O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti marketing va menejment kafedrasi “ekonomiks”
O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi
Download 246.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi
2.2
O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi Tarixiy tajribalar shuni ko’rsatadiki, har bir mamlakatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va mehnatni taqsimlash afzalliklaridan to’liq foydalanish imkoniyatini yaratuvchi xo’jalik tizimi bilan yaqin integratsiyasiz hech bir davlat dunyo iqtisodiyotining yuqori rivojlanish darajasiga erishmagan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning turli yo’nalishlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etildi. Hokimiyatlar, vazirlik va idoralar, xo’jalik sub’ektlari birlashmalari tarkibiga TIA boshqarmasining marketing xizmati bo’limlari kiritildi. «Kommercheskiy vestnik», «Hamkor», «Delovoy partnyor Uzbekistana», «Biznes vestnik Uzbekistana» ro’znomalari tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi faoliyatini ommaga etkazuvchi vosita hisoblanadi. Prezidentimizning yuqori obro’-e’tibori sharafiga qisqa muddatlarda investitsiya borasida yirik chet el investorlari bilan kelishuvlarga erishildi va uning asosida iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini texnik takomillashtirish ishlari amalga oshirildi, ya’ni yoqilg’i-energetika majmuasi, qora va rangli metallurgiya, to’-qimachilik sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish tar-moqlarida mo’ljallangan rejalar muvaffaqiyatli bajarildi. Chet el investitsiyalari yordamida meva va sabzavot, go’sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha moddiy-texnik baza tubdan yangilandi. Hozirda O’zbekiston jahon iqtisodiy hamjamiyatining teng huquqli a’zosidir. Mamlakatimiz obro’-e’tibori uning samolyot, avtomobil, traktor, paxta terish kombaynlari ishlab chiqarishi tufayli yanada mustahkamlanmoqda chunki bunday mahsulotlar faqat rivojlangan davlatlardagina ishlab chiqariladi. Buning asosiy jihati shundaki, O’zbekistonda - murakkab ishlab chiqarishni tez va mohirlik bilan o’zlashtirishga qodir bo’lgan yosh xodimlarning etarlidir. 16 Respublikaning tashqi savdo saldosining barqaror eksport tuzilmasida iste’mol uchun tayyor mahsulotlar ulushi doimiy ravishda o’sib bormoqda. Iqtisodiyotni kelgusida tezkor rivojlantirish, chuqurlashti-rish, eksportni ko’paytirish va import o’rnini bosuvchi ishlab chiqa-rishni tashkil etish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish ko’lamini oshirish talab etiladi. Bunday og’ir vazifalar bajarilishi uchun davlat boshqaruv tashkilotlari, xo’jalik sub’ektlari birlashmalari kuchlarini tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga safarbar qilish talab qilinadi. Ushbu maqsadlarni, ro’yobga chiqarish uchun qisqa muddatlarda quyidagilar tashkil etildi: Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo investorlar vazirligi; Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki; «Asaka» bank; «O’zmarkazimpeks» DATSK; «O’zsanoatmashimpeks» DATSK; «O’zinterimpeks» DATSK; «Markazsanoateksport» DATSK; «O’zmaxsusimpeks» DK; «O’ztashqitrans» DAK; «O’rta Osiyo Trans» XAT DAK; «O’zinvestloyiha» Respublika injiniring kompaniyasi; «O’zbekinvest» MK; «O’zEIKbyuro» (O’zbekistondagi Evropa ittifoqi komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish byurosi). Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Davlat bojxona qo’mitasi yillik tovarlar eksporti (ishlar, xizmatlar) istiqbolini ishlab chiqish sohasida, vazirliklar va idoralar - ishlab chiqarishni lokalizatsiyalash dasturini shakllantirish va amalga oshirishda, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy hamkorlik sohasida, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimiyatlari, Toshkent shahri va mintaqalar tomonidan tashqi iqti-sodiy aloqalarni rivojlantirish sohasidagi faoliyat qo’llabquv-vatlanadi. Ularning tashqi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi faoliyatlari Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar majmui tomonidan muvofiqlashtiriladi. Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar o’z samarasini berdi. Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari amaliy jihatdan o’sdi, uning sifat ko’rsatkichi yaxshilandi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng, tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtiruvchi institutsional asoslar va tuzilmalarning yaratilishi O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining birinchi navbatdagi vazifalaridan bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 2019 yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil qilindi. O’zbekiston 17 Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati (TIF)ni dunyo andozalariga mos, zamon talablariga javob bera oladigan darajada tashkil qilish maqsadida Prezidenti-mizning Farmoni bilan 2019 yilda O’zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga (TIAA) aylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 iyul Farmoni bilan Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi O’zbekiston Respub-likasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (TIAIS) etib qayta tashkil etildi. Shu bilan birga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib, Agentlikning viloyat va Toshkent shahridan tashqi iqtisodiy bo’yicha boshqarmalari viloyat va Toshkent shahridagi tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo boshqarmalari etib qayta tashkil etildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining asosiy vazifalari: tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni rag’batlantirish, xorijiy investitsiyalar jalb etish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini ta’minlash; jahon tovarlar (kapitallar, xizmatlar) bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ichki va tashqi bozorlar istiqbollari hamda samaradorligini hisobga olgan holda ularning ahvolini chuqur tahlil etish va rivojlanishini prognoz qilish, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo- iqtisodiy munosabatlarni o’rnatishga qaratilgan choratadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bo’yicha amaliy choratadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining huquq va manfaatlarini ta’minlash; O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan o’zaro manfaatli asosda hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash; qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga ko’maklashish, investitsiya loyihalari ro’yobga chiqarilishi monitoringini amalga oshirish, xorijiy investorlarga zarur axborot yordami ko’rsatish. Ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ular faoliyati samaradorligini oshirish masalalari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazir-ligi zimmasiga yuklandi. 18 Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, TIFning huquqiy asoslari yaratilgan edi. 1992 yilda «O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida»gi qonun qabul qilinib, u xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning shu sohadagi o’zaro huquqiy munosabatlarini belgilab berdi. TIF erkinlashtirilishi jarayonini chuqurlashtirish munosabati bilan O’zbekiston iqtisodiyotini jahon iqtisodiyoti tizimiga yanada integratsiyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi- ning 2019 yil 25-26 may kunlaridagi ikkinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasida yangi tahrirdagi "O’zbekiston Respublikasining TIF to’g’risida"gi qonuni qabul qilindi. Qabul qilingan qonunga muvofiq, TIAIS barcha faoliyat turlari iqtisodiy sohaning normativ-huquqiy bazasini shakllantirishga qa-ratildi. Masalan, vazirlik O’zbekiston Respublikasining 80 ga yaqin qonunlari, 57 ta O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, 116 ta O’zR Vazirlar Mahkamasining qarorlari tayyorlanishida faol ishtirok etdi, jumladan: • O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolati to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Bojxona tariflari to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Himoya choratadbirlari, antidemping va tovon to’lovlari to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Xalqaro shartnomalar to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Mahsulotlar taqsimoti bitimlari to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog’ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to’g’risi-da"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Chet el investorlari kafolatlari va huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Kontsessiya to’g’risida"gi qonunlarni misol keltirish mumkin. TIAIS faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri respublikaning TIA geografiyasini kengaytirish hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu yo’nalishdagi faoliyatning erishgan yutuqlari juda katta, jumladan, O’zbekiston va dunyoning 140 19 dan ortiq mamlakati o’rtasida o’zaro savdoiqtisodiy munosabatlar yo’lga qo’yildi. Download 246.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling