Kraxmal tarkibidagi sulfit angidrid miqdorini aniqlash
Reaktiv va asboblar: 1 % li kraxmal elimi, 100 ml li stakanlar, voronka, 50 ml li pipetka, 50 ml li byuretka, konussimon kolba, tomizgich voronka, yod, kaliy yodid 0,02 n li eritmasi, 1:5 nisbatdagi suyultirilgan xlorid kislota eritmasi distillangan suv. Yodni 2,54 g ini 1 l kaliy yodid eritmasida eritib eritmasi tayyorlanadi.
Ishning borishi: Sig’imi 250 ml konussimon kolbaga 50 g kraxmal solib, uning ustiga 200 ml distillangan suv quyiladi va 15 minut davomida aralashtirib olingan suspenziya filtrlanadi. Pipetka yordamida 50 ml filtrat konussimon kolbaga quyiladi va yod eritmasi bilan titrlanadi. Bunda indikator siftida 3-5 tomchi kraxmal eritmasi va suyultirilgan xlorid kislota ishlatiladi. Eritmaning ko’k rangi 1 minut davomida rangsizlanmasligi lozim. Kraxmaldagi sulfit angidrid massa ulushi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bunda
200 – suvning umumiy miqdori, ml;
50 – titrlashda ishlatiladigan filtrat miqdori, ml;
V – filtratni titrlash uchun ketadigan yod eritmasi hajmi, ml;
0,64 – sulfit angidridning (0,2 n 1 ml yod eritmasiga to’g’ri keladigan) miqdori, mg;
20 – sulfit angidrid miqdorini 1 g kraxmalga nisbatan hisoblash koeffisiyenti:
1,15 – sulfit angidrid miqdorini massa bo’yicha usul ko’rsatgichlariga keltirilish koeffisiyenti;
100 – sulfit angidrid mass ulushini foizga nisbatan hisoblash koeffisiyenti;
1000 – kraxmal tortimini grammlardan milligrammlarga o’tkazish koeffisiyenti;
Oxirgi natija sifatida ikki-uch marta aniqlash natijalari o’rtacha arifmetik qiymati qabul qilinib, uning mumkin bo’lgan eng katta qiymati 0,0007 % dan oshmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |