22– ish. Yuqori molekulali birikmalar
jelatina va kraxmalning himoyalanish qobiliyati
Reaktiv va asboblar: o’lchov probirkalar (14 dona), jelatina 1 % li eriamsi, 2,5 % li kraxmal eritmasi, temir (III) gidroksid to’yingan zoli, 1 n. kaliy sulfat eritmasi.
Ishning borishi: Ikki qator 7 tadan probirkalar olinadi. Birinchi qator 1-probirkasiga 2 ml 1 % li toza tayyorlangan jelatina eritmasi quyiladi. Qolgan probirkalarga 1 mldan distillangan suvdan quyiladi va tegishlicha birinchi probirkadan ikkinchisiga 1 ml, so’ngra ikkinchidan uchinchisiga hamda shu tartibda ketma-ket oxirgi probirkagacha eritmalar quyiladi. Bunda jelatinaning konsentratsiyasi kamayish tartibidagi qator eritmalari olinadi. 2,5 % li kraxmal eritmasidan ham shu yo’sinda 2 chi qator eritmalar olinadi. Ikki qator eritmalar ustiga 1 ml dan temir gidroksid zoli, 1 ml dan 1n. kaliy sulfat eritmasidan quyiladi. Probirkalarning qaysilarida koagulyatsiya kuzatiladi? Kuzatuv natijalari jadvalga kiritiladi.
|
Probirkada yuqorimolekulali bitrikma konsentratsiyasi (mg)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Jelatina
|
|
|
|
|
|
|
|
Кraxmal
|
|
|
|
|
|
|
|
Qaysi holatda himoyalanish borsa «+», aks holda esa «-» ishoralarni qo’ying. Jelatina va kraxmalning temir sonini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |