O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti (sirtqi)


Download 58.07 Kb.
bet6/8
Sana21.06.2023
Hajmi58.07 Kb.
#1644856
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ХРИСТИАНЛИКДАги ОКИМЛАР РАЖАБОВА МАХЛИЁ

Protestant oqimi
16-asrdan boshlab Evropa mamlakatlari shaharlarida burjuaziya sinfi shakllandi, ular shahar hunarmandlari, o’rta darajadagi savdogarlar, ziyolilarga bosh bo’lib kapitalistik usulda moddiy boyliklar ishlab chiqarib, bozor munosabatlariga o’ta boshladilar. Tabiiy va gumanitar fanlarning rivojlantirmay, burjua demokratiyasini o’rnatmay, vijdon erkinligini joriy etmasdan turib kapitalizm tuzumini o’rnatib bo’lmas edi. Kapitalizm o’ziga asosiy raqib bo’lgan feodalizmni, cherkov va xristianlikning qarshiligini engibgina rivojlanishi mumkin edi. Xususan, katolistizm cherkovlari, Rim papasi o’rta asrlar tuzumi feodalizmning tayanchi, monarxiyaning tayanchlari bo’lib, bunga qarshi reformastiya harakati kuchayib bordi. Antifeodal va antikatoloistizm harakatlari Germaniyada avj ola boshlab, bu harakat boshida nemis byurgerlari, ya’ni burjuaziyasi turdi.
Germaniyadagi Vittenberg shahrida monax Martin Lyuter katolik cherkovini isloh qilishni, Rim papasi qaromog`idan Germaniyadgi cherkovlarga ajratib mustaqil bo’lishni targ`ib qildi. 1517 yilda Martin Lyuter cherkov eshigiga o’zining 90 ta moddadan iborat tezislarini yopishtirib qo’ydi. Bu tezislarda, jumladan katolik poplarining indulgenstiya sotishini, Germaniyadagi cherkovni Rim papasi qaramog`idan ozod etishni talab qildi. Lyuterning bu talablarini butun Germaniyada xayrixohlik bilan kutib olindi. Mamlakatda katolik cherkovining zulmiga va zo’ravonligiga qarshi ommaviy harakat avj oldi, tez orada bu harakat xalq ommasining feodal tuzumga qarshi inqilobiy kurashga aylandi, dehqonlar urushi boshlanib ketdi. Bundan qo’rqib ketgan hokimiyat egalari bo’lgan knyazlar, dvoryanlar va ruhoniylar armiya bilan, fanatik dehqonlar bilan birlashib dehqonlar harakatini bostirdi. Germaniyada feodalizm saqlanib qoldi.
Garchi xalq ommasi engilgan bo’lsa-da, Germaniyada katolistizmning hukmronligiga barham berildi. Nemis knyazlarining ko’pchiligi bu erlardagi cherkovlarni isloh qildilar. Ular cherkovga qarashli erlarni tortib olib papa va episkoplarning cherkov ustidan hukmronligini bekor qildilar, ko’pgina monastirlarni yopib qo’ydilar. Shunday qilib katolistizm o’rnini protestanstizm egalladi.
«Protestantlar» degan nom 1529 yilda «Protestanstiya» deb atalgan hujjatga, ya’ni ruhoniy va dunyoviy feodal-larning umumgerman s’ezdi lyuteranchilikning tarqalishini cheklash haqida qabul qilingan qaroriga qarshi tuzilgan protestga imzo quygan nemis knyazlariga berilgan edi. Protestant knyazlar 1555 yilda Rim bilan bitim tuzishga muvaffaq bo’ldilar, bu bitimga ko’ra, har bir knyaz o’z fuqarolari uchun istagan dinni: Lyuteranchilikni yoki katolistizmni tanlab olish huquqiga ega bo’lgan ega bo’lgan edi. Natijada «mamlakatda kim hukmron bo’lsa, shuning dini hukmron bo’ladi», degan qoida belgilanadi. Augsburg diniy olami deb nom olgan bu bitim protestanstizmning Germaniya bo’ylab keng yoyilib ketishiga olib keldi. Keyinchalik Lyuter tarafdorlarini ham, boshqa islohchi oqimlarning izdoshlarini ham protestantlar deb atay boshladilar.
XVI asrning o’rtalariga kelib katolik dinini isloh qilish harakatida qatnashgan Shveystariya, Angliya, Shvestiya, Daniya va Norvegiya mamlakatlari ham katolistizmdan chiqdi. So’ngra xuddi shunday ish Belgiya, Gollandiya va Franstiyada ham ro’y berdi. Bu ishlar Chexiya, Vengriya va Polshada amalga oshdi. XVII asrdan boshlab u shimoliy Amerikaga va Evropa davlatlarining boshqa mamlakatlariga kira boshladi.
Feodalizmni muqaddaslashtiruvchi katoliklar cherkoviga qarshi kurash boshlagan burjuaziya cherkovni butunlay tugatmay, uni «tuzatish», isloh qilishni, o’z sinfiy manfaatlariga muvofiqlashtirishni maqsad qilib qo’ydi.
Protestanstizm xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo’lishi, jonning o’lmasligi, jannat va do’zax (katolistizmdagi a’rofdan tashqari) haqidagi, vahiy va boshqalar to’g`risidagi umumxristian tasavvurlarni e’tirof etadi.

Download 58.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling