O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


- ish. Oqsillarning natriy xlorid va magniy sulfat ta’sirida tuzlanishi


Download 0.91 Mb.
bet58/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#238197
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
Bog'liq
Majmua. Tab polimerlar kimyosi 2020

24- ish. Oqsillarning natriy xlorid va magniy sulfat ta’sirida tuzlanishi
Reaktiv va asboblar: go’sht oqsil eritmasi, probirkalar, stakan natriy xlorid va magniy sulfat eritmalari, suyultirilgan sulfat kislota, filtr qog’ozi, ammoniy sulfan.

Ishning borishi: Ikkita probirkaga 2-3 ml dan oqsil eritmalari quyiladi, aralashtirib turib batamom to’yingunicha , ya’ni kristallarning bir qismi chayqatilishiga qaramasdan erimay qolguncha, birinchi probirkaga mayday qilib tuyilgan natriy xlorid, ikkinchi probirkaga esa magniy sulfat qo’shiladi. Bir minutdan keyin har ikkala probirkada globulinlar cho’kmasi paydo bo’ladi.

Probirkalardagi aralashma filtrlanadi. Filtratlarda albuminlar qoladi; albuminlar neytral eritmalarda bu tuzlar ta’sirida, hatto to’la to’yintirilganda ham cho’kmaga tushmaydi. Filtratga suyultirilgan sulfat kislotadan bir necha tomchi qo’shiladi; kuchsiz kislotali muhitda albuminlar cho’kadi.

Oqsillarning suvdagi eritmasida ularning zarrachali, yuqorida aytib o’tilganidek, zaryadlangan va juda gidratlangan bo’ladi. Ana shu ikki factor tufayli oqsil eritmalari barqaror bo’ladi. Biroq, tuzlarning konsentrasiyasi (ularning ionlari ham kuchli gidratlangan bo’ladi) yuqori bo’lganda oqsil molekulalarining suvli qobig’i yemiriladi va shundan keyin zaryad oqsil molekulasidan unga adsorbsiyalanayotgan tuz ionlariga o’tadi. Bu ikkala prosess natijasida oqsil eritmalari barqarorligini yo’qotadi, oqsil zarrachalari bir-biriga yopishib yiriklashadi va nihoyat, cho’kmaga tushadi.

Ammoniy sulfatning tuzlantirish xususiyati kuchli bo’lib, oqsillarni neytral muhitda, yanada yaxshoriq kuchsiz kislotali muhitda cho’ktiradi, boshqa tuzlar masalan, natriy xlorid oqsillarini faqat oqsil eritmasiga kislota qo’shilganda to’la cho’ktiradi.

Birinchi ishda aniqlanganidek, turki oqsillarning tuzlanishi uchun bitta tuzning o’zi har xil konsentrasiyada olinishi kerak. Demak, oqsillarni fraksion tuzlash mumkin: darhaqiqat,m globulinlar ammoniy sulfat eritmasi bilan chala to’yintirilganida yoq, albuminlar esa faqat batamom to’yintirilganida cho’kmaga tushadi.




Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling