4096 va 27272; Frantsiyada 2849 va 20277, Yaponiyada 1235 va 20616 dollarga to’g’ri kelgan. Masalan, jahon iqtisodining 2003 yildagi asosiy ko’rsatkichlar 2–jadvalda keltirilgan. Dunyo taraqqiyotining hozirgi sharoitida hech bir mamlakat, hatto eng qudratli 9 hisoblangani ham yakka hokim bo’lishga qodir emas. Faqatgina mustahkam uyushma sifatida rivojlanayotgan mamlakatlarni shu uyushma irodasiga bo’ysundirgan holda ushlab turishi mumkun. Hozirda bunday siyosiy kuch sifatida AQSh davlatini ko’rsatish mumkin. Har yili maxsus ekspertlar tomonidan dunyo mamlakatlarining «globallashuv indeks» lari tuzib chiqiladi. Jumladan, 2004 yilda A.T.Kearney va Foreign Policy jurnali tomonidan dunyoning 64 mamlakati bo’yicha «Globallashuv indeksi» e’lon qilindi. Bumamlakatlar hissasiga jahon aholisining 84%, jahon YaIMning 96% to’g’ri keladi. Globallashuv reytingini tuzishda 4 ta asosiy parametr hisoblangan: 1. Iqtisodiy integratsiya - xalqaro savdo investitsiyalar va to’lovlar hajmi bo’yicha; 2. Shaxsiy aloqalar - xalqaro turizm va safarlar, xalqaro tele-fon so’zlashuvlari, pochta jo’natmalari va pul o’tkazmalari hajmi bo’yicha; 3. Xalqaro aloqalarni ta’minlovchi texnologiyalar – internetdagi foydalanuvchilar, internetserverlar soni bo’yicha; 4. Mamlakatni xalqaro siyosatga tortilganligi – davlatni xalqaro tashkilotlarga a’zoligi, chet el elchixonalari va vakolatxonalar soni bo’yicha. Tadqiqotlar o’tkazilgan 64 davlat ichida «Globallashuv indeksi» bo’yicha so’nggi 10 ta o’rinni Eron, Hindiston, Misr, Indoneziya, Venesuela, Xitoy, Bangladesh, Turkiya, Keniya va Braziliya kabi mamlakatlar egalaydi. Download 246.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling