Savollar:
1. Kraxmalni yod eritmasi bilan titrlashdan maqsad nima?
2. Tajribada xlorid kislotaning vazifasini tushuntiring.
12 – ish. Kraxmalning yod bilan rangli reaksiyalari
Reaktiv va asboblar: tarozi (toshlari bilan), 500 ml li konussimon kolba, yod, kaliy yodid 0,02 n li eritmasi, elektroplitka, probirkalar, o’lchov silindri, distillangan suv. Yodni 2,54 g ini 1 l kaliy yodid eritmasida eritib eritmasi tayyorlanadi.
Ishning borishi: Konussimon kolbaga 0,25 g kraxmal solinib uni ustiga 50 ml distillangan suv solib suspenziya hosil qilinadi. Suspenziya elektroplitkada 5 minut qaynatiladi va bir jinsli sistema hosil bo’lguncha aralashtirib turiladi. Qaynashning boshlanishi havo pufakchalarining hosil bo’lishi bilan kuzatiladi. Probirkaga 10 ml kraxmal yelimidan (klesteri) olib unga 1-2 tomchi yod eritmasi tomiziladi.
Aralashma rangi oldindan tayyorlangan namuna bilan solishtiriladi. Yod bilan kraxmalning hosil qilgan ko’k rangdan to qizg’ish-binafsha ranggacha bo’ladi. Kraxmal yelimining rangi oldindan tayyorlangan namuna rangiga mos kelishi kerak.
Savol:
Yod ta’sirida eritma rangining o’zgarishini tushuntiring.
Kraxmalning oksidlanish reaksiyasi tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |