Savollar:
1. Sellyulozadan ligninni ajratib olish usullarini aytib tushuntirib bering.
2. Agar tajribada sellyulozani ishlov berishda kislotalar tartibi o’zgartirilsa lignin miqdorini aniqlashda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?
7– ish. Gidrosellyulozaning 2 % li xlorid kislota ta’sirida
hosil qilinishi
Reaktiv va asboblar: tozalangan sellyuloza (5 g), 2 % li xlorid kislota (250 ml), 250 ml sig’imli sovutgich bilan jihozlangann kolba (1 dona), Byuxner voronkasi (1 dona).
Ishning borishi: Tozalangan 5 g sellyuloza kolbaga solinib, uning ustiga 2 % li xlorid kislotadan 250 ml quyiladi, so’ngra kolba shtativga o’rnatilib, elektr plitkasida 3 soat qaynatiladi, kolba sovutilib, ichidagi sellyuloza Byuxner voronkasiga solinadi va distillangan suv bilan ozgina vakuum ostida yaxshilab yuviladi. Yuvish sellyulozadagi xlorid kislota tamoman yo’qolguncha (indikator qog’oz bilan teksirib turiladi) davom ettiriladi. Shundan so’ng voronkadagi cho’kma 70-80ºC li termostatda quritiladi. Cho’kma qurigach, hosil bo’lgan gidrosellyuloza tortilib, uning miqdori aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |