O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Download 1.15 Mb.
bet5/6
Sana25.09.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1687821
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat budjeti tarkibining 2000-2020-yillardagi tahlili

4-jadval.davlat byudjeti daromadlari tahlili (2017)



O'z navbatida, Davlat byudjeti daromadlarining YaIMdagi ulushi 2016 yildagi 20,6 foizdan 19,9 foizgacha kamaydi, bu iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish borasida qabul qilingan tadbirlar samarasini ko'rsatmoqda.


5-diogramma. Soliq ulushi

Davlat byudjetining 2017 yildagi xarajatlari (davlat maqsadli jamg'armalarisiz) 49 343,7 mlrd. so'mni (aniqlangan reja ko'rsatkichlariga nisbatan 100,5 foizni tashkil etib, bu ko'rsatgich 2016 yilga nisbatan 20,6 punktga oshgan) yoki YaIMga nisbatan 19,8 foizni tashkil etdi.




6-jadval. Davlat byudjeti xarajatlari ko’rstkichlari

Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 27 223,3 mlrd. so'm yoki umumiy xarajatlarning 55,2 foizi miqdorida mablag' sarflandi. Bu xarajatlar YaIMga nisbatan 10,9 foizni tashkil etadi.
7-diogramma. Xarajatlar tahlili

  1. da O‘zbekiston davlat byudjyetining asosiy parametrlari

Daromadlar (davlat maqsadli fondlari ishtirokisiz) 62.229 mlrd. so‘mni tashkil etdgan. Bundan bevosita soliqlar — 12.805,4 , yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqlar — 2.510,9 , savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun YaSTdan ajratmalar — 1.907,6 , mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun YaSTdan ajratmalar — 2.110,5 jismoniy shaxslarning daromad soliqlari — 5.198 tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha belgilab qo‘yilgan soliq — 1.077,6 ,bilvosita soliqlar — 33.404,3 , qo‘shilgan qiymat solig‘i — 22.019,4 , aktsiz solig‘i — 8.343,8 , bojxona boji — 1.415,3benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste'moli uchun soliq — 1 323,2 , abonentlik raqamini ishlatganlik uchun to‘lov — 302,5 , resursga doir to‘lovlar va mulk solig‘i — 9.714,5, mol-mulk solig‘i — 2.158,9 , yer solig‘i — 1.266,6 , yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq — 6.203,1 , suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 85,9 , qo‘shimcha foydadan soliq — 1.367,7 boshqa daromadlar va soliqqa oid bo‘lmagan boshqa tushumlar — 4.937,6 davlat maqsadli fondlari (Moliya vazirligi qoshidagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi respublika yo‘l fondi, Moliya vazirligi qoshidagi byudjyetdan tashqari ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi, Bandlikka ko‘maklashish davlat fondi, davlat mulklarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar fondi) — 31.451,9 , O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi daromadlari — 5.463,5 mlrd. so’mni tashkil etadi.
8-jadval. Davlat byudjeti daromadlari tahlili

Xarajatlar (davlat maqsadli fondlari ishtirokisiz) — 62 170 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bundan ijtimoiy xarajatlar — 35.034, ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar — 34.664, turar joy binolarini qurish dasturini birgalikda moliyalashtirish uchun ishtirokchi banklariga kredit liniyasi — 370, nodavlat-notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlar — 15, iqtisodiyotga xarajatlar — 6.957,8 markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar (Moliyalashtirilishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi orqali amalga oshiriladigan davlat rivojlantirish dasturiga qo‘shilgan loyihalar) — 3.047,6 , davlat hokimiyati organlari, boshqaruv, adliya va prokuraturani ta'minlash — 2.189,8 sud organlarini ta'minlash — 219,7 fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqaruv organlarini ta'minlash — 640,5 , Vazirlar Mahkamasining zaxira fondi, Qoraqalpog‘iston respublika byudjyeti, viloyatlar byudjyetlari va Toshkent shahri byudjyeti, tuman va shaharlar byudjyetlari zaxira fondlari — 520,2 , boshqa xarajatlar — 13.545,4 davlat maqsadli fondlari xarajatlari — 31.451,9 , O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi xarajatlari — 8.979 mlrd. so’mni tashkil etgan. Bundan ma’lumki, davlat byudjyeti profitsiti — 59,5 mlrd. so’mni hosil qilgan. Demak 2018-yilda ham davlat byudjeti daromadlari xarajatlardan ortiq bo’lgan ya’ni profitsit bilan ijro etilgan.

2019-yil uchun davlat byudjeti asosiy ko’rsatkichlari


2019-yil davlat byudjeti daromadi 102 627,6 mlrd. so’mni tashkil etgan. Qo’shilgan qiymat solig’idan 40 786,3 , aksiz solig’idan 12 681,3 , jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’idan 11 367,4 , yer qa’ridan foydalanganlik solig’idan 10 679,7 , yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’idan 7 526,9 , bojxona bojidan 2 018,8 , mol-mulk solig’idan 1 851,1 , yer solig’idan 1 834,3 , yagona soliq to’lovidan 1 192,1 , suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan 268,5 , boshqa soliqlar va soliqsiz tushumlardan 11 835,4 mlrd. so’m davlat byudjetiga kelib tushgan.
9-rasm. Davlat budjeti daromadlari tahlili(2019)

Shu yilgi davlat byudjeti xarajatlari 107 118,4 mlrd. so’mni tashkil etgan. Bundan 3,7%i markazlashtirilgan investitsiyalar, 3,5%i markaziy hukumat organlari hamda sud va prokuratura organlarini saqlash, 0,3%i sud organlarini saqlash, 0,84%i vazirlar mahkamasining zaxira jamg’armasi, 0,69%i fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqaruv organlarini ta'minlash, 2,45i davlat qarziga xizmat ko’rsatish va uni uzish, 3,3% iqtisodiyot xarajatlari uchun sarf etilgan. Shu yili O’zbekiston davlat byudjeti 4 490,8 mlrd. so’m defitsit bilan ijro etilgan.
10-rasm. Davlat byudjeti xarajqatlari (2019)

2020-yil davlat byudjeti daromadi 132 938 mlrd. so’mni tashkil etgan va bu basis yilgan nisbatan 18,5 %ga ko’pligini ko’rsatadi. Daromadning 34%ibevosita soliqlardan, 35%i bilvosita soliqlardan, 16%iresyrs soliqlari va mol-mulk solilaridan, 15%i boshqa daromadlar soliqsiz tushumlardan hosl bo’lgan. \


11-jadval. Davlat budjeti daromadlari tahlili(2020)



2020-yil davlat byudjeti xarajatlari 144 142,7 mlrd. so’mni tashkil etgan va bu utgan yilga nisbatan 22,1 %ga oshganligini bildiradi. Bundan 51,5%i ijtimoiy xarajatlar, 11,5%i iqtisodiyot xarajatlari, 13%i investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish, 5,5%i davlat boshqaruvi, adliya, prokuratura va sud organlarini saqlash, 0,56%i o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlash, 1,3%i davlat qarzlariga xizmat ko’rsatish va qoplash, 16,6%i boshqa xarajatlar uchun ishlatilgan. Va shu yili davlat byudjeti 11 204,7 mlrd. so’m defitsitga kirgan.
12-jadval. Davlat byudjeti xarajqatlari (2020)




XULOSA

Davlat byudjeti daromadlarining asosini soliq tushumlari va xarajatlarning katta qismi ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. O’zbekiston aksar yillarda profitsit bilan chiqqan va Covid-19 kabi global pandemiya davrida ba’zi bir rejadan tashqari kutilmagan hollarda davlat byudjeti xarajatlari defitsit bo’lgan va bu tashqi qarzlarning ko’payishiga olib kelgan. Bu barcha davlatlar uchun tabiiy hol hisoblanadi. O’zbekiston Respulikasi davlat budjeti xarajatlarining keyingi yillardagi tarkibiy tahlillari xarajatlar nominal mazmunda ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Lekin, uning yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog’ining kamayib borish tendensiyasi ham ma’lum bo’lmoqda. Shu bilan bir qatorda davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarining izchil ravishda ortib borayotganligi davlatimiz tomonidan kuchli ijtimoiy siyosatning moliyaviy asoslarini shakllantirilayotganligining yorqin dalili hisoblanadi. Avvalambor budjet daromadlarini to’g’ri shakllantirish uchun daromad yig’imlari tartibli va izchil yo’lga qo’yilgan bo’lishi lozim. Budjetdan to’laqonli va samarali foydalana olish uchun esa sohalar chuqur analiz qilingan holda aniqroq ko’rsatkichlar bilan budjet daromadlari sarf qilinishi lozim. Ma’lumki qaysi davlatda qanday sohaga katta e’tibor qaratilsa, o’sha sohaga budjetdan mablag’idan katta qiymatda ajratiladi. Tahlillardan shu aniq bo’ldiki, davlatimizda budjet mablag’larining 50%idan ko’pi ijtimoiy sohaga ajratiladi.


Ba’zi bir istisno holatlarni inobatga olmaganda har yili O’zbekiston davlati budjetida salmog’i bazis yildagiga nisbatan 15-20% o’sish sur’atlari qayd etilgan. Bunga inflyatsiya va milliy valyuta qadrsizlanishi maxsuli deb ham qarasak bo’ladi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling