O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Download 1.15 Mb.
bet4/6
Sana25.09.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1687821
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat budjeti tarkibining 2000-2020-yillardagi tahlili

3-jadval.Davlat byudjeti xarajatlar ko’rsatkichlari(2016)

2017 – 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini tubdan rivojlantirish va bunga mas'ul idoralar faoliyatini tarkibiy o'zgartirishlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatimiz tomonidan olib borilgan islohotlar ijrosi o'tgan 2017 yilda iqtisodiyotni barqaror, muvozanatlashtirilgan holda rivojlantirishni va iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'minladi. 2017 yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma'no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo'lida ulkan ishlar amalga oshirildi. Iqtisodiyotni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo'yicha qator qonunlar, farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilindi hamda ularning ijrosi amalga oshirilmoqda. Natijada, 2017 yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 2016 yilga nisbatan 5,3 foizga, sanoat hajmi – 7,0 foizga, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi xajmi – 2,0 foizga, xizmatlar hajmi – 8,9 foizga, qurilish xajmi – 5,6 foizga o'sishi ta'minlandi. Ta'kidlash joizki, hisobot davrida xarajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganligi saqlab qolindi, Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta'minlash, sanoat va xizmatlar ko'rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subventsiyaga qaram tumanlarni kamaytirish, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish Davlat byudjeti ijrosining ustuvor yo'nalishi bo'lib qoldi. Bundan tashqari,


- aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish; - ijtimoiy himoya va sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish;
- xotin-qizlarning ijtimoiy-siѐsiy faolligini oshirish;
- ta'lim, madaniyat, ilm-fan, adabiѐt, san'at va sport sohalarini rivojlantirish;
- arzon uy-joylar barpo etish, yo'l-transport, muhandislikkommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo'yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish kabi tadbirlarni moliyalashtirish byudjet parametrlarida belgilangan yo'nalishlar doirasida o'z vaqtida amalga oshirildi. Shu bilan birga, daromadlarning bir maromda tushishini hamda byudjet mablag'laridan samarali foydalanishni ta'minlash orqali Davlat byudjeti 337,3 mlrd. so'm (yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz) miqdorida profitsit bilan ijro etilishi ta'minlandi. Keyingi yillarda valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar esa mamlakatimiz iqtisodiѐtiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177 – son ―Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risidagi Farmonini qabul qilinishi, avvalo, amaldagi valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilishni, valyuta siyosatini liberallashtirishni, shuningdek barcha tadbirkorlik sub'ektiga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratilishini ta'minladi. 2017 yil yakunlari bo'yicha O'zbekiston oltin-valyuta zaxirasi yil davomida 1,4 mlrd.dollarga oshib, 26,6 mlrd.dollarni tashkil etdi. Pul-kredit sohasidagi islohotlar ham tijorat banklar faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Jumladan, bank aktivlari va kredit qo'yilmalari hajmi 2 barobarga oshib, mos ravishda 166,6 trln.so'm va 110,6 trln. so'mni tashkil etdi. 2017 yil yakunlari bo'yicha tijorat banklarda jami depozitlar hajmi 58,7 trln. so'mga yetib, 2016 yilga nisbatan 61 foizga oshdi. 2017 yilda o'rtacha oylik ish haqi qariyb 1,5 mln so'mni tashkil etdi. 2017 yil yakuni bo'yicha mamlakatimizda 12 ta iqtisodiy va 45 ta sanoat zonalari ish faoliyatlari yo'lga qo'yildi hamda 41 mingdan ortiq korxona va tashkilot tashkil etildi. Bu 2016 yilga nisbatan 25,2 foizga ko'pdir.
2017 yilda Davlat byudjeti daromadlari 49 681,0 mlrd. so'mni tashkil qildi va 2016 yilga nisbatan 21,0 foizga o'sdi, belgilangan 48 476,0 mlrd. so'm reja 1 205,0 mlrd. so'mga ortig'i bilan yoki 102,5 foizga bajarildi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling