5– ish. Paxta tolasi tarkibidagi pektin miqdorini aniqlash
Reaktiv va asboblar: maydalangan paxta tolasi (1-2 g), etil spirti, 1% li limon kislotasining ammoniyli tuzi eritmasi, sovutgich, kolba, 1 % li NaOH eritmasi, 1 % li Na2SiO3 eritmasi, shisha filtr, distillangan suv, stakanlar, 1 n NaOH va 1n CH3COOH eritmalari, CaCl2, gaz gorelkasi, suv hammomi, quritish shkafi, 250 va 500 ml li kolbalar, tarozi, termometr.
Ishning borishi: 0,0002 g aniqlikda o’lchangan 2 g maydalangan tolani, avval etil spirtida ekstraksiya qilib, 250 ml o’lchov kolbasiga solinadi va uning ustiga 100 ml 1 % li limon kislotasining ammoniyli tuzi eritmasidan quyiladi. Ekstraksiya jarayoni shu konsentratsiyali eritmada yana bir marta takrorlanib, filtrlanadi. Filtrat qaynoq suvda 1-2 marta yuviladi, eritma 250 ml kolbaga quyiladi va eritma sovutilgach kolba chizig’igacha distillangan suv quyiladi. Eritmadan 100 ml o’lchab olinib, 500 ml li kolbaga quyilib, uning ustiga 1n 10 ml NaOH eritmasi qo’shiladi. Eritma qorong’u joyda 24 soat saqlanadi. Bu eritma ustiga 50 ml 1 n sirka kislota eritmasi quyib, yaxshi aralashtiriladi va unga 25 ml 44 % l.i CaCl2 eritmasi quyiladi. Eritma qaynatiladi, so’ngra filtrlanadi. Cho’kma avval sovuq suvda, so’ngra qaynoq suvda yuviladi va cho’kma massasi o’zgarmay qolguncha quritish shkafida (105ºC) quritiladi. Pektin miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Bunda: a – pektin (kalsiy pektat) miqdori, g.
0,9235 – kalsiy pektatning pektin kislotaga nisbatan qayta hisoblanish koeffisiyenti.
K – o’tish koeffisiyenti; g – mutloq quruq tola og’irligi, g.
Do'stlaringiz bilan baham: |