Savollar:
1. Jelatina va kraxmal eritmalari koagulayatsiyasida muhitning roli bormi?
2. Sensibilizatsiya hodisasini tushuntiring.
23- ish. Oqsil eritmasini tayyorlash
Reaktiv va asboblar: tovuq tuxumi (1 dona), 200 ml li stakan, 10%li osh tuzi eritmasi, yog’siz go’sht 50 g, filtr qog’ozi 50 ml yangi sog’ilgan sut, ammoniy sulfatning to’yingan eritmasi, 50 g bog’doy uni, sentrafuga, probirkalar, distillangan suv.
Ishning borishi: Tuxum albumini. Tovuq tuxumini 1donasini olib, uning sarig’I ajratiladi, so’ngra tuxum oqi yaxshilab atalanadi va keyin kolbaga solib, 12 hajm distillangan suv bilan chayqatib turib aralashtiriladi; eritma voronkaga joylashtirilgan ikki qavat ho’l doka yoki yuvilgan suv lattadan o’tkazilib filtrlanadi. Tuxum albumini eritmasi filtrlanib o’tadi; cho’kmada tuxum globulini qoladi. Tuxum globulini osh tuzining 10%li ozroq eritmasi eritiladi va bu eritma filtrlangandan keyin avval filtrlangan tuxum albumini eritmasining yarmiga qo’shiladi natijada ikkita eritma hosil qilinadi. Deyarli toza albumin eritmasi albumin bilan globulin eritmasining aralashmasi.
Go’sht oqsillari. Go’sht qiymalagichdan o’tkazilgan yog’siz 40-50 g go’sht qiymasini stakanga solib, unga osh tuzining 10%li eritmasidan 80-100 ml qo’shiladi va hosil bo’lgan aralashma vaqt-vaqti bilan aralashtirib turib 15-20 minut chamasi qoldiriladi. Qizil suyuqlik qog’oz burma filtr yoki ikki qavat dokadan o’tkazib filtrlanadi. Eritma tarkibida asosan muskul albumini va globulin bo’ladi.
Sut oqsillari. 50 ml yangi sog’ilgan sutga ammoniy sulfatning to’yingan eritmasidan shuncha hajm qo’shiladi. Bunda globulinlar va kazein cho’kmaga tushadi. Albuminlarning tiniq eritmasi qog’oz burma filtrdan o’tkazib filtrlanadi.
O’simlik albumini. 25 g bug’doy uni 200 ml distillangan suv bilan aralashtiriladi va aralashma chayqatgichda 1 soat davomida chayqatiladi. Uning hosil bo’lgan muallaq zarrachali eritmasi sentrafugalanadi. So’ngra sentrafugat burma filtrdan o’tkazib filtrlanadi. Filtrlangan tiniq eritma tarkibida asosan, bog’doy doni albumini bo’ladi.
Amaliy mashg’ulotlarni turli oqsillar eritmasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Savollar:
1. Oqsillarning umumiy formulasini yozing.
2. Oqsil tarkibida necha xil aminokislota uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |