O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti (sirtqi)


Download 58.07 Kb.
bet4/8
Sana21.06.2023
Hajmi58.07 Kb.
#1644856
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ХРИСТИАНЛИКДАги ОКИМЛАР РАЖАБОВА МАХЛИЁ

Pravoslavie oqimi
Rim imperiyasi 395 yilda ikki qismga bo’linib ketdi. 1054 yilda esa xristianlik katolistizm va pravoslavie oqimlariga ajraldi. Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida feodallashish jarayoni sekinlik bilan bordi. Vizantiyada imperatorlik hokimiyati saqlanib qoldi. Cherkov doimo podsholar qaramog`ida turar edi. Rus demokrat yozuvchisi V.G.Belinskiy aytganidek, pravoslavie ruhoniylari «har doim dunyoviy hokimiyatga xizmatkor bo’lib kelganlar».
Imperator Konstantin o’z imperiyasini mustahkamlash maqsadida cherkovni davlat muassasasiga aylantirdi. Patriarx amalda din ishlari vaziri bo’lib qoldi. Pravoslavie deb atalishiga sabab: Bibliyadagi qadimgi aqidalarni izohlash va sharhlash erkinligi huquqiga ega bo’lgan (pravo na slovo-o’z fikriga ega) demakdir.
Pravoslavie cherkovlari boshliqlarining sobor majlisi imperator (podsho) tomonidan chaqirilib, uning yoki tayinlan-gan dunyoviy amaldor raisligida o’tkazilishi ham pravoslavie har bir davlatga artokefal, ya’ni mustaqil cherkov ekanini ko’rsatadi. Masalan, jahon xristian pravoslavie sobor yig`inining 6 tasi ana shunday o’tgan edi. Faqat 787 yilda Nikey shahrida o’tkazilgan ettinchi sobor yig`ilishida imperator patriarx sifatida qatnashgan edi. Jahon soborlarining qarorlari imperator tasdiqlagandan keyingina kuchga kirardi.
Pravoslavie patriarxlari ba’zan podsho yoki imperatorlar nazoratidan chiqib ketishga va ular ustidan hukmronlik o’rnatishga urinib ko’rardilar, ammo bunga erisha olmasdilar. Masalan, Konstantinopol patriarxi shunday maqsadda Rimning besh ruhoniysidan madad olishga ham harakatlar qilganu, ammo o’z niyatiga erisha olmay, imperator qo’lida qo’g`irchoq bo’lib qolavergan.
Pravoslavie cherkovlari kimnidir avliyo deb e’lon qilmoqchi bo’lsa bunga podsho ruxsatini olishga majbur edi yoki imperator xohlagan ruhoniyni avliyolikka ko’tarishga to’g`ri kelardi. Masalan, Rossiya podshosi Ivan Grozniyning yoshgina o’g`li Dmitriyni podsho Vasiliy Shuyskiy talabi bilan alviyolar qatoriga kiritilgan.
Pravoslaviening aqidaviy ta’limotlari

Download 58.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling