O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti (sirtqi)


Download 58.07 Kb.
bet2/8
Sana21.06.2023
Hajmi58.07 Kb.
#1644856
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ХРИСТИАНЛИКДАги ОКИМЛАР РАЖАБОВА МАХЛИЁ

Katolistizm (Katolik) oqimi
Katolistizm xristianlikdagi eng keng tarqalgan oqim bo’lib, bu oqimga 800 millionga yaqin kishi sig`inadi. Katolistizm (grekcha - katolikos degan so’zdan olingan, o’zbekcha ma’nosi - umumiy, butun dunyo cherkovlariga oid, degan mazmunga egadir) oqimidagi dindorlar dastlabki vaqtda Misrdagi Aleksandriya arximandratini tan olgan monofizit-lar deb atalardi.
Katolistizm oqimida barcha diniy marosimlarni bajarish, duolarni o’qish, Bibliya («Yangi ahd») matnini o’qish lotin tilida olib boriladi. Lotin tili qadimgi Rim Lotikiya aholisi gaplashadigan til bo’lib, u lotikiya qabilasining tili edi. Rim aholisi Tibr, Anien daryolari, Apenin tog` tizmalari va Tirren dengizi o’rtasidagi vodiyda yashovchi lotik qabilasiga mansub edi. Hozir lotin tili «O’lik» til hisoblanadi, ammo lotin alfaviti aksariyat Evropa, Amerika, Avstraliya va boshqa qit’alarda yashaydigan aholi grammatikasiga asos bo’lgan. U tibbiyot, matematika, kimyo, fizika kabi fanlarda simvolik belgi sifatida ishlatiladi. O’zbekiston respublikasida ham lotin alifbosiga o’tish boshlandi.
1962 yilda 2-Vatikan sobori diniy ishlarni milliy tillarda olib borishga ruxsat bergan, ammo lotin tilida olib borish hamon davom etayotir.
Katolistizm oqimi tarixi IV-XX asrlarni tashkil qilib, deyarli 16 asrdan buyon mavjuddir. Bu davr mobaynida katolistizm aqida va marosimlari, ruhoniy va cherkovlari quldorlik, feodalizm va kapitalizm jamiyatlari uchun bajonidil xizmat qilib kelayotir. Xristianlikning bu oqimi zamona ruhiga, o’zgargan tarixiy shart-sharoitlariga ustalik bilan moslashib yashamoqda. Katolistizmning aholini turli qatlamlari, sinflari va toiflari orasida ta’siri katta.
Katolistizm markazdan boshqariladi. Rim shahrida Vatikan va Rim papasi barcha katolik cherkovlarga rahbarlik qiladi.
Katolistizmning aqidalari:

  1. Katoliklar ilohiyotida (aqidalar) ilohiy troistaga: ota xudo, o’g`il xudo va muqaddas ruhga e’tiqod qiladilar. Katoliklar «muqaddas ruh», «ota va o’g`il» xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydilar.

  2. Katoliklar muqaddas kitobni, ya’ni Tavrotni va muqaddas rivoyat yoki an’analarni diniy ta’limot manbai, deb hisoblaydilar. Katolik cherkovi faqat lotin tilida yozilgan Tavrotni e’tirof qiladi. Tavrotni faqat ruhoniylargina izohlashi va sharhlashi mumkin. Katolik an’analarni papalar yoki sobor yig`inlarida «avliyo ota»lar chiqargan yangiliklar bilan to’ldirib turishni tan oladilar. Bu bilan katolistizm zamonaga moslashtirib berilgan.

  3. Xristianlikning boshqa oqimlaridan farq qilib, katolistizmda Rim papasi xudoning rasuli ekanligi to’g`risidagi maxsus aqidaga amal qilinadi. Katolistizm papani cherkovning boshlig`i deb hisoblaydi, uni «Iso-ning noibi (vorisi)» va «Apostol pyotrning o’rinbo-sari» deb ataydilar.

  4. Katolistizmda a’rof to’grisidagi aqida bo’lib, unga ko’ra a’rofda (jannat bilan do’zah oralig`ida) gunohkorlarning ruhlari tiriklik vaqtlarida yuvilmay qolgan gunohlaridan tozalanib, jannatga kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, deb tushuntiriladi.

  5. XIII asrda katolik ilohiyotchilari tomonidan «savob ishlar» zahirasi to’g`risidagi aqida ishlab chiqildi. Unga asosan gunoh qilgan kishilar cherkovdan, haq to’lab, kechirim so’rab, gunohining kechirilgani to’g`risi-dagi guvohnoma-idulgenstiya olishi mumkin. Cherkov idulgenstiya narxini belgilab chiqdi. Masalan, o’z otasini yoki onasini, xotinini, akasini, ukasini, singlisini o’ldirgani uchun 5 yoki 6 gross, yoki «o’g`irlik qilgani uchun, o’t qo’yganlik uchun 8 gross» haq to’laydi.

  6. Isoning onasi Bibi Maryamga «ruhoniy ona» deb sig`inish ham kuchli e’tiqod ramzi hisoblanadi.


Download 58.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling