O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti marketing va menejment kafedrasi “ekonomiks”
Download 246.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi
4 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi sharoitda jahon xo’jalik aloqalari tizimida globallashuv vaintegratsiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi, mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari o’zaro aloqalarining va o’zaro bog’liqliklarining kuchayishi zamonamizning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylanmoqda. Globallashuv, ma’lumki, ishlab chiqarish, axborotlar almashinuvi, savdo,transport va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridagi mamlakatlararo aloqalarda namoyon bo’ladi. Bu jarayonlarda mustaqil O’zbekiston ham faol ishtirok etmoqda. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etish, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb etish va xorijiy sarmoyalarga qulay investitsion muhit yaratish, mamlakatimiz Tovar ishlab chiqaruvchilari bilan chet el firmalari o’rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyatini tashkiletadi. Bu sohada yagona davlat siyosati yuritilishi O’zbekistonning xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan o’zaro manfaatli asosda iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini yanada rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois, mamlakatimizda o’tkazayotgan iqtisodiy islohotlar O’zbekistonni qisqa muddatlarda jahon xo’jaligi tizimida o’z o’rniga ega bo’lishini va dunyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan. Bugungi kunda O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sub’ekti sifatida jahon xo’jaligi aloqalariga tobora keng jalb qilinmoqda, dunyoning o’nlab rivojlangan va rivojlanayotgan mamla-katlari bilan mustahkam xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishgan, uning tashqi savdo aylanmasi hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Iqtisodiyotimizning real sektoriga kirib kelayotgan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalar salmog’i oshmoqda, o’nlab xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi kuchaymoqda. Ayniqsa, tashqi iqtisodiy faoliyatning turli sohalari bo’yicha malakali kadrlar tayyorlashga katta e’tiborberilmoqda. Ushbu kurs ishida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning hozirgi zamondagi roli va mohiyati, tashkiliy-huquqiy asoslari, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish usullari, xalqaro valyuta tizimi, kapitalning xalqaro harakati va ssuda bozorlari, O’zbekistonda chet el investitsiyalarining samaradorligi, ishchi kuchlarining xalqaro migratsiyasi hozirgi zamon xalqaro iqtisodiy munosabatlarda transmilliy korporatsiyalarning ahamiyati va O’zbekistonda ularning faoliyati, xalqaro iqtisodiy integratsiya va xalqaro iqtisodiyotning 5 boshqa masalarali keng miqyosida yoritilgan deyishimiz mumkin edi. Shuningdek, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga taalluqli statistika ma’lumotlaridan, xorij va o’zbek tilidagi adabiyotlardan, iqtisodiy jurnallardan foydalanilgan. Davlat rivojlanishining barcha tarixiy bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyat har xil darajalarda umuman xalq xo’jaligida, alohida regionlarda , muassasa va tashkilotlarda iqtisodiy masalalarni hal qilishga katta ta’sir ko’rsatgan, va bu soxada iqtisodchilar turli izlanishlar olib borganlar. Xalq xo’jaligi tizimining bir bo’lagi sifatida tashqi iqtisodiy faoliyat ichki xo’jalikning mukammalashishiga, ishlab chiqarish kuchlarining birlashishiga va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va ko’maklashadi. Hozirgi davrgacha birorta ham davlatga jahon iqtisodiy tizimidan bo’lak ravishda sog’lom iqtisodiyot muhitini yaratish qo’ldan kelmagan. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Evolyutsion jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdoga aylandi , uning natijasida esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar yig’ingisi - jahon xo’jaligiga aylandi. Unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki , barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishi zarur. Shunga ko’ra O’zbekiston va MDH davlatlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish va qo’llab- quvvatlashdan iborat . Download 246.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling