2 – ish. Paxta momig’ini tozalash va oqartirish
Reaktiv va asboblar: paxta momig’i (20g), natriy gidroksidning 1% li eritmasi (500ml), natriy gidroksidning 0,1%li eritmasi (2000ml), OP – 10 (7 g), vodorod peroksid (7-10 ml) 30 % li eritmasi, natriy bisulfit 2 % li eritmasi (1000 ml), natriy metasilikat, yumaloq tubli kolba, elktr plitka, sovutgich, tarozi (toshlari bilan), elak.
Ishning borishi: Og’irligi 20-30 g bo’lgan paxta momig’i oldin turli mexanik aralashmalardan tozalanadi. Paxta momig’ida ko’p miqdorda chang, tuproq, va qum bo’lgani uchun har xil elaklarda yaxshilab elanadi. Lekin tolalarga aralashgan tuproq va qum zarrachalarini bu usulda tamomila tozalab bo’lmaydi. Shuning uchun u qaynoq suv bilan ikki-uch marta yuviladi va shuimilgan suv siqib tashlanadi. Shu yo’sinda tayyorlangan tola 3 l sig’imli yumaloq tubli kolbaga solinadi va uning ustiga natriy gidroksidning 1% li eritmasini (tola og’irligiga nisbatan 1-1,5%) quyiladi. Momiqni yaxshiroq tozalash uchun eritmaga sirt tarangligini kamaytiruvchi OP tipidagi moddadan 2g/l qo’shiladi. Tolani oksidlanishdan salash maqsadida 2g/l NaHSO3 eritmasidan qo’shiladi.
So’ngra kolba elektr plitkasi ustiga o’rnatilib, aralashma 2-3 soat qattiq qaynatiladi. Havodagi kislorod ta’sirini kamaytirish uchun, sovutgichning ikkinchi uchiga kalsiy xlorid solingan nay ulanadi. Aralashma qaynagan vaqtda ishqor eritmasi sekin-asta qorayib boradi va qaynatishning oxirida to’q qo’ng’ir tusga kiradi. Qaynatish tamom bo’lgach, kolbadan sovutgich olib qo’yilib undagi qaynoq suyuqlik to’kib tashlanadi. Shundan keyin qaynatilgan momiq NaOH ning 0,1% li eritmasi bilan 4-5 marta chayqatiladi.
Momiqni tozalashdagi bundan keyingi jarayon uni oqartirishdan iborat bo’lib, buning uchun kolbadagi 20 momiq ustiga H2O2 (30%li) 3-5g/l eritmasidan 15-20 ml, Na2SiO3 dan 8-10 g/l, ushqor eritmasidan (3-5g/l), NaHSO3 dan 2g/l va OP-10 dan 1-2 g/l qo’shiladi. Momiqni oqartirish jarayonini eritmadagi vodorod peroksid parchalanishidan hosil bo’lgan kislorod ta’siri ostida boradi.
H2O2 = H2O + O
Eritma 90ºC da 40-45 minut oqaritiriladi. So’ngra tola siqib olinib neytral muhitga kelguncha qaynoq, so’ngra sovuq suvda yuviladi, siqiladi va avval xona haroratida, keyin 60-70 ºC da massasi o’zgarmay qolguncha quritiladi. Tarozida paxta momig’i o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |