O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat kafedrasi sport mahoratini oshirish fanidan kurs ishi mavzu


To’pli hujumchiga qarshi harakatlar


Download 1.36 Mb.
bet10/16
Sana21.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1372847
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Basketbol o‘yini hujum taktikasiga o’rgatish

To’pli hujumchiga qarshi harakatlar. To’pli hujumchiga qarshi kurashda himoyachi:
a) raqibga to’pni savatga aniq otishda yo’l qo’ymaslik;
b) raqibning shchit tomonga o’tishiga (ayniqsa kuchli, odatda, o’ng tomondan);
v) to’pni xavfli yo’nalishda uzatilishiga (ayniqsa, jamoa lideri yoki markaziy o’yinchisiga, aniq otuvchi (snayperga) merganga halaqit berish);
g) to’pni egallab olishga yo’l qo’ymaslik;
d) raqibning oldindan tayyorlangan o’zaro harakatlanishiga yoki kombinatsiyalariga o’tkazish uchun qilayotgan harakatlarga halaqit berishishga erishish uchun harakat qilishi kerak.
O’zining raqibini ta’qib qilayotgan vaqtda maydondagi umumiy vaziyatni ham kuzatib turishi shart. Bu esa o’zgarib borayotgan holatni o’z vaqtida baholash va o’z sheriklari bilan muvaffaqiyatli o’zaro harakat qilish imkonini beradi.
Himoyadagi guruh harakatlari deganda o’yin vaziyatida hujumchilarga qarshi harakat uchun yo’nalgan ikki yoki uch o’yinchining o’zaro harakati ko’zda tutiladi.
Ikki o’yinchining o’zaro harakati usullariga straxovka qilish, o’yinchi almashish, sirg’anib o’tish, chekinish (sherigiga yo’l berish); uch o’yinchining o’zaro harakat usullariga maxsus tashkil etilgan ikki o’yinchiga to’qnashtirishga qarshi qaratilgan, ikki basketbolchi qo’ygan to’siqqa qarshi harakatlar, “uchlik”, “kichik sakkizlik”, “kesib chiqish”ga qarshi o’zaro harakatlar kiradi. Shchitdan sapchigan to’p uchun qarshi taktika masalasi alohida ko’riladi.
Ikki o’yinchining o’zaro harakati. Himoyachilarning o’zaro yordam usullaridan biri – straxovka qilish. O’yinchilar doim bir-biriga yordam berishga hamda himoyachini aldab o’tish, savatga xavf solayotgan hujumchini ta’qib qilishga tayyor turishlari kerak. Straxovka qilish to’pni savatga aniq ota oladigan, tez o’tib keta oladigan, har xil chalg’ituvchi harakatlarni qullay biladigan, tezkor hujumchilarga qarshi qo’llaniladi.
Huddi shunga o’xshash raqibning yaqindagi baland bo’yli markaziy o’yinchisi to’pni egallab olmasligi uchun ta’qib etib yurgan himoyachiga ham yordam beriladi.
Agar to’p markaziy o’yinchiga tekkan taqdirda straxovka qilayotgan o’yinchi to’pni uning qo’lidan urib chiqarishga yoki to’p bilan oldinga o’tishga, to’pni savatga otishga halaqit berishga urinib ko’rishi kerak. Odatda straxovkani savatga xavf solaolmaydigan masofada turgan o’yinchini ta’qib qilishni bo’shashtiriboq yoki raqibning savatga juda kam va beqaror xavf solayotgan kamroq ta’qib etish bilan amalga oshiriladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling