O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo’limi iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo‘nalishi global iqtisodiyot ­­­­­­­­­­­­­­­­­fanidan


-jadval Dunyoning eng yirik 100 ta MKsining dunyo bo’ylab joylashuvi


Download 161.13 Kb.
bet11/24
Sana21.09.2023
Hajmi161.13 Kb.
#1683502
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Kurs ishi mavzu global iqtisodiyotga o`tish sharoitida xalqaro-fayllar.org (2)

2-jadval
Dunyoning eng yirik 100 ta MKsining dunyo bo’ylab joylashuvi:

Davlatlar


100 ta yirik xalqaro korporastiyalardan


AQSh

26 ta

Franstiya


14 ta

Germaniya

12ta

Buyuk Britaniya

9 ta

Yaponiya

5 ta

Shveystariya

5 ta

Kanada

4 ta

Nedirlandiya

2 ta

Ispaniya

2 ta

Finlandiya

2 ta

Shvestiya

1 ta

Italiya

1 ta

Belgiya

1 ta

Irlandiya

1 ta

Gongkong

1 ta

Manba: E. Maxmudov. Mirovaya ekonomika- JIDU - T, 2006 god
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, etakchi pozistiyalarni AQSh, Yaponiya va Evropa Ittifoqi mamlakatlari egallamoqda, bular boshqalardan ancha ilgarilab ketishgan. 2005 yilda bu erda 100 yirik xalqaro korporastiyalardan 85 tasining shtab-kvartirasi joylashgan. Shuni ham aytish kerakki, barcha filiallarning ¾ tasi AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Franstiya va Germaniyaga to’g’ri kelmoqda.

Dunyo taraqqiyotining hozirgi sharoitida hech bir mamlakat, hatto eng qudratli hisoblangani ham yakka hokim bo’lishga qodir emas. Har yili maxsus ekspertlar tomonidan dunyo mamlakatlarining «globallashuv indeks»lari tuzib chiqiladi. Jumladan, 2004 yilda A.T.Kearney va Foreign Policy jurnali tomonidan dunyoning 64 mamlakati bo’yicha «Globallashuv indeksi» e’lon qilindi. Bu mamlakatlar hissasiga jahon aholisining 84%, jahon YaIMning 96% to’g’ri keladi24.


3-jadval
Turli ko’rsatkichlar bo’yicha globallashuv darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar (2004y)



Iqtisodiy integrastiya


Shaxsiy aloqalar


Texnologiyalar


Jahon iqtisodiyotiga tortilganlik


Integrastiya-lashgan ko’rsatkichlar

Irlandiya


Shvestiya


AQSh

Avstraliya

Irlandiya


Singapur


Irlandiya


Yangi Zelandiya


Franstiya


Singapur


Gollandiya


Singapur


Singapur


Yangi Zelandiya


Shveystariya


Panama

Chexiya

Chexiya

Portugaliya

Gollandiya


Slovakiya


Kanada

Kanada

Germaniya


Finlandiya


Chexiya

Avstraliya

Daniya

Italiya

Kanada

Finlandiya

Isroil

Shveystariya

Buyuk Britaniya


AQSh

Malayziya

Daniya

Gollandiya

Shvestiya


Yangi Zelandiya


Shveystariya


Xorvatiya


Shveystariya


Argentina


Avstraliya


Shvestiya


Yangi Zelandiya


Singapur


Daniya

Daniya

Manba: M. Mirsaidov-“Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar”, 15-17 betlar, Toshkent 2006


Globallashuv reytingini tuzishda 4 ta asosiy parametr hisoblangan25:
1. Iqtisodiy integrastiya - xalqaro savdo investitsiyalar va to’lovlar hajmi bo’yicha;
2. Shaxsiy aloqalar - xalqaro turizm va safarlar, xalqaro telefon so’zlashuvlari, pochta jo’natmalari va pul o’tkazmalari qajmi bo’yicha;
3.Xalqaro aloqalarni ta’minlovchi texnologiyalar – internetdagi foydalanuvchilar, internet–serverlar soni bo’yicha;
4. Mamlakatni xalaro siyosatga tortilganligi – davlatni xalqaro tashkilotlarga a’zoligi, chet el elchixonalari va vakolatxonalar soni bo’yicha.
Tadqiqotlar o’tkazilgan 64 davlat ichida «Globallashuv indeksi» bo’yicha so’nggi 10 ta o’rinni Eron, Hindiston, Misr, Indoneziya, Venesuela, Xitoy, Bangladesh, Turkiya, Keniya va Braziliya kabi mamlakatlar egalladi. O’zbekiston Respublikasi ham globallashuvning turli parametrlari bo’yicha tobora yuqori o’rinlarni egallashga harakat qilmoqda.
Bir kunda valyuta ayirboshlash bozoridan 1,2 trillion AQSh dollari o’tadi. Xalqaro banklararo tizimi va hisob-kitoblar tizimi orqali amalga oshirilayotgan to’lovlar hajmi bir kunda 6 trillion dollarni tashkil etadi. AQShdagi SNIRS (Clearing House Inter-Bank Payments System)ga o’xshash yirik kliring uylari kuniga o’rta hisobda 250 000 ta pul o’tkazuvlarini amalga oshiradiki, bu pulga o’girganda yiliga taxminan 315 milliard dollarni tashkil qiladi. AQSh, Germaniya va Yaponiya to’lov tizimlaridagi bir necha kunlik muomala hajmi ushbu mamlakatlarning yillik YaIM miqdoriga teng26.
Tadqiqotchilar (R.O Brayen)ning fikricha, bu tendenstiyalar «geografiya yo’qolgani»ni ko’rsatadi. Texnologiya hukmi ostida hudud o’z ahamiyatini yo’qotadi. Davlatdan tashqari, muayyan hukumat nazoratidan xoli bo’lgan ko’p millatli moliya tizimi vujudga keladi. Buning natijasida hokimiyat markaziy banklardan mamlakatlarning moliya resurslarini birgalikda nazorat qiluvchi shaxslar qo’liga o’tadi27. Turli korparastiyalar o’rtasidagi raqobatning tobora o’sishi hozirgi zamon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati bo’lib, ayni bir vaqta ular o’rtasidagi ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi aloqalar yanada kuchaydi. Shubhasizki, xalqaro korparastiyalar birinchi navbatda ularni barpo etishga o’z mablag’larini sarflagan yuridik shaxslarga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ularning faoliyati tayanch mamlakatlar va qabul qilayotgan mamlakatlarning umummilliy manfaatlariga hamisha mos kelavermaydi.
2.2. Kapital va ishchi kuchining xalqaro harakati

Kapitalning xalqaro harakati – kapitalni chet elda foyda olish maqsadida joylashtirish va ishlatishdir.


Bunda “kapital” termini zaminida faqat ishlab chiqarish omili sifatida kapitalning o’zi emas, qisman mehnat, er, tadbirkorlik qobiliyati ham tushiniladi, chunki chet elda kapital sarflanganda ularni bir-biridan ajratish ancha qiyin.
Keling avval qisqacha kapitalning ishchi kuchi kurinishdagi oqimiga to’xtalib o’taylik. Ishchi kuchi bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga o’tar ekan, u tovar sifatida o’zini bozorga soladi, xalqaro ishchi kuchi migrastiyasida ishtirok etadi.
Hozirgi zamon xalqaro mehnat bozorida ishchi kuchi milliy hududlardan oshib o’tib, turli oqimlarga bo’linib ketishini nazarda tutadi. Shu tariqa xalqaro mehnat bozori milliy, mintaqaviy ishchi kuchi bozorini birlashtiradi va ishchi kuchi migrastiyasi shaklida namoyon bo’ladi. Mehnat resurslarining xalqaro migrastiyalariga olib keladigan eng muhim ro’kachlar va sabablar orasida iqtisodiy va noiqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan turli omillari mavjud. Iqtisodiy ahamiyatga ega sabablar deb quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
      1. Biror bir mamlakatda iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoat taraqqiyoti darajasidagi tafavvutlar (amaldagi tajriba shuni ko’rsatadiki, ishchi kuchi asosan turmush darajasi past mamlakatlardan darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarga migrastiya qiladi;


      2. Ish haqi miqdoridagi millatlaro farq;


      3. Ayrim mamlakatlarda avvalo, kam rivojlangan mamalakatlarda mavjud bo’lgan surunkasiga ishsizlik;


      4. Kapitalning xalqaro harakati hamda xalqaro korparastiyalar faoliyati (ma’lumki, korparastiyalar yo ishchi kuchini kapitalga yaqinlashtiradi yoki o’z kapitalini mehnat resurslari ko’p bo’lgan mintaqalarga olib boradi), ishchi kuchining kapital bilan birlashib ketishiga ko’maklashadi.


Mutaxassislar ishchi kuchining noiqtisodiy migrastiya sabablari qatoriga siyosiy, milliy, diniy, irqiy,oilaviy va boshqa jihatlarni birga qo’shib izohlaydilar.


Chet elga kapital olib chiqish shunday bir jarayonki, uning davomida bir mamlakatning milliy muomilasida bo’lgan kapitalning bir qismi chiqarib olinadi, turli shakllarda (mahsulot, pul) ikkinchi bir mamlakatninng ishlab chiqarish jarayoniga, muomalasiga kiritiladi. Kapitalining xalqaro harakati mamlakatlar o’rtasidagi kapitallar migrastiyasidan iborat bo’lib, o’z egasiga daromad keltiradi. Kapitalizm rivojining dastlabki bosqichlarida kapitalni chetga chiqarish tovarlarini chiqarishga nisbatan kamroq edi. Kapitalning chetga chiqarilishining asosiy sababi – uning “ortiqchaligi”. Ortiqcha kapital deyilganda kapitalning shunday ko’pligi tushiniladiki, uning uchun foyda me’yorining pasayishi uning miqdori bilan tenglashmaydi. Yoki bunday kapitallar miqdori mustaqil ish ko’rishga qodir emas.
Shu munosabat bilan kapitalni chetga chiqarishni rag’batlantiruvchi kapital mo’l-ko’lligining ikki jihati ta’kidlab o’tiladi:
  1. Foyda me’yorini pasayishi tamoyili qonunining amal qilishi.


  2. Xo’jalikning eng muhim sohalarida eng yirik monopoliyalar hukumronligining qaror topishi natijasida ichki kapitalning tarmoqlararo oqib yurishining qiyinlashishi.


Hozirda biror tarmoqqa qo’shimcha kapital sarflash ortiqcha ishlab chiqarishni keltirib chiqaradigan chegaralar ancha orqa surildi. Chunki ularning ko’pchilik qismi endilikda asosiy kapitalni (ishlab chiqarishni) kengaytirishga emas, balki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yangilash bilan bog’liq zamonaviylashtirishga sarflana boshlandi.


Kapitalning xalqaro harakatida uning ortiqcha to’planib qolishi bilan birga ko’proq ishlab chiqarishni umumiylashtirish jarayoni yashiringan bo’lib, u milliy chegaralardan chiqib ketdi. Kapitalni chetga chiqarishga esa endi foydaning milliy me’yolarini o’zgarishi ham, foyda me’yorlari o’rtasidagi farq ham ta’sir etmay qo’ydi. Undan tashqari, kompaniyalar o’z shu’ba korxonalriga kapital olib chiqishdan milliy miqyoslarda barqaror bo’lib turgan yoki hatto ancha ortib borayotgan ishlab chiqarish hajmini tartibga solib turish yo’li sifatida ham foydalana boshlashdi.
Kapitalni rivojlanayotgan mamlakatlardan eksport qilish 60-70 yillarga kelib kapitalni chetga chiqarishdagi yangi hodisalardan biri bo’ldi. Bunda mamlakatlarning ikki guruhini ko’rsatish mumkin28:
  1. Milliy bozorlar mahalliy tadbirkorlar uchun “torlik qilib qolgan” mamlakatlar;


  2. Iqtisodiyoti neftni eksport qilishdan olinadigan juda katta mablag’larni o’zlashtirishga qodir bo’lmagan mamlakatlar (OPEK).


Bevosita xususiy investistiyalar rivojidagi o’zgarishlar ko’proq quyidagilarga o’tishda namoyon bo’lmoqda:


  1. O’z mustaqil chet el kompaniyalarini tashkil qilishdan kapitalni import qiladigan mamlakatlarda qo’shma korxonalarni barpo etishga;


  2. Chet el firmalari akstiyalarini shunchaki sotib olishdan chet elda o’zlarining yangi shu’ba korxonalarini ta’sis etishga;


  3. Chet el firmalari akstiyalariga egalik qilishdan ular bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzishga;


  4. Xalqaro korparastiyalarning chet davlatlar xo’jalik strukturalariga kirib borishning shakli sifatida bosh firma akstiyalarini uning chet el filiallari akstionerlari o’rtasida tarqatish singari shakli ham tobora ko’p ahamiyat kasb etmoqda.


Bugungi kunda globalizastiya jarayoni shu qadar tus olmoqdaki, jahon guyo bitta davlatga aylanmoqda. Chegaralar yo’q bo’lmoqda, tariflar olob tashlanmoqda, investistiya juda tez su’ratlarda o’smoqda. Hozirda rivojlangan davlatlar uchun asosiy e’tibor, bu rivojlanayotgan davlatlarga investistiya keritishdir.


Rivojlangan davlatlarning rivojlanayotgan davlatlarga tashlayotgan bunday investistiyalari ikki davlat uchun ham foydalidir. Rivojlangan davlat uchun yangi bozor, arzon ishchi kuchi, xom-ashyo manbai kabi foydli tomonlari bor. Rivojlanayotgan davlat uchun ishsizlik darajasi kamayadi, mahsulotni chetga sotish uchun imkon yaraladi va shunga o’xshash foydali tomonlari bor.

Download 161.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling