O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti
Download 0.91 Mb.
|
Majmua. Tab polimerlar kimyosi 2020
Kraxmalning gidrolizlanishi
Reaktiv va asboblar: kartoshka kraxmali, sulfat kislotaning 10 % li eritmasi, yod eritmasi, 7 dona probirka, 100 ml li stakan. Ishning borishi: Kraxmal kislotada gidrolizlanganda dekstrinlar deb ataladigan bir qator oraliq mahsulotlar hosil qiladi, to’liq gidroliz natijasida esa α–D–glyukozaga aylanadi. Dekstrinlarni hosil bo’lishini gidroliz vaqtida aniqlash mumkin, chunki ular yod bilan o’zaro ta’sirlashganda kraxmaldagiga qaraganda boshqacha rang hosil qiladi. Kichikroq kolbaga 1% li kraxmal klesteridan 40 ml solinadi va unga sulfat kislotaning 10 % li eritmasidan 5-10 ml qo’shiladi. 6–7 ta probirka-ga suyultirilgan yod eritmasidan 2 ml dan qo’shiladi. Kolba to’r ustida kichikroq alangada qizdiriladi. Suyuqlik qaynagandan 1-2 minut keyin kolbadan yod eritmasi solingan probirkaga 0,5 ml gidrolizat quyiladi va hosil qilingan eritma sovitiladi. Eritmaning rangi qayd etiladi. Aralashma har 1-2 minutda xuddi shunday tekshirib ko’riladi. Dastlab eritma ko’k rangga bo’yaladi, ammo keyin u binafsha rangga (amilodekstrinlar), keyinchalik qizilga (eritrodekstrinlar) o’tib, nihoyat yodning sariq rangi o’zgarmay qoladi (axrodekstrinlar). Dekstrinlar parchalanishining oxirida glyulozaga aylanadi (oraliq mahsulot sifatida maltoza hosil bo’ladi). Yod bilan rang yo’qolgandan keyin aralashma yana 20-3 minut qaynatiladi, shundan keyin sovitiladi va eritmani chayqatib turib oz-ozdan quruq kalsiy karbonat qo’shish yo’li bilan sulfat kislota neytrallanadi. Bunda kalsiy sulfat cho’kmasi hosil bo’ladi. Eritma ko’pirishi tugagandan keyin filtrlanib ortiqcha kalsiy karbonatdan va hosil bo’lgan kalsiy sulfatdan tozalanadi. Filtratning bir qismiga feling suyuqligi ta’sir ettirib monosaxaridlar bor – yo’qligi teksirib ko’riladi. Reaksiyaning ikobiy natija berishi gidroliz bo’lganini ko’rsatadi, ammo gidroliz hosil bo’lishidan oldin bo’ldimi yoki filtratda qisman maltoza ham bormi, buni tajribaga qarab aytib bo’lmaydi. Filtratninig bir qismini (10 ml) chinni kosachaga solib, dastlab to’r ustida keyin suv hammomida sarg’ishm va shirin ta’mmli qiyom hosil (massa) bo’lguncha bug’latiladi. Savollar: Gidroliz jarayoni tenglamasini yo’zing. Kraxmal molekulasi qanday analogik o’zgarishlarga uchraydi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling