O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti marketing va menejment kafedrasi “ekonomiks”
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllari
Download 246.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi
1.2 Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti ikki muhim tarkibiy qismdan: xalqaro iqtisodiy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmidan iborat. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo’jaligi tizimida tez-tez takrorlanib turuvchi har xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va sub’ektlari, alohida tashkilotlar (transmilliy, ko’p millatli korporatsiyalar) o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventsiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’lyo’riqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar kiradi. XIM strukturasi quyidagilarni o’rganishni taqozo qiladi: 1. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; 2. Kapital va chet el investitsiyalarining xalqaro harakati; 3. Ishchi kuchlarning xalqaro migratsiyasi; 4. Xalqaro valyuta-moliya munosabatlari; 5. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. XIM ob’ektlariga quyidagilar oid hisoblanadi: 10 moddiy shakldagi tovarlar: xom ashyo va ishlab chiqarish tovarlari, tayyor buyumlar, sanoatda qayta ishlanadigan mahsulotlar, ma-shina, asbob-uskunalar, mahsulot; xizmatlar: xalqaro injiniring, konsalting, audit, lizing, turizm, tashish, hisob- kitoblar va boshqalar; texnologiyalar: patentli va patentsiz litsenziyalar, tovar belgilari; kapital: to’g’ridan-to’g’ri va portfelli chet el investitsiyalari, xalqaro kredit; ishchi kuchlari. XIM sub’ektlari (kontragentlari) sifatida quyidagilar ishtirok etadi: xalqaro iqtisodiy va tashkilotlar; hukumat nomidan milliy davlatlar; investitsiya qurilishini oshiruvchi xalqaro tashkilotlar; tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi davlat organlari va tashkilotlari; tadbirkorlar birlashmalari; xalqaro korporatsiyalar; firmalar. XIMning ob’ektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jaligi tashkil qiladi. Lekin XIM jahon xo’jaligi vujudga kelmasidan avval ham mavjud bo’lgan. Hozirgi zamon jahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar yig’indisidan iborat bo’lgan global iqtisodiy organizm bo’lib, bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro ahamiyatga ega bo’lish jarayoniga bo’ysunadi. Hozirgi zamon jahon xo’jaligining xususiyatlari: globallashuv; rivojlanishning birligi va qarama-qarshiligi; raqobatning keskinlashuvi va ayni paytda global hamkorlikning rivojlanishi. ishlab chiqarish tarmoqlari dunyoning turli mamlakatlarida joylashtirilgan xalqaro ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va bu jarayon natijasida transmilliy korporatsiyalar roli(TMK) ning o’sib borishi; davlatlar tashqi iqtisodiy faoliyatlarini liberallashuvi; jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy hamkorlikning xalqaro huquqiyme’yoriy bazasini barpo etilishi; mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning millatlararo tizimini tashkil qilinishi; aksariyat mamlakatlar milliy iqtisodiyotining yopiq tizimdan ochiq tizimga o’tish evolyutsiyasi (bunda YaIM ulushi 35% dan oshishi kerak). 11 Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga xos xususiyatlar: iqtisodiy o’sishning barqarorligi XX asrning 90-yillarida o’sish sur’ati 1-3% bo’ldi; iqtisodiy o’sishda tashqi iqtisodiy omilning ahamiyatini oshishi; moliya bozorlarini globallashuvi va milliy iqtisodiyotlarning o’zaro uzviy bog’liqligini kuchayishi; hududiy integratsiya jarayonlarining rivojlanishi. Hozirgi paytda XIM shakllari bir muncha kengaygan. Ularning kengayishi, asosan, XX asrning 60-yillar boshidan 80-yillarning o’rtalarigacha bo’lgan vaqt oralig’iga to’g’ri keladi. Shu bilan bir paytda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida tarkib topgan XIMning ayrim shakllari amal qilib kelayapti. Bu faoliyat tashqi savdo, chetga kapital chiqarish, valyuta munosabatlariga tegishlidir. Hozirgi sharoitda XIMning quyidagi asosiy shakllari vujudga keldi: 1. Xalqaro savdo 2. Xalqaro kredit munosabatlari 3. Xalqaro munosabatlar 4. Xalqaro kapital harakati 5. Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi 6. Xalqaro integratsiya 7. Transmilliy korporatsiyalar 8. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar 9. Xalqaro axborotlar almashinuvi XIMning intensivlik darajasini bir necha miqdoriy indikatorlar bilan tavsiflash mumkin: 1. Eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi. 2. Import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi. 3. Tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo hajmi aylanma mablag’i YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi. XIM rivojlanish jarayonida bir necha bosqichni bosib o’tgan va ularni shartli ravishda quyidagicha ajratish mumkin: qadimgi dunyodan V asrgacha bo’lgan muddat. V asrdan XV-XVI asrlargacha – buyuk geografik kashfiyot davrigacha bo’lgan davr. XV asrdan – XVI asrgacha - sanoat to’ntarishi davrigacha. Sanoat to’ntarishi paytidan Birinchi Jahon urushining boshlanishigacha bo’lgan davr; XX asrning birinchi yarmi; 12 XX asrning 60-yillaridan 90-yillarigacha; XX asrning 90-yillaridan XIM va jahon xo’jaligining hozirgi rivojlanish davri XIMning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi omillar sezilarli ta’sir qiladi: ilmiy-texnika taraqqiyoti; hududiy–iqtisodiy integratsiya taraqqiyoti; XIMning ko’p tomonlama tartibga solish tizimini takomillashtirilishi; global muammolarning keskinlashuvi; tashqi iqtisodiy siyosatni liberallashtirish; xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi. Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi jiddiy o’zgarishlar, XX asr oxirlarida dunyo fanidagi kashfiyotlar XIMning rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Dunyoda ro’y bergan o’zgarishlar XXI asr bo’sag’asida XIMning o’ziga xos rivojlanish tendentsiyasini belgilab berdi: xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish, jahon xo’jaligidagi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi yo’li bel-gilandi; xalqaro savdoning an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko’rsatish vositasiga aylanib borishi; kapital migratsiyasining globallashuvi va intensivlashuvi; fan-texnika sohasida bilimlar bilan ayirboshlashning jadallashuvi, xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishi; ishchi kuchlari migratsiya ko’lamlarini sezilarli o’sish sur’ati; hudud va mamlakatlar iqtisodiyoti integratsiya jarayonlarining kengayishi va jadallashuvi. Kapitalning xalqaro migratsiyasi, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyasi shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, xalqaro savdoning tovarlar, turli xil xizmatlar ko’rsatish, texnologiya, ishchi kuchlarining, ayniqsa, malakali ishchilarning xalqaro migratsiyasi geografik yo’nalishlarda ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarda hal qiluvchi omil bo’lmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling