O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


Download 0.91 Mb.
bet40/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#238197
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
Majmua. Tab polimerlar kimyosi 2020

Savollar:

1. Sellyuloza va kraxmal hosil bo’lish reaksiyasini (biosintezini) yozing.

2. Sellyuloza va kraxmal tuzilishidagi farqni izohlab bering.

3 – ish. Paxta tolasi tarkibidagi sellyuloza miqdorini aniqlash

Reaktiv va asboblar: maydalangan paxta tolasi (1-2 g), Sokslet apparati, sovutgich, kolba, 1 % li NaOH eritmasi, 1 % li Na2SiO3 eritmasi, 4 – raqalmi shisha filtr, distillangan suv, 100 ml li stakan, 80 % li H2SO4 eritmasi, 250 va 500 ml li kolbalar, 0,1 n yod eritmasi, pipetka, 4 n NaOH eritmasi, 0,1 n Na2S2O3 eritmasi, kraxmal.

Ishning borishi: Bu usul paxta tolasini sulfat kislota ishtirokida gidrolizga uchratish natijasida hosil bo’ladigan glyukoza miqdorini aniqlashga asoslangan. 0,0002 g aniqlikda o’lchangan 1,0 g maydalangan paxta tolasi tarkibidagi mumsimon moddalar Sokslet apparatida ekstraksiya qilinadi. Tozalangan kolbaga tushiriladi va 1 % NaOH, 1 % li Na2SiO3 eritmasida 30 minut davomida qaynatiladi. Qaynoq eritma 4 – raqamli shisha filtrda filtrlanib, neytral muhitga kelguncha distillngan suvda yuviladi va havo haroratida quritiladi. Quritilgan filtrate 100 ml stakanda 10 ml 80 % li H2SO4 da 3 soat davomida xona haroratida qoldiriladi. Hosil bo’lgan sellyuloza eritmasi 150 ml distillngan suv bilan suyultirilib 250 ml li kolbaga quyiladi va teskari sovutgich o’rnatib sellyuloza to’liq gidrolizga uchraguncha 5 soat davomida qaynatiladi. Erimay qolgan modda – lignin filtrlanib qaynoq suvda bir necha bor yuviladi. Gidrolizat 500 ml li kolbaga quyiladi va chizig’igacha distillangan suv quyiladi. Gidrolizat tarkibidagi glyukoza miqdori Vilshteter va Shudl usulida aniqlanadi. Bu usul glyukozani ishqoriy muhitda yod bilan oksidlanishga asoslangan.

C6H11O5CHO + I2 + 3NaOH = C6H11O5COOH + 2NaI + 2H2O



Gidrolizat tarkibidagi glyukozani aniqlash uchun 50 ml gidrolizat pipetka yordamida 200 ml kolbaga quyiladi va 8-10 ml 4 n NaOH eritmasi bilan neytrallanadi. Neytrallangan eritmaga 25 ml 0,1 n yod eritmasi va 40 ml 0,1 n NaOH quyiladi. Eritma 10-15 minut qorong’i joyda saqlanadi va unga 10 ml 20 % li H2SO4 quyiladi. Ortiqcha yod 0,1 n tiosulfat eritmasi bilan kraxmal ishtirokida titrlanadi. Parallel holda tarkibida glyukoza bo’lmagan eritmada nazorat tajribasi o’tkaziladi. Sellyuloza miqdori X, % - quyidagi formula bilan aniqlanadi:

a – nazorat eritmasini titrlash uchun sarflangan 0,1 n tiosulfat eritmasi miqdori, ml;

b – tajribada titrlash uchun sarflangan 0,1 n tiosulfat eritmasi miqdori, ml;

0,009 – 1 ml 0,1 n Na2S2O3 eritmasiga mos keladigan glyukoza miqdori, g;

0,9 – sellyuloza elementar zvenosi MM ni glyukoza MM nisbati mos keluvchi koeffisiyent, Msel/Mglyu = 162,1/180,1 = 0,9

g – tekshirilayotgan paxta tolasinin massasi, g.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling