O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI (SIRTQI)
9-8 MTS GURUH TALABASI
RAJABOVA MAHLIYONING
“ F A L S A F A ”
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: “Xristianlikdagi oqimlar”
Buxoro -2021
Xristianlikdagi oqimlar
Reja:
Kirish
1. Katolistizm (Katolik) oqimi
2. Katolistizmning aqidalari:
3. Katoliklarning diniy marosimlari
4. Pravoslavie oqimi
5. Protestant oqimi
Foydalanilgan adabiyotlar:
Xristianlikdagi oqimlar
Bir butun din bo’lgan xristianlik turli tarixiy shart-sharoitlar, bu dinning mahalliy hukmdorlar manfaatlariga, quldorlik, feodalizm va kapitalizm tuzumlari sharoitiga moslashtirishga qilingan harakatlar tufayli turli oqim-laru sektalarga bo’linib ketgan. Ichki inqiroz va tashqi hujumlar natijasida (german qabilalari) Rim imperiyasi 3-4 asrlarda G`arbiy va Sharqiy qismlarining ajralib ketishiga olib keldi. Rim imperiyasining G`arbiy qismida mayda mustaqil davlatlar paydo bo’ldi. Ulardagi siyosiy hokimiyatga nisbatan cherkovlar hukmronligi ustunroq bo’lib, ularning Rim shahrida joylashgan bosh cherkovga tobe’ligi saqlanib qoldi. Lekin Sharqiy viloyatlar Vizantiya imperiya-si tizimida yagona davlat bo’lib, davlat siyosiy hokimiyatiga bo’ysinardi. 1054 yilda Vizantiya hududidagi cherkovlar Rim markaziy cherkovidan ajralib ketdi. Shu tariqa xristianlik ikki oqimga - katoliklar va pravoslavie oqimlariga bo’lindi.
16-asrda burjua sinfi va kapitalizm tuzumi manfaatlariga mos keladigan yana bir yangi oqim - protestantizm vujudga keldi. Bulardan tashqari ana shu oqimlar ichida xristian uyushmalari, jamoalari, ya’ni sektalari ham paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |