O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


Download 0.91 Mb.
bet59/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#238197
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73
Bog'liq
Majmua. Tab polimerlar kimyosi 2020

Savollar:

1. Oqsil tarkibida necha xil element mavjud.

2. Oqsillarning tuzlar ta’sirida cho’kishining sababini tushuntiring.


25- ish. Oqsillarning konsentrlangan mineral kislotalar

ta’sirida cho’kishi
Reaktiv va asboblar: oqsillar eritmasi, konsentrlangan sulfat, nitrat, xlorid kislotalari, mis sulfat va qo’rg’oshin assetat tuzlari, trixlor sirka va sulfosalisil kislotalari, probirkalar, filtr qog’ozi kristal holdagi natriy xlorid, etil spirit, distillangan suv.

Ishning borishi:a) Oqsillarning mineral kislotalari ta’sirida cho’kishi. Uchta quruq probirka olib, ularning har qaysisiga 1-2 ml dan konsentrlangan nitrat , sulfat va xlorid kislota quyiladi. So’ngra har qaysi probirkani qiyshaytirib turib, ehtiyotlik bilan probirka de vori bo’ylab pipetkadan 0,5 ml dan tekshirilayotgan oqsil eritmasi quyiladi, bu eritmani shunday quyish kerakki, u probirkadagi kislota bilan aralashib ketmasin. Ikkala suyuqlik qo’shilgan joyda oq amorf cho’kmasi paydo bo’ladi. Probirkalardagi cho’kmalar chayqatilganda nitrat kislota ta’sirida hosil bo’lgan cho’kma ortadi, xlorid va sulfat kislotalar ta’sirida hosil bo’lgan cho’kmalar bu kislotalarning ortiqchasida erib ketadi.

Jelatina mineral kislotalar ta’sirida cho’kmaga tushmaydi. Konsentrlangan mineral kislotalar ta’sirida oqsillar cho’kib, bu cho’kma qayta erimaydi. Bu hodisa oqsil moilekulalarining degidratlanishiga hamda oqsillarning denaturasiyasiga bog’liq.



b)Oqsillarning organik kislotalar ta’sirida cho’kishi. Ikkita probirkaga 2-3 mldan oqsil eritmasi quyiladi va biriga bir necha tomchi trixlorsirka kislota, ikkinchisiga bir necha tomchi sulfosalisil kislota eritmasi qo’shiladi. Ikkala holda ham oqsil cho’kmasi hosil bo’ladi. Sulfosalisil kislota va trixlorsirka kislotalar oqsil uchun juda seziluvchan va spesifik reaktivlardir. Trixlorsirka kislotalar oqsil uchun juda seziluvchan va parchalanish mahsulotlarini hamda aminokislotalarni cho’ktirmaydi, shuning uchun undan, ko’pincha, biologik suyuqliklardan (masalan, qon zardobi) oqsillarni to’la yo’qotish maqsadida foydalaniladi. Bunday hollarda oqsillarning parchalanish mahsulotlari eritmada qoladi.

v) Oqsillarning og’ir metallarning tuzlari ta’sirida cho’kishi. Ikkita probirkaga tekshirilayotgan oqsil eritmasidan 1-1,5 ml dan quyiladi va probirkani chayqatib turib, probirkalardan biriga mis sulfat eritmasi, ikkinchisiga esa qo’rg’oshin asetat eritmasi sekin-asta tomchilatib qo’shiladi. Kam eruvchan tuzsimon birikma (mis tuzi bilan havo rang yoki qo’rg’oshin tuzi bilan oq rangli) hosil bo’lgani tufayli pag’a-pag’a cho’kma hosil bo’ladi. Reaktiv mo’l bo’lganda cho’kma yana eriydi.

Og’ir metallarning (Hg, Ag, Cr, Pb va boshqalarning) tuzlari oqsillar bilan suvda erimaydigan tuzsimon birikma hosil qilib, oqsillarni cho’ktiradi, bu cho’kma qayta erimaydi. Shu sababli oqsillar kishi masalan, simobli tuzlar (sulema) bilan zaharlanganda zaharga qarshi dori sifatida ishlatiladi. Ammo bunday cho’kmalardan ba’zilari (masalan, mis, qo’rg’oshin, rux tuzlari ta’sirida hosil bo’lgan cho’kmalar) mo’l cho’ktiruvchidan eriydi, chunki cho’kma zarrachalariga asboblaridan ionlar ta’sirida peptizasiyalanadi (eritmaga o’tadi).

g)Oqsillarning spirt ta’sirida cho’kishi . Probirkaga 1-1,5 ml oqsil eritmasi quyiladi va unga kristall holidagi ozroq natriy xlorid qo’shiladi so’ngra ustiga asta-sekin 5-6 ml etil spirt quyib probirka qattit chayqatiladi. Aralashma bir oz tinganidan keyin oqsilning mayday cho’kmani hosil bo’ladi.

Probirkadagi aralashmaning bir qismi cho’kma bilan birgalikda boshqa probirkaga quyiladi va unga 3-4 ml suv qo’shiladi. Bunda spirt suyiladi va oqsil eriydi.

Spirtning ta’sir etish mexanizmi suvning bog’lanishi bilan tushuntiriladi, buning natijasida oasil molekulalari degidratlanadi va ularning eritmadagi barqarorligi kamayadi.

Agar hosil qilingan cho’kma tezda spirtdan ajratib olinsa, oqsil yana suvda erishi mumkin, ya’ni uning xossalari bu holda oi’zgarmaydi, denaturasiya sodir bo’lishiga ulgurmaydi va cho’kishi qaytar bo’ladi. Oqsil spirtda uzoq tursa denaturatlanadi va suvda erimaydigan bo’lib qoladi.




Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling