O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


Download 0.91 Mb.
bet61/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#238197
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
Bog'liq
Majmua. Tab polimerlar kimyosi 2020

Savol:

Leusil-alania-glisin va tirozil-valil-aspargin kislotalarning tuzilish formulalarini yozing.


18 – ish. Tabiiy ipak tolasini tozalash va oq artirish
Reaktiv va asboblar: ipak tolasi (10-12 g), konussimon kolba, 40% li olein sovuni, soda, distillangan suv, ammiak eritmasi, 37% li H2O2, Na2SiO3, 30 % li sirka kislota eritmasi, quritish shkafi, sovun, NaHSO3.

Ishning borishi: Tabiiy ipak tolasini bo’yash va gul bosish jarayonidan avval uning tarkibiga kiruvchi (ipak yelimi) seritsindan tozalash lozim. Bu jarayon ipak tolasini pishirish (otvarka) orqali amalga oshiriladi.

Jarayonni 2 bosqichda amalga oshiriladi: I – usul. Sovun eritmasida pishirish(otvarka). 1 – bosqichda 10-12 g tabiiy ipak tolasi 1 soat davomida 90-92C haroratda 40 % - olein sovuni – 10-15 g/l va 0,5-1g/l soda eritmasida qaynatiladi. Bunda seritsin erib eritmaga o’tadi.

2 – bosqich: qayta pishirish bosqichida ipak tolasi yangi tayyorlangan 7-8 g/l sovun eritmasi, 0,4 g/l soda eritmasi bilan 85-90C da 20-30 minut davomida ishlov beriladi. Ipak tolasi siqib olinadi va 25 % 1,5 g/l ammiak eritmasida chayiladi, so’ngra 60C suvda, keyin esa sovuq suvda bir necha marta yuviladi. Seritsindan tozalangan kul rang ipak tolasi paydo bo’ladi.

Ipak tolasini oqartirish: 5-10 g atrofida ipak tolasi o’lchab 250 ml konussimon kolbaga solinadi va 70-75C da 20-25 g/l 37 % li H2O2 (yoki 10-12g/l 100% li H2O2), 3-5 g/l Na2SiO3, 1,5-2 soat davomida oqartiriladi. Eritma pH-8,0-8,4 dan oshmasligi lozim. Ipak tolasi oqartirilgandan so’ng, uni 25-35C da 30 % sirka kislotaning 2-5 g/l eritmasi bilan 15-30 minut davomida shisha tayoqcha bilan aralashtirib turgan holda ishlov beriladi. Bu jarayon ipak tolasini jonlantirish deyiladi va tola o’ziga xos yaltiroqlikka ega bo’ladi. Tola sovuq suvda yuvilib bir oz siqiladi. Avval xona haroratida, so’ngra esa 60C da quritish shkafida quritiladi.

Soda bisulfit usuli: Bu usulga ko’ra ipak tolasi 60 % olein sovuni (yoki oddiy sovunning) 3-5g/l, 10g/l soda va 4 ml/l NaHSO3 (d=1,257 g/ml) eritmasidan 75-85C da 15-20 minut davomida ishlov beriladi. Bunda ipak tolasi seritsindan tozalanishi bilan bir qatorda qisman oqaradi. Jarayonlar ya’ni jonlantirish yuvish, quritish I usulga ko’ra amalga oshiriladi.

Savollar:


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling