O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Download 1.15 Mb.
bet2/6
Sana25.09.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1687821
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat budjeti tarkibining 2000-2020-yillardagi tahlili

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Kurs ishi mavzuning dolzarbligi: Davlat ahamiyatidagi tadbirlarni amalga oshirish va davlat mablag’larini markazlashtirishda respublika budjetining o’rni beqiyos hisoblanadi. Respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy rolni umumdavlat soliqlari o’ynaydi. O’zining mazmuniga ko’ra, Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi hisoblanib, o’ziga tegishli bo’lgan barcha funksiyalarni bajaradi va bunda asosiy rolni hukumat bajaradi. Uning boshqa moliyaviy tizimlardan farqi shundaki, u bevosita davlatga tegishli bo’ladi. Ya’ni, shu mamlakat ichidagi budjet daromadlari va xarajatlarini xususiy subyekt emas balki davlatning o’zi boshqaradi. Shu sababli budjet moliya tizimida markaziy o’rinni egallab turadi. Davlat budjeti daromadlari yig’imini yanada takomillashtirish va yevropaning ilg’or tajribalaridan foydalangan holda yo’lga qo’yish hamda davlat xarajatlarini maqsadli amalga oshirish tub maqsadlardan biri hisoblanadi. Mamlakat ijtimoiy hayotida budjet daromadining roli beqiyos hisoblanadi. Turli xil tadbirlarni yo’lga qo’yish, islohotlar o’tkazish, rag’batlantirish va boshqa maqsadlarni amalda tatbiq etish uchun ushbu mablag’lardan foydalaniladi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: O’zbekiston respublikasi 2016-2020-yillardagi davlat byudjetlari daromadlari xarajatlarini o’rganish;
-bu jarayon davomida tahliliy qobiliyatni yanada oshirish;
-tahlildan so’ng byudjet salmog’ini yanada oshirish;
-byudjetni samarali tarzda xarajatlashni o’rganish kurs ishining maqsadi va vazifalariga kiradi.
Kurs ishining obyekti va predmeti: Davlat byudjeti daromadlari, xarajatlari hamda ushbu daromad manbalari kurs ishining obyekti hisoblanadi. Yuqoridagilarni chuqur tahlil etgan holda davlat byudjeti salmog’ini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish ushbu kurs ishining predmetidir.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling