O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


-MAVZU: MEHNAT BOZORI STATISTIKASI


Download 497.27 Kb.
bet22/33
Sana24.12.2022
Hajmi497.27 Kb.
#1054328
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
Stat amaliy mash 2022 lot

14-MAVZU: MEHNAT BOZORI STATISTIKASI


Mavzuni o’rganganlik darajasini bilish uchun savollar.
1. Iqtisodiy faol aholi tushunchasi. Uning soni va tarkibi.
2. Mehnat resurslari statistikasi. Mehnat resurslari sonini hisoblash usullari.
3. Iqtisodiyotda band bo’lganlarning faoliyat sohasi, mulk formasi, xo’jalik yuritish formasi va mamlakat hududlari bo’yicha taqsimlanishini statistik o’rganish.
4. Korxona va tashkilotlarning xodimlarini asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyatlari bo’yicha taqsimlanishi.
1. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lgan xodimlar soni.
2. Ishchi kuchi harakati statistikasi.
3. Ish vaqti fondlarining tarkibi.
4. Ish joylaridan foydalanish ko’rsatkichlari statistikasi.


Mehnat bozori statistikasi ko’rsatkichlarini hisoblash
bo’yicha uslubiy ko’rsatma:
Masala. Avgustning 1-dekadasida korxona xodimlari haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan (kishi hisobida).

Oy kunlari

Ro’yxatda bo’lganlar soni

Ishga kelganlar soni

Kun mobaynida bo’sh turganlar

1

320

295

2

2

322

304

-

3

321

311

-

4

323

312

-

5

325

320

9

6

dam olish kuni

7

323

302

-

8

328

314

5

9

323

320

4

10

320

312

-

Bu ko’rsatkichlarni hisoblashni quyidagi misolda ko’rib chiqamiz:


Ro’yxatdagi xodimlar soni fursatli ko’rsatkichlardir, chunki har kuni ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish sababli, ularning soni o’zgarib turadi. Turli xil iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash maqsadida o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni, o’rtacha ishga kelganlar soni, o’rtacha haqiqiy ishlaganlar soni hisoblanadi:


O’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni =



Ishga kelganlar + ishga kelmaganlar soni
kalendar’ kunlar

O’rtacha ro’yxatdagi xodimlar sonini hisoblashda kalendar kunlaridagi ro’yxatdagi xodimlar sonining yig’indisi (ishlamagan kunlardagi xodimlar soni bir kun oldingi kundagi ro’yxatdagi xodimlar soni hisoblanadi) kalendar kunlar yig’indisiga bo’linadi.


O’rtacha ishga kelganlar sonini hisoblashda, haqiqiy ishlagan kunlar yig’indisi ish kunlariga bo’linadi.
Ishga kelgan va haqiqiy ishlaganlar orasidagi farq, odatda, korxonaning aybi bilan ya’ni: xomashyo bilan, elektr energiya bilan, xullas ish bilan ta’minlamaslik sababli bo’lib, u kun davomida yoki ayrim ish soatlarida bo’lishi mumkin.

O’rtacha xodimlar soni kishi








kishi
Demak, turli sabablarga ko’ra, har kuni o’rtacha 13 kishi ishga kelmagan, kelganlardan ikki kishi kun mobaynida bo’sh turgan. Umuman, har kuni 15 kishi mehnatidan foydalanilmagan.
Korxona xodimlari harakatini ta’riflash uchun mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Mutlaq ko’rsatkichlarga: ishga qabul qilish aylanmasi, ishdan bo’shash aylanmasi, ortiqcha aylanma kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Agarda o’rtacha yillik ro’yxatdagi xodimlar soni xalq xo’jaligida band bo’lganlar sonini hisoblash uchun mo’ljallangan bo’lsa, bu ko’rsatkichni hisoblashda maxrajida korxona qancha muddat faoliyat ko’rsatishidan qat’iy nazar, yilli kalendar’ kunlar olinadi.
Masalan, korxona o’z faoliyatini 31 dekabrda boshlab, ro’yxatdagi xodimlar soni 365 kishi bo’lsa:

Bunday hisoblashdan maqsad, bir necha korxonalarda yil davomida ishlaganlarni qayta-qayta hisobga olmaslikdir.


Korxona xodimlari harakatini ta’riflash uchun mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Mutlaq ko’rsatkichlarga: ishga qabul qilish aylanmasi, ishdan bo’shash aylanmasi, ortiqcha aylanma kabi ko’rsatkichlar kiradi. Nisbiy ko’rsatkichlarga: ishga qabul qilish aylanmasi, ishdan bo’shash aylanmasi, qo’nimsizlik ko’rsatkichi, xodimlarning doimiylik ko’rsatkichi kiritiladi.
Umumiy ishga qabul qilish ko’rsatkichini hisoblash uchun umumiy ishga qabul qilinganlar soni o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soniga bo’linadi. Ayrim toifalar uchun o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar sonini hisoblashda shu toifalarga ishga qabul qilinganlar soni va boshqa toifalardan shu toifaga o’tganlar soni yig’indisi shu toifa xodimlarining o’rtacha soniga bo’linadi. Odatda, sanoat tarmog’ida ko’rsatkichni davr oxiridagi xodimlar soniga bo’lib ham hisoblanadi. Ishdan bo’shash umumiy ko’rsatkichini hisoblashda, hisobot davrida umumiy ishdan bo’shaganlar soni ko’riladigan davr xodimlari soniga bo’linadi.
Davr boshida sanoatdagi ko’rilayotgan xodimlar soniga bo’lib ham hisoblash mumkin. Ayrim toifalar uchun hisoblanganda o’rganayotgan toifadan boshqa toifalarga o’tganlar ham hisobga olinadi. Qo’nimsizlik ko’rsatkichini hisoblashda ortiqcha aylanma (shaxsiy sabablarga ko’ra bo’shaganlar) o’rtacha yillik xodimlar soniga bo’linadi.
Sanoatda yil boshidagi xodimlar soniga nisbatan ham olish mumkin. Yil davomida doimiy ishlagan xodimlar sonini o’rtacha yillik yoki yil boshidagi xodimlar soniga bo’lish natijasida doimiylik ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblashni quyidagi misolda ko’rib chiqamiz.
Masala. Hisobot yilida korxona xodimlarining harakati haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan (kishi):



Yil boshidagi ishchilar soni

360

Yil davomida ishga qabul qilinganlar

38

Boshqa toifalardan ishchilar toifasiga o’tganlar

4

Xarbiy xizmatga chaqirish munosabati bilan ishdan bo’shaganlar

4

Nafaqaga chiqish munosabati bilan bo’shaganlar

6

Xohishi bo’yicha bo’shaganlar

16

Mehnat intizomini buzish bo’yicha bo’shaganlar

2

Ishchi toifasidan boshqa toifaga o’tganlar

2

Yil davomida doimiy ishlagan ishchilar soni

340

Ishchilar toifasiga qabul qilish aylanmasi:


Ishchilar toifasidan umumiy bo’shash aylanmasi:


Qo’nimsizlik ko’rsatkichi:


Doimiylik ko’rsatkichi:



Ko’rinib turibdiki, ortiqcha aylanma ko’rsatkichi 4,92%ni tashkil etadi. Bu degani, har o’rtacha 100 ishchidan beshtasi o’z xohishi bilan yoki mehnat intizomini buzish natijasida ishdan bo’shatilgan. Demak, intizom borasida ishchilarning o’z ishidan manfaatdor bo’lmasligi sababli, bu ko’rsatkich yuqori bo’lib, ma’muriyat o’z hohishi bilan bo’shaganlar sababini o’rganish ustida ish olib borishlari lozim. Xodimlar harakatini o’rganish maqsadida quyidagi mutlaq ko’rsatkichlardan foydalaniladi:


1. Umumiy ishchi toifasiga kiritilganlar soni:
(K)=38k+4k =42 kishi
2. Umumiy ishchi toifasidan chiqqanlar soni
(B)=4k+6k+16k+2k+2k=30 kishi

  1. Zaruriy aylanma=4k+6k+2k=12 kishi;

  2. Ortiqcha aylanma=16k+2k=18 kishi.

Xodimlar harakati nisbiy ko’rsatkichlarini hisoblash uchun kerak bo’lgan o’rtacha yillik ishchilar sonini hisoblaymiz. Buning uchun:



  1. yil oxiridagi ishchilar soni:

T1=T0+K-B, T1=360+42-30=372 kishi

  1. o’rtacha yillik ishchilar soni:

.



Download 497.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling