O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo fan yo’nalishi
Difurfurilidenatseton olish usullari
Download 0.81 Mb.
|
bitiruv ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- V bob. Xulosalar..................................................................................... Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari...............................
4.2. Difurfurilidenatseton olish usullari........................................................................
4.3.Formalin-atseton birikmalari................................................................................... 4.4. Formalin-atseton birikmalarini polimerlari............................................................ V bob. Xulosalar..................................................................................... Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari............................... KIRISH Mamalakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ta’limning zamonaviy texnоlogiyalarining amaliyotga joriy etishni taqazo etmoqda. Ayniqsa, egallangan nazariy bilimlarning amaliy yo’nalishlarini ko’paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xozirgi vaqtda o’qitish jarayonidagi dolzarb, masalalardan biri ta’lim oluvchilarda fikrlash qobilyatini rivojlantirish, egallagan bilimlaridan amaliyotda ijodiy foydalana bilish xamda yangi bilimlarni mustaqil ravishda o’rgana olish shuningdek ta’lim samaradorligini oshirishda axborot komunikatsion texnologiyalardan o’rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shu jumladan mamalakatimizda ta’lim-tizimida olib borilayotgan islohotlar o’quv jarayoniga nisbatan o’zgacha mazmun, o’zgacha talab va o’zgacha pedagogik munosabatlarni kashf etadi. Bu jarayon mazmun jihatidan avvalgidan tubdan farqlanadi. O’qituvchi yoshlarga zamon talablariga javob beruvchi bilimlarni berishi uchun avvalo, o’zi ana shunday bilimlar bilan qurollangan bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim tizimida ro’y berayotgan o’zgarishlar umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi boshqa o’quv fanlari qatori kimyo predmetining o’qitilishining xam tubdan yangilashni talab etmoqda. Uzluksiz ta’limning faoliyat ko’rsatish tamoyillaridan biri, ta’limning ustuvorligi-uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzidir. “Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy –axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali xar tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy xuquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobilyatni namayon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo’yicha mehnat qilish xuquqi ro’yobga chiqariladi”. Bugungi kunda olib borilayotgan ijodiy intelektual salohiyatni rivojlantirishga oid barcha ishlarning sifat samaradorligi talab darajasida emas. Jamiyat va davlat oldidagi talablardan kelib chiqib ,o’quvchilarning ta’lim muassasalaridagi taxsili davomida , intellektual ijodiy salohiyatni rivojlantirish ishlarini muvaffaqiyatli olib borish zarur. Bu esa tarbiya jarayoniga psixologik- pedagogik texnologiyalarni qo’llashni , zamon talabi darajasida mutlaqo yangi tarbiya tizimini yaratishni talab qiladi. Xar bir o’quvchiga, uning shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib, uning intelektual ijodiy salohiyatni rivojlantirish maqsadida ta’lim- tarbiya jarayoniga biror psixologik yoki pedagogik uslubni qo’llash murakkab jarayondir.Lekin bu davr talabidir. Biz farzandlarimizni nafaqat jisminiy va sog’lom o’sishi bilan ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lgan uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib , XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz. Shu kunlarda xukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadga erishish yo’lida jami davlat va nodavlat manbalarni xisobga olgan xolda mavjud barcha resurs va imkoniyatlarimizni safarbar etishni ko’zada tutadi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to’g’risidagi qarorida mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalsh yoshlarning o’z ijodiy va intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish bo’yicha qo’yilgan vazifalarda ”…. ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar litseylari, kollejlari va Oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash samarali tizimini yanada rivojlantirish” ko’zda tutilganligi dolzarb vazifalarimizdan biridir. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov davlat kelajagi xar tomonlama rivojlangan barkamol inson salohiyatiga bog’liq ekanligini ta’kidlab shunday degan: “Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug’ulmasin , gap oxir oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubog’alasiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz , mamlakatimizning kelajagi, o’rnimizga kim kelishiga , yoki boshqacha aytganda ,qanday kadrlar tayyorlashimizga bog’liq”. Mazkur masala “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da xam takidlanib ,uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalarning biri sifatida belgilangan. Bu muammoni xal qilish uchun , barcha imkonoyat va sharoitlar yaratib beriladi, yangilangan tayanch rejalari , dasturlari, darsliklarning yangi avlodi yuzaga kelib , amaliyotga keng joriy etildi va etilmoqda. Bu jarayonda biz pedagoglar zimmasiga ijodiy izlanish, o’qitishning yangi ussullari asoslarida ishlashni , dars jarayonida innavatsion texnologiyalardan foydalanish kabi talablarni qo’ymoqda. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O’sib kelayotgan yosh avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi,kasb-kori, maxorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi”. Mustaqil O’zbekistonning ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar negizida to’laligicha zamonaviy va raqobat bardosh kadrlar tayyorlash maqsadi yotadi. Zero, yurtimiz jaxon ta’lim talablariga tenglashayotgan bir sharoitda zamonaviy teran fikrlaydigan, intelektual va madaniy-estetik qadriyatlarga jahoniy o’lchovlar bilan yondasha oladigan barkamol avlodni tarbiyalash bosh maqsadga aylandi. Bu maqsadga erishish uchun yangibinolarni qurish , ularning zamonaviy didaktik vositalar bilan boyitish , davr talabiga mos keladigan darsliklar bilan ta’minlashdan tashqari ,o’qitish jarayonining samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning muhim ahamiyatga egaligini esdan chiqarmaslik zarur. Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan barkamol avlodni tarbiyalsh masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Yoshlarimizning barkamol, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo’lib voyaga yetishi yo’lida doimiy e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatib kelinmoqda. Shu maqsadda mamlakatimizda ta’lim sohasini bosqichma- bosqich, aniq maqsadga yo’naltirilgan xolda islox qilish bo’yicha uzoqni ko’zlagan dasturlar izchil amalga oshirilmoqda . Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi barkamol avlodni voyaga yetkazish, yetuk mutaxassislar tayyorlash, yoshlarning puxta bilim olishi , iqtidorini to’la namoyon etishi, qobilyatini yuzaga chiqarishi, jamiyatda o’z o’rnini topishida muhim omil bo’layotir. Zero, davlatimiz rahbari yoshlarning ta’lim-tarbiyasi va professional tayorgarlik darajasi bizning kelajagimizni, demokratik va iqtisodiy taraqqiyotimizning taqdirini xal etishini doimo ta’kidlab keladi. Sh ma’noda ,yoshlarga mamlakatizni islox etish va yangilash bo’yicha belgilab olgan yuksak maqsadlarimizga erishish yo’lida xal qiluvchi kuch, tayanch va suyanch sifatida qaralmoqda. O’qitish jarayonining samaradorligini oshirishda , asosiy o’rinni ta’limga interfaol usullarni, innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish va ulardan mohirona foydalanish muhim o’rinda turadi. Zero, an’anaviy ta’limda o’quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsalar, rivojlantiruvchi ta’lim mezonlariga muvofiq bilimlarni o’quvchilarning o’zlari mustaqil qidirib topishi, o’rganishi, taxlil qila olishi, xulosalarni xam o’zlari keltirib chiqarishga yo’naltirilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, o’qituvchidan bugungi kunda innovatsion texnologiyalarni mukammal o’zlashtirish, ulardan dars jarayonida samarali foydalanishni taqazo qiladi. O’quvchilar bunday faoliyatga alohida tayyorgarlik ko’rishlari lozim, bu o’z navbatida , ta’lim muassasasi raxbarlari va o’quv-uslubiy birlashmalari xodimlarining istiqbol rejalarini tuzishda asosiy e’tiborni o’qituvchilarning u yoki bu asosda ijodiy faoliyat yuritishlari uchun zamin yaratish xamda tushuntirish ishlarni olib borishga qaratishlarini talab etadi. Bu o’qituvchilarning kasbiy qiziqishlari ko’lamini kengaytirishga , metodik adabiyotlarni o’qib o’rganishdan to nazariy pedagogik salohiyatlarini oshirishda katta imkoniyatlar yaratadi. Puxta tashkillashtirishning ilmiy-pedagogik tayyorgarlik ta’lim samaradorligini ta’minlaydigan asosiy omillardan biri sanaladi. Ushbu jarayonda faol ishtirok etuvchi o’quvchilar muntazam ravishda o’zlarining pedagogik mahoratlarini ortirib boradilar xamda ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlashda , kelajak uchun ma’sul barkamol avlodni kamolga yetkazishda boshqalarga o’rnak bo’lib xizmat qiladilar. Demak, har bir ta’lim muassasalarida yetakchi pedagoglarning innovatsion faoliyatlari va tajribalarini targ’ib qilish , ularni ta’lim sohasiga tadbiq etish va ulardan samarali foydalanish orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashda zamin yaratish va yaxshi natijalarga erishish mumkin. Innavatsion faoliyatni tashkil etishga yo’naltirilgan, yangilangan boshqaruv strukturasini shakllantirish hisoblanadi. Innovatsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati bilan ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni kiritishda barqarorlok vujudga keladi. Bunda, eng muhimi, pedagogik jamoaning innovatsion faoliyatga tayyorgarligi vsa extiyojlarini inobatga olib yangiliklarni tanlash hisoblanadi. I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ” asarida shunday fikrni keltiradi. “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon xam jamiyatidagi obro’-e’tibori, avvalombor farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib qanday inson bo’lib, xayotga kirib borishiga bog’liqdir. . . O’zbekiston Respublikasi Pezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda 2012-yil 16-17 fevral kunlari xalqaro xamjamiyatni O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarali, yuksak bilimli xamda intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli va bu borada to’plangan tajriba bilan keng tanishtirish maqsadida “Yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash---mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Pezidenti Islom Karimovning O’zbekistonda ta’lim sohasini islox qilish , yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash bo’yicha amalga oshirilayotgan dasturning asosiy maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyati qisqacha bayon etilgan nutqi xalqaro konferensiya ishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan 18-yil oldin(1997 yilda)qabul qilingan Kadrlar tayyorlash miliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini islox qilish dasturi mamlakatda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning O’zbekiston tanlagan “o’zbek modeli”ning ajralmas tarkibiy qismi ekani alohida takidlandi[6]. Biz ta’lim tizimida o’quvchilarning nafaqat keng bilim va professional ko’nikmalarni egallashi, ayni paytda chet mamlakatkardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, bugungi dunyoda ro’y berayotgan barcha voqea-hodisalar, yangilik va o’zgarishlardan atroflicha xabardor bo’lish , jaxondagi ulkan intellktual boylikni egallashning eng muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni xam chuqur o’rganishlari uchun katta ahamiyat bermoqdamiz. O’tgan yillar mobaynida ta’lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo’yicha miqyosi va ko’lamiga ko’ra ulkan ishlar amalga oshiriladi.Qariyib 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. O’quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo’yicha ulkan chora –tadbirlar amalga oshirildi. Barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, huquqiy demokratik davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so`zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan, jahon miqyosida obro`-e`tibor qozongan jamiyat barpo etish borasidagi uzoq va murakkab yo`lning faqat bir qismi ekani, ayni vaqtda erishilgan yutuqlarga mahliyo bo`lib, xotirjamlik kayfiyatiga berilish, real voqelikdan uzilib qolish mamlakatimiz taraqqiyotining samaradorligi va istiqboliga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkinligiga alohida e`tibor qaratildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o`z ma`ruzasida “ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo`lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko`tarishimiz darkor”ligini ta`kidlab, yaqin kelajakda amalga oshirilishi lozim bo`lgan eng muhim ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling