O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Download 1.15 Mb.
bet3/6
Sana25.09.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1687821
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat budjeti tarkibining 2000-2020-yillardagi tahlili

1.Davlat budjeti tushunchasi
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat yoki markaziy byudjeti, mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yigʻindisi va mahalliy byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h. k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari) ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishlar kabi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, soliqdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamomadi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi milliy mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy Davlat byudjetlari va davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondler kabi Davlat byudjetidan tashqari fondlar yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab Davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi Davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hozirgi davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektoridan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi Davlat byudjeti 1924—25 yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun Davlat byudjeti yil yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan Davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi oʻzgarishlar bilan bog’liq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliqlar hisobiga olinmoqda.
1995-yilda Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996-y. da 3,5%, 1997-yilda 2,2%, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta) jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetida jami daromadlar va xarajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda Davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001-yil 1 yanvardan kuchga kirgan «Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida» qonuni (2000-yil 14-dekabr)ga muvofiq olib boriladi.
Davlat o’z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat budjetiga tayanadi. Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda muhim rol o’ynaydi. Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo’lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi. Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud. Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to’lovlari) ko’paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta‘minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko’rsatish, baholar ustidan nazorat o’rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o’rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan choratadbirlar majmuasidan iborat. Davlat tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi. Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko’rinishidagi yordam turi bo’lib, budjet va budjetdan tashqari fondlardan ko’rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo’yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag’lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi. Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko’rinishida himoya qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat budjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig’i to’laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to’laydilar. Shu kabi juda ko’p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko’rsatadi. Soliqlarni o’zgartirish orqali investitsiyalar va jamg’armalar rag’batlantiriladi. Davlat budjeti mablag’lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funksiyasini bajarishi uchun imkoniyat yaratadi. Davlat budjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjetida milliy daromadning katta qismi markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun yo‘naltiriladi. Bularning hammasi davlat budjeti daromadlari o‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini taqozo qiladi. Buni to‘g‘ri tashkil qilingan davlat budjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va mazkur ijro jarayonida budjetning holatini tavsiflashni ta’minlaydi. Budjet hisobi orqali xalq xo‘jaligi hamma tarmoqlarining davlat budjeti bilan o‘zaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank muassasalaridagi hisobvaraqlarda budjetning pul mablag‘lari, daromadlari va xarajatlari, hisob-kitoblardagi mablag‘lar, budjet ijrosi jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda budjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks ettiriladi. Budjetning daromadlari, xarajatlari va pul mablag‘lari, budjet ijrosi jarayonida ularning harakati hamda budjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning moddiy qiymatliklari budjet hisobining bevosita obyektlari hisoblanadi. Mahalliy budjetlami, respublika budjetini va mamlakatning, umuman davlat budjetini daromadlar va xarajatlar bo‘yicha rejasining bajarilishini o‘z vaqtida, to‘la va aniq qayd qilishni ta’minlash budjet hisobining vazifasi hisoblanadi. Budjet ijrosi jarayoni-davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobining predmetidir. Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi yordamida 3 mamlakat barcha mustaqil budjetlarining ijrosi hisobi va budjet tashkilotlari xarajatlari smetalari ijrosining hisobi amalga oshiriiadi.
Davlat budjeti xarajatlari
Davlat budjeti xarajatlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining moddiy mazmunini aks ettiradi..
1-rasm- Davlat byudjeti xarajatlari (2010-2016-yillar)

2010-2018 yillardagi davlat moliyasi tizimi barqarorligini ta‘minlash bo’yicha islohotlardagi muhim qadamlardan biri bu bir nafar o’quvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me‘yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalari muassasalari, umumta‘lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibini joriy etilganligi va 2010 yildan boshlab ushbu tartibni respublikaning barcha hududlaridagi mazkur muassasalarga tatbiq etilgani hisoblanadi. Natijaga yo’naltirilgan budjetlashtirishning ushbu elementi budjet muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirilishini ta‘minlab xarajatlarning manzilli va maqsadli sarflanishi uchun sharoit yaratilishiga olib kelmoqda. Ushbu islohotlarning samarali natijalariga erishishda davlat budjeti xarajatlarining hissasi yuqori bo’lmoqda. Davlat budjeti ijrosining g’aznachilik tizimini joriy etilishi natijasida keyingi yillarda davlat budjeti profitsit bilan ijro etilmoqda. Bunda rejalashtirilgan budjet xarajatlarini manzilli va maqsadli sarflanishini ta‘minlanishi natijasida xarajatlarning maksimal iqtisod qilinishi ta‘minlanmoqda. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bos-


qichlarida yuzaga keladigan alohida iqtisodiy kategoriyalar – 
budjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet daromadlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluvchi kategoriyalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos vazifani bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy asosi bo‘lib xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umumjamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Davlat budjeti daromadlari davlatning ixtiyoriga tushuvchi va uning markazlashgan pul fondini shakllantiruvchi pul mablag‘laridir. Davlat budjeti daromadlari davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat budjet fondining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi.
Unga ko‘ra budjet daromadlari jamiyat milliy daromadining bir qismini, shuningdek, aholi shaxsiy daromadlarining bir qismini majburiy va ixtiyoriy to‘lovlar vo sitasida davlat tomonidan jalb qilish yo‘li bilan taqsimlash va qayta taqsimlash mahsulidir. Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim adabiyotlarda, ma’ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda «davlat budjeti daromadlarining asosiy 
manbayi soliqlardir», degan bizning nazarimizda birmuncha noto‘g‘ri bo‘lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, davlat budjeti daromadlarining asosiy manbayi mamlakat yalpi milliy mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga mablag‘larni jalb qilish quroli esa soliqlardir.
Budjetning daromadlari va xarajatlari budjet hisobining asosiy obyektlari bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulaming budjet ijrosi jarayonining ayrim bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega. Davlat budjeti daromadlari iqtisodiy mazmuni bo‘yicha:
1) yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar;
2) jismoniy shaxslardan tushgan mablag‘larga bo‘linadi.
Davlat budjeti daromadlari budjetga tushish tavsifi bo‘yicha:
1) soliqlar sifatidagi tushumlar;
2) nosoliq tushumlarga bo‘linadi.
Davlat budjeti daromadlari ulaming hisoblanish va kelib tushish davrlari bo‘yicha:
1) hisoblangan daromadlar;
2) kassa daromadlariga bo‘linadi.
Davlat budjetining hisoblangan daromadlari. Budjetning kassa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak bo’lgan daromadlar davlat budjetining hisoblangan daromadlari, deb ataladi. Davlat soliq va moliya organlarida hisoblangan daromadlarning faqat tezkor hisobi olib boriladi. Budjetning bankdagi schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat budjetining kassa daromadlari, deb ataladi. Kassa daromadlari budjetning daromad qismining bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham budjet daromadlarining tushumida faqat kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi. Budjet mablag‘lari hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to‘lanmagan xarajatlar davlat budjetining haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Budjetning haqiqiy xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar hisobi faqat bu xarajatlarning paydo bo‘lish joylaridagina, ya’ni budjet tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subycktlarda olib boriladi. Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi ma’lumotlami bank muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlami esa budjet tashkilotlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan oladi. Hisoblangan va kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar budjet ijrosi jarayonining turli bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari budjet ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd etadi. Davlat budjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat budjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida budjet tasnifi yotadi. Budjet tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va u budjet ma’Iumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’Iumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlash maqsadida davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash hisoblanadi. Budjet tasnifi hamma budjetlarni bir yagona davlat budjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar budjet tasnifi bo’linmalari hisoblanadi. Budjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda O ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi. Budjet tasnifi:
1) budjet daromadlari;
2) budjet xarajatlarining vazifa jihatidan;
3) budjet xarajatlarining tashkiliy;
4) budjet xarajatlarining iqtisodiy;
5) davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti daromadlarining tasnifi deganda qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi deganda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi deganda budjctdan ajratiladigan m ablaglar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi deganda to’lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi deganda Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Budjet taqchilligi deganda muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq bo‘lganligi tushuniladi.
Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bosqichlarida yuzaga keladigan alohida iqtisodiy kategoriyalar – budjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet daromadlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluvchi kategoriyalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos vazifani 
bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy asosi bo‘lib xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umumjamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Davlat budjeti daromadlari davlatning ixtiyoriga tushuvchi va uning markazlashgan pul fondini shakllantiruvchi pul mablag‘laridir. Davlat budjeti daromadlari davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat budjet fondining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. YAIMning taqsimlanishi va budjet fondining shakllanish jarayoniga ko‘ra budjet daromadlari jamiyat milliy daromadining bir qismini, shuningdek, aholi shaxsiy daromadlarining bir qismini majburiy va ixtiyoriy to‘lovlar vositasida davlat tomonidan jalb qilish yo‘li bilan taqsimlash va qayta taqsimlash mahsulidir.
Davlat budjeti daromadlarining asosiy manbayi mamlakat yalpi milliy 
mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan 
pul fondiga mablag‘larni jalb qilish quroli esa soliqlardir.
Budjet daromadlari to‘lovchilariga ko‘ra, soliqqa tortish obyektlariga ko‘ra, undirish usuliga ko‘ra, to‘lash muddatlariga ko‘ra bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, ularning hammasi davlat budjetining daromad qismini shakllantirishga xizmat qiladi. Budjetga to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi, budjetga tushgan pullar o‘z egasini yo‘qotadi, ya’ni budjetga to‘lov 
to‘lovchi shaxs aniq bir maqsadni ko‘zlab to‘lov to‘lamaydi, budjet daromadlarining shakllanishi pul mablag‘larining bir tomonlama harakati asosida sodir bo‘ladi. Davlatning umumiy xazinasiga tushgan pullar davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida ishlatiladi. Shu sababli davlat budjetining shakllanishi va ishlatilishida davlatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va alohida shaxslarning manfaatlari kesishadi. Demak, budjet daromadlarining asosiy moddiy manbayi milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirish uchun milliy boylikni jalb etishi mumkin. Milliy boylik deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo‘lgan, hozirgi va o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmuyi nazarda tutiladi. Budjet daromadlari haqida gapirar ekanmiz, «davlat daromadlari» degan tushuncha bilan «davlat budjeti daromadlari» 
tushunchalarini yaxshi farqlab olishimiz kerak. Davlat daromadlari davlat budjeti daromadlari bilan birgalikda, davlatga qarashli maqsadli fondlarning daromadlarini, davlat mulkida bo‘lgan korxona va tashkilotlarning daromadlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushuvchi daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat budjeti daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlardan tashkil topadi. Ma’lumki, 2007-yilda qabul qilingan (№ O‘RQ-136, 25.12.2007) va 2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi soliq munosabatlarining qonuniy-huquqiy asosini tashkil qiladi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Soliq kodeksi 1997-yilda qabul qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi tarkibidagi soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Shu bilan birga, soliq solishning soddalashtirilgan tartibida 
to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llaniladi:
– yagona soliq to‘lovi;
– yagona yer solig‘i;
– tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.
Soliqli daromadlar bir xil iqtisodiy mazmunga ega bo‘lsada, ya’ni davlat tomonidan o‘rnatiladigan, davlat budjeti daromadlarini tashkil qiladigan majburiy pullik to‘lovni bildirsa-da, bir qancha belgilariga (iqtisodiy mazmuniga, soliqqa tortish obyektiga, soliq to‘lovchilariga, budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga) ko‘ra guruhlanadi. Umuman olganda, soliqli daromadlar davlat budjeti daromadlarining qariyb 93-96 foizini tashkil qiladi. Davlat budjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maqsadli fondlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq, davlat budjetining soliqsiz daromadlariga: davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar kiritilgan.
Soliqsiz daromadlarning ko‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (budjet) daromadlari ko‘rinishiga ega bo‘lmaydi. Budjetning soliqsiz daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko‘p hollarda ular, odatda, o‘tgan yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari kabi O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy 
shakllarda bo‘lishi mumkin.
Soliqsiz daromadlar ro‘yxati hamma darajadagi budjetlar uchun yagona bo‘lib, budjet tasnifi bilan belgilanadi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan yoki xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan:
– davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligidagi mulkni foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
– davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlar;
– davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkni ijaraga berishdan,shu jumladan qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ijara to‘lovidan olingan daromadlar;
– vaqtinchalik bo‘sh turgan budjet mablag‘larini bank va kredit tashkilotlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
– xizmat ko‘rsatish va davlat xarajatlarini qoplashdan olingan daromadlar;
– davlat va mahalliy tashkilotlardan to‘lovlar;
– davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan yoki xo‘jalik faoliyatidan olinadigan boshqa tushumlar.
2. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkni 
sotishdan olingan daromadlar, shu jumladan:
– davlat mulki bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan olingan tushumlar;
– kvartiralarni sotishdan tushumlar;
– davlatning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini, 
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, IV-bo‘lim, 9-bob, 50-modda.
transport vositalari va boshqa uskuna-jihozlarni sotishdan olingan daromadlar;
– musodara qilinib, davlat va mahalliy hokimiyat egaligiga o‘tgan egasiz mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar.
3. Davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar.
4. Yer va nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan daromadlar.
5. Davlatga qarashli bo‘lmagan manbalardan kapital transfertlar tizimlari.
6. Jarima-jazolarni qo‘llash, yetkazilgan zararni qoplash, shu jumladan:
– standartlar va texnik shartlardan chetlashgan holda tayyorlangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun tushumlar summasi;
– narxlarni qo‘llash tartibini buzganlik uchun jazolar;
– jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor bo‘lgan shaxslardan undiriladigan summalar.
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, shu jumladan:
– davlat kreditlari bo‘yicha foizlar;
– davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar;
– markazlashtirilgan eksportdan tushumlar summasi;
– tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tushumlar.
8. Boshqa turli soliqsiz tushumlar. 
Budjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga ko‘ra (muayyan darajadagi budjetga kiritish), jalb qilish va shakllantirish usuliga ko‘ra (majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz tushumlarni undirishning konkret asoslariga ko‘ra (davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar) tasniflanadi.
Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘laridir. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat budjeti xarajatlari – davlatning markazlashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlardir.
Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo‘lib, bir qator omillarga bog‘liq:
– davlatning tabiati va funksiyalariga;
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;
– budjetning iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish soha-tarmoqlari bilan aloqalarining ko‘lamiga;
– davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
– budjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga va b.
Bu omillar ta’siri ostida har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichidagi budjet xarajatlari tarkibi va tuzilishi shakllanadi. Masalan, agar davlatning asosiy e’tibori iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa, unda budjet xarajatlari tarkibida yirik investitsiyalarni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish xarajatlari ustun bo‘ladi. Davlatning asosiy e’tibori jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy himoyalashga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ortib boradi.
Budjet mablag‘lariga egalik qiluvchilar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar, ya’ni budjet mablag‘larini oluvchilar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi.
Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo‘yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjetdan mablag‘ oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari, budjet dotatsiyalari, subvensiyalari va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo‘yicha budjet mablag‘larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qaytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi budjet yili uchun tasdiqlanadigan budjetda ko‘rsatiladi va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog‘liq bo‘ladi.
O‘z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi. Budjetning joriy xarajatlari – budjet xarajatlarining bir qismi bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog‘onadagi budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga mablag‘ ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko‘rsatish uchun 
ajratiladi. Budjetning kapital xarajatlari – budjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun budjet kreditlari tarzida beriladigan mablag‘lar, kapital ta’mirlash xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iborat.
Davlat budjeti xarajatlari o‘zining funksional tayinlanishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga birlashtirilgan
1. Ijtimoiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, omma viy axborot vositalari, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot muassasalari va tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash) va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari) xarajatlari;
2.Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
3.Iqtisodiyot xarajatlari;
4.Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
5.Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari;
6. Sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
7. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
8. Zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
9. Boshqa xarajatlar.
Sanab o‘tilgan har bir guruh xarajatlar, o‘z navbatida, mahkamaviy va maqsadli belgisiga ko‘ra guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko‘ra budjet mablag‘larini oluvchi vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki boshqa davlat boshqaruv organining xarajatlariga bo‘linadi. Bu belgiga ko‘ra xarajatlarni tahlil qilishda budjet xarajatlarining qaysi tarmoq va sohalarga yo‘naltirilayotgani haqida xulosa qilish mumkin bo‘ladi. Masalan, davlat budjetidan funksional tasnifga ko‘ra ta’lim sohasiga ajratilgan pul mablag‘lari.
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
– budjet tizimining yagonaligi;
– budjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
– budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi;
– budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;
– budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
– budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi;
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, V-bo‘lim, 139-bob, 69-modda.
– budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi;
– kassaning yagonaligi;
– budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;
– ochiqlik.
Barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Respublika sining milliy valutasi – so‘mda amalga oshiriladi. Budjet tizimiga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi olib boradi. O‘zbekiston Respublikasida budjet tizimini Moliya vazirligi boshqaradi. Moliya vazirligi yagona budjet siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi, davlat budjet resurslarini rejalashtirishni va moliya organlariga uslubiy rahbarlikni olib boradi. Barcha darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi – daromadlar va xarajatlarni tasnif obyektlariga ko‘ra guruhlovchi xos raqam (kod) lar berish bilan guruhlash ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi.
Demak, budjet tasnifi – O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek, uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishidan iborat.Budjet tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va budjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslash imkonini beradi.
Budjet tasnifi:
– Davlat budjeti daromadlari tasnifini;
– Davlat budjeti xarajatlari tasnifini;
– Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z ichiga oladi.
Davlat budjeti daromadlari tasnifi barcha darajadagi budjetlar daromadlari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat barcha budjet darajalari xarajatlari guruhlanishini o‘zida ifodalaydi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sektori birliklari asosiy funktsiyalarini bajarishga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishga budjet mablag‘larining yo‘naltirilishini aks ettiradi.
Xarajatlar tasnifi quyidagilardan iborat:
– mablag‘lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi;
– xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi;
– tashkiliy tasnif;
– xarajatlarning iqtisodiy tasnifi;
– hududiy tasnif.
Mablag‘lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning qaysi mablag‘lar manbasi va budjetlar darajasiga (respublika budjeti, mahalliy budjetlar darajasiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasi turiga) mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi barcha budjet darajalari xarajatlari guruhlanishini o‘zida ifodalaydi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari asosiy funktsiyalarini bajarishga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qi lishga budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning yo‘nalishini aks ettiradi.
Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi xarajatlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar turlari va budjetdan ajratiladigan mablag‘larning ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi tadbirlar bo‘yicha guruhlashdan, y’ni budjet tizimi budjetlarining mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi barcha darajadagi budjetlar xarajatlarini xo‘jalik belgilariga, ishlab chiqarish elementlariga ko‘ra farqlashni nazarda tutadi, davlat boshqaruvida amalga oshirilayotgan xarajatlarning iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib, budjet xarajatlari yo‘nalishlarini belgilab beradi. 
Hududiy tasnif budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat.
Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo’lgan byudjetning ko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy xususiyatlarga egadir. Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon bo’ladi. Byudjet xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi esa, o’z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funktsiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablag’larining namoyon bo’lish shakllari va h.k.
Davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
-ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
-milliy iqtisodiyotga xarajatlar;
-mudofaa xarajatlari;
-boshqaruv xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funktsiyasini o’zida aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo’lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo’l ochib beradi.
Milliy iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo’jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o’rin egallaydi. Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o’z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bog’liqdir. Qurolli kuchlarning barcha turlari byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xo’jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni dolzarb muammoga aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo’lgan daromadlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning o’zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo’jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim eish tizimi tushuniladi.
O’zbekiston Moliya vazirligi 2013 yilgi Davlat byudjetining ijrosi bo’yicha e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2013 yilda O’zbekiston byudjetining xarajatlar qismi 25 trillion 833,7 milliard so’mga teng bo’lgan.
2013 yili O’zbekistonda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari 15 trillion 167,8 milliard so’mni tashkil qilgan. Shundan 8,8 trillion so’m maorif sohasiga, 3,8 trillion so’m sog’liqni saqlashga, 287,4 milliard so’m madaniyat va sportga, 164,7 milliard so’m fanga, 106,4 milliard so’m ijtimoiy ta’minotga, 1,6 trillion so’m bolali oilalarni hisobga olgan holda ijtimoiy nafaqalarga, 374,7 milliard so’m esa qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurish dasturini birgalikda moliyalashtirish kredit liniyasi xarajatlari uchun sarflangan.
2013 yilda O’zbekiston davlat byudjeti hisobidan NNT, NST va fuqarolik jamiyatlari institutlarini rivojlantirish uchun mablag’ va grantlar 7 milliard so’mni tashkil qilgan bo’lsa, iqtisodiyot xarajatlari 2,75 trillion so’mga teng bo’ldi.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 1,439 trillion so’mni, davlat hokimiyati, boshqaruv organlari va sud organlari, fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlarining saqlash xarajatlari 1,15 trillion so’mni tashkil etdi. 5,3 trillion so’m davlat byudjetining boshqa xarajatlari uchun sarf etilgan.
2013 yilda O’zbekiston davlat byudjeti daromadlari 26,2 trillion so’mni tashkil etgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning 2013 yilgi davlat byudjeti 389,5 milliard so’m profitsit bilan bajarilgan.
Davlat budjeti 2016-2021-yillardagi xarajatlari tahlili
Davlat byudjeti yig’imlari 2016 yilda 41043,5 mlrd so’mni tashkil etgan. Va mos ravishda daromadning kata qismi soliqlardan tushgani ma’lum. Byudjet daromadining 24%i bevosita soliqlardan, 51%i bilvosita soliqlar (QQS, aksiz solig’i, bojxona boji, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gazni iste’mol qilganlik uchun soliq)dan, 13%i resurs to’lovlariva mulk solig’idan, 12,5%i boshqa daromadlardan tushgan.

2-jadval.Davlat bujeti daromatlari ko’rsatkichlari (2016)yil



2016-yil davlat byudjeti xarajatlari 40911,3 mlrd.so’mni tashkil etadi. Daromadning 59%i ijtimoiy sohaga, 0,02%i NNT, NST va fuqarolar jamiyatlari institutlarini rivojlantirish uchun, 10,5%i iqtisodiyot xarajatlari, 5%i markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlarini, 4,5%i davlat hokimiyati, boshqaruv organlari va sud organlarini va fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlashxarajatlini, 21%i boshqa xarajatlarni tashkil qiladi. Davlat byudjeti 2016-yil 132,2 mlrd.so’m profitsit bilan chiqqan.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling