O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus taъlim vazirligi farg'ona davlat universiteti mamatqulova Fotimaxon Maxammadjon qizi Mavzu: O`zbekiston pensiya tizimi faoliyati
Umumiy ta'lim muassalarida bolalar zo'ravonligi profilaktikasining horij tajribasi
Download 229.06 Kb.
|
BMI MAFTUN XXX - для слияния
1.3.Umumiy ta'lim muassalarida bolalar zo'ravonligi profilaktikasining horij tajribasi
Bola bilan shafqatsiz munosabatning to'rtta turini ajratadilar: • Shafqatsiz jismoniy munosabat • Jinsiy zo'ravonlik • Bola ehtiyojlariga e'tiborsizlik • Psixologik zo'ravonlik Shafqatsiz jismoniy munosabat – bolaga yetkazilgan tasodifiy bo'lmagan har qanday tan jarohati. Bolalar ustidan jinsiy zo'ravonlik – bola yoki o'smirdan shaxsiy jinsiy lazzat olish uchun foydalanish. Bola ehtiyojlariga e'tiborsizlik – ota-ona yoki parvarishni amalga oshiruvchi shaxslarning 18 yoshga to'lmagan bolaning asosiy ehtiyojlarini ta'minlashga surunkali noqodirligi. Psixologik zo'ravonlik, o'z navbatida, ikki turda bo'lishi ham mumkin: Psixologik beparvolik – bu ota-ona yoki parvarishni amalga oshiruvchi shaxslarning bolaga zaruriy ko'mak, e'tibor, psixologik himoyani ta'minlashga qodir emasliklari, unga mehrning yo'qligi. Psixologik shafqatsiz muomala – kattalar tomonidan bolani tahqirlash, uni kamsitish, xaqoratlash, mazax qilish maqsadida sodir etiladigan surunkali harakat. Har qanday zo'ravonlik oshkora va yashirin bo'lishi mumkin. U dolzarb (hozirgi vaqtda sodir etilgan) va o'tmishda ro'y bergan bo'lishi ham mumkin. Bola ustidan zo'ravonlik quyidagicha sodir bo'lishi mumkin: uyda – qarindoshlari yoki qo'shnilari tomonidan, maktabda – pedagoglar yoki bolalar tomonidan, ko'chada – bolalar yoki notanish kattalar tomonidan. Modomiki, zo'ravonlik yashirin bo'lishi mumkin ekan, uning mavjudligi faktini aniqlashning o'zi oson emas. Shu bilan bog'liq ravishda pedagog va psixologlarga bolada aynan zo'ravonlik uyg'otgan asosiy belgilar va krizis simptomlarini tasavvur qilish mazmun kasb etadi. Jismoniy zo'ravonlik – hayotiy krizis sababi sifatida Shafqatsiz jismoniy muomalaga duchor qilingan bolalarda quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin: Jismoniy: • teridagi o'zgarishlar (tirnalgan joy, musht izlari); • suyak yoki yumshoq to'qimalarning zararlanishi; • g'urralar; • ko'z qorachig'iga qon quyilishi; • tananing lat yeyishi; • kuyishning muayyan turi yoki undan keyingi chandiqlar (ko'plab – tamakidan, dazmol va boshqa narsalardan); • tishlash izlari; • rentgen yordamida yopiq sinish, muskularning siljishi va boshqalar. Psixologik: • bolada stress-sindromining mavjudligi (masalan, qonning yetarlicha aylanmasligi va buning oqibatida qo'l va oyoqlarning muzday bo'lishi, “marmarsimon” teri, rangparlik); • bola chehrasining xarakterli ifodasi (uni “doimiy hushyor” deb ataydilar); • bola axloqida reflektorlik imo-ishoralar va himoya holatining mavjudligi. Umuman olganda jismoniy zo'ravonlikka duchor bo'lgan bola “tashlandiq” ko'rinishga ega bo'ladi, odamovilik, begonalashish, xavotirli, g'azabli axloq va o'z-o'zini past baholashni namoyish qiladi. Bolalar ustidan jismoniy zo'ravonlik sodir etilganini shubha qilishga imkon beruvchi turli yoshdagi bolalarning axloqi va o'ziga xos psixologik holati: 0-6 oygacha: • kam harakatchanlik • atrof olamga befarqlik • tashqi rag'batlarga reaktsiyaning yo'qligi yoki juda zaif ifodalangan reaktsiya • kamdan-kam jilmayish (uy oylikdan katta bolalar uchun) 6 oydan – 1,5 yoshgacha: • ota-onalarning qo'rquvi • kattalar bilan har qanday jismoniy aloqadan qo'rqish • doimiy sababsiz ehtiyotkorlik • yig'loqilik, doimiy nolish, odamovilik, qayg'u 1.5-3 yosh: • kattalarda qo'rqish • yig'loqilik, quvonchni namoyon etish – juda kam holatda • boshqa bolalarning yig'isiga qo'rquv reaktsiyasi • axloqdagi chegara – nihoyatda tajovuzkorlikdan befarq qarashgacha 3 yoshdan – 6 yoshgacha • unga tajovuzkor munosabatda qarshilik ko'rsatmaslik • og'riqqa passiv reaktsiya • tanbeh, tanqidga og'riqli munosabat • tilyog'lama axloq, o'ta ko'ngilchan • Soxta yosh axloqi (kattalarga kuchli taqlid) • negativizm, tajovuzkorlik • aldamchilik, o'g'rilik • hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik • yondirishga moyillik Kichik maktab yoshi: • o'zining jismoniy shikastlangan joyi va jarohatlari sababini yashirishga intilish • do'stlarining yo'qligi • maktabdan keyin uyga borishga qo'rqish • tanovulga g'ayrioddiy ishqibozlik (shtukaturka, yer, go'ng, qog'oz varaqlari, shilliq qurt, kichkina qo'ng'izlar va h.k.). O'smirlik yoshi: • uydan qochib chiqib ketish • suitsidal (o'zini o'zi o'ldirishga) urinishlar • qonunga qarshi axloq • spirtlik ichimliklar, giyohvand, toksik moddalar iste'mol qilish. Jismoniy zo'ravonlikni his qilgan bola shafqatsiz qiliqlarni namoyish qilgancha axloqning tajovuzkor modelini ishlab chiqadi. Agar u o'z tuyg'ularini bostirsa yoki rad etsa, zo'ravonlik krizisining oqibatlari o'z-o'zini parchalovchi axloq (autotajovuzkorlik, suitsid, ruhiy tushkunlik va h.k.) da namoyon bo'lishi mumkin. Ko'pincha bunday bolada o'zining impulьsivligi ustidan nazorat bo'lmaydi, o'z-o'zini ifodalashga qobiliyat pasaygan bo'ladi, odamlarga ishonch yo'q. Jinsiy zo'ravonlik – hayotiy krizis sabablari sifatida Jinsiy zo'ravonlik – bola bilan shafqatsiz muomala shakllaridan biri. Adabiyotlarda bir qator sabablar bo'yicha, jumladan, zo'ravonlik, shuningdek, zo'ravonlikning jinsiy zo'ravonlik ham kiradigan ko'p uchraydigan har xil turlari uyg'unligida uning chegarasini aniqlashdagi murakkablik kuchi bilan bu tushunchaning yagona ta'rifi mavjud emasligi ta'kidlanadi. Bu holatda jinsiy zo'ravonlik, masalan, kaltaklash va tahdidlar bilan birga boradi, bu esa jismoniy va psixologik zo'ravonlik demakdir. Ko'pgina davlatlarda bola ustidan zo'ravonlik qonun bilan taqiqlanadi, shuning uchun jinsiy zo'ravonlik tushunchasini ta'riflash yuridik mazmunga ham ega. Jinsiy zo'ravonlik – bu bola yoki o'smirdan boshqa shaxs tomonidan jinsiy qoniqish olish uchun foydalanishdir. Shuningdek, u bola boshqa odamning manfaati yo'lida jinsiy ob'ekt sifatida foydalaniladigan har qanday aloqa yoki faollikni ham o'z ichiga oladi. Jinsiy zo'ravonlik turlari Jinsiy qiziqtirish Jinsiy tajovuz Zo'rlash Boladan pornografiya va fohishabozlikda foydalanish Bolani jinsiy xarakterdagi teginish yoki tegishli harakatlarni rag'batlantirishga tortish Intsest (o'z farzandidan jinsiy aloqada foydalanish). Shunday qilib, fahsh yo'liga kirish nafaqat aynan jinsiy akt, balki boshqa jinsiy harakatlarning keng spektri ham hisoblanadi: […] bolaning jinsiy organlari bilan har qanday aloqa, bolaning yoshiga mos bo'lmagan shilqimlik, erotik materiallarni namoyish qilish, kattalarning jinsiy qiziqishlarini qondirish maqsadiga ega bo'lgan jinsiy xarakterdagi har qanday suhbat, bola ishtirokida o'z-o'zidan qanoatlanish, eksgibitsionizm (yalang'och tanasini namoyish qilish), vuayerizm (bolani cho'milish, kiyinish yoki hojatxonada ekanligida mo'ralab qarash, shuningdek, bolani yechinishga yoki mo'ralashga majburlash). Jinsiy zo'ravonlik ostida o'smirlar o'rtasidagi jinsiy harakatlar holati agar ular tahdid yoki jismoniy kuchni qo'llash bilan sodir etgan bo'lsalar, shuningdek, zo'ravon va qurbon o'rtasidagi farq 3-4 yoshni tashkil etsa ham ko'zda tutiladi. Bola uchun jinsiy zo'ravonlik oqibatlari Bola ustidan zo'ravonlikning o'ziga xos belgilarini ajratish va qayd qilish qurbonga o'z vaqtida yordam ko'rsatish maqsadida faktlarni tanish uchun katta ahamiyatga ega. Bolaning boshdan kechirgan zo'ravonlik haqida to'g'ridan-to'g'ri ayta olmasligiga ko'plab sabablar mavjud. Bu holda yaqin atrofdagilarda yuzaga keladigan shubhalar qator belgilar bilan tasdiqlanadi. Ularga quyidagilar taalluqlidir: 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda zo'ravonlik oqibati qo'rquv, tuyg'ularning chigallashib ketishi, uyquning buzilishi, ishtahaning yo'qolishi, begona odamlar oldidagi qo'rquv orqali namoyon bo'ladi. Maktabgacha yoshdagilarda psixosomatik simptomlar kamroq darajada ifodalanadi, birinchi planga hissiy buzilish (qo'rqoqlik, tuyg'ularning chigallashib ketishi, aybdorlik, uyat, nafrat, himoyasizlik, axloqsizlik hissi) va axloqning buzilishi (regress, begonalik, tajovuzkorlik, jinsiylashgan axloq, o'z-o'zidan qanoatlanish) chiqadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda – kattalarga nisbatan ambivalent tuyg'ular, rolli axloqni aniqlashdagi murakkabliklar, qo'rquv, uyat, nafrat, olamga ishonchsizlik hislari; axloqida begonasirash, tajovuzkorlik, sukut saqlash yoxud kutilmagan sergaplik, uyqu, ishtahaning buzilishi, boshqa bolalar bilan jinsiy o'yinlar. 9-13 yoshdagi bolalarda kichik maktab yoshidagi bolalardagi kabi belgilar, shuningdek, ruhiy tushkunlik, dissotsiativ epizodlar – hissiyotlarning yo'qolish tuyg'usi, axloqida – ajralish, jinsiy qoniqish olish maqsadida boshqa bolalarni manipulyatsiya qilish, qarama-qarshi axloq aniqlanadi. 13-18 yoshdagi o'smirlarda zo'ravonlik oqibati nafrat, uyat, aybdorlik, ishonchsizlik tuyg'ularida, kattalarga nisbatan ambivalent tuyg'ularda, jinsiy buzilish, ijtimoiy rollarning shakllanmaganligi, shaxsiy keraksizlik tuyg'usida namoyon bo'ladi; axloqida: tajovuzkorlik, tana va hissiy yaqinlikdan qochish, mantiqsizlik va ziddiyat kuzatiladi. Agar zo'ravonlik tasodifan sodir etilgan bo'lsa, unda bolaning holati bir necha bosqichda o'tadi. Zo'ravonlik sodir etilganidan keyingi birinchi kunda bola shok holatida bo'ladi, u qayerda ekanini, o'zi bilan nimalar sodir bo'lganini garchi beixtiyor undan nimani talab qilishsa, u nimagan o'rgangan bo'lsa bajaraversa-da, tushunmaydi. Keyin unga o'zining nima qilganini eslash mumkin bo'lmaydi, uning tuyg'ulari sustlashadi. Ba'zida shok holati keyingi kun ham davom etadi. Keyin rad etish bosqichi boshlanadi, bolada vaziyatdan voz kechishning kuchli istagi, o'zini bu voqea u bilan sodir bo'lmagandek va “sodir bo'lganlarning barchasi yolg'on” deya ishontirish xohishi tug'iladi. Uchinchi-to'rtinchi kun ruhiy tushkunlik paydo bo'ladi. Bola yashashni, hech narsa qilishni: maktabga borish, dars tayyorlash, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. Sodir bo'lganlar haqiqat ekanini tan olishga to'g'ri keladi. Ruhiy tushkunlik muddati o'n kungacha davom etadi, ba'zida hiyla uzoq muddatga cho'zilishi mumkin. Keyin bolani zo'ravonga, o'ziga, militsiyaga, ota-onasiga, boshqa odamlarga, jamiyatga yo'naltirilgan g'azab chulg'ab oladi. Keyingi bosqich – qaror qabul qilish. Qaror turlicha bo'lishi mumkin – bola o'zi bilan nimalar sodir bo'lganini kimgadir aytib berishi yoki sukut saqlash haqida qaror qabul qiladi. U kimgadir yordam so'rab murojaat qilishi yoki og'ir holatidan qutulishi uchun nimanidir mustaqil bajarishi mumkin. Bu bosqichning davomliligi turlicha, u bolaning yoshidan (kichik bolalarda bosqichlarning noaniqligi kuzatiladi), uning fe'l-atvoridagi xususiyatlar, yuzaga kelgan ob'ektiv vaziyatga bog'liq bo'lishi mumkin. [...] Bolaga beparvolik va yomon munosabat – hayotiy krizis sababi sifatida Bolaning ehtiyojlariga beparvolik – ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bola haqida hammaga ma'lum g'amxo'rlikning yo'qligi, natijada uning hissiy holati buziladi va salomatligi yoki rivojlanishiga xavf tug'iladi. Boladagi asosiy ehtiyojlarning qondirilmaslik shakllari: - bolaning yoshi va ehtiyojlariga mos ovqatlanish, kiyim, turar-joy, ta'lim, davolanishdan voz kechishini kiritgan holda tibbiy yordamning yo'qligi; - yetarli e'tibor yoki g'amxo'rlikning yo'qligi, natijada bolaning baxtsiz hodisa qurboni bo'lishi mumkin; - shikast yetkazish, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste'mol qilish, shuningdek, qonunbuzarlik sodir etishga jalb qilish. Bola haqida yetarli bo'lmagan g'amxo'rlik ataylab qilinmagan bo'lishi ham mumkin. U kasallik, kambag'allik, tajribasizlik yoki ota-onalarning bilimsizligi, tabiiy ofatlar va ijtimoiy iztiroblarning oqibati bo'lishi mumkin. Nafaqat oilalarda yashovchi, balki davlat qaramog'ida bo'lgan bolalar ham tashlandiq bo'lishi mumkin. Beparvolik yoki bola bilan yomon muomalaning oqibatlari quyidagicha bo'lishi mumkin: ishk yoshida – psixo-nutqiy va jismoniy rivojlanishda orta qolish, rivojlanish qobiliyatini yo'qotish; hiyla katta yoshlarda – jismoniy jarohat, kasalliklar, baxtsizlik hodisasi oqibatida zaharlanishga giriftorlik. Psixologik (hissiy) zo'ravonlik Psixologik (hissiy) zo'ravonlik – ota-ona (vasiy) yoki boshqa kattalarning bolaga unda fe'l-atvorning patologik chiziqlari shakllanishiga olib keluvchi yoki uning shaxsini rivojlanishiga xalal beruvchi davriy, muddatli yoki doimiy psixik ta'siri. Psixologik zo'ravonlik psixo¬logik beparvolik va psixologik shafqatsiz muomaladan shakllanadi. Psixologik beparvolik – bu ota-ona yoki parvarishni amalga oshiruvchi shaxslarning bolaga zaruriy ko'mak, e'tibor, psixologik himoyani ta'minlashga mantiqan qodir emasligi, bolaga mehrning yo'qligi. Psixologik shafqatsiz muomala – kattalar tomonidan bolani tahqirlash, uni kamsitish, xaqoratlash, mazax qilish maqsadida sodir etadigan surunkali harakat. Zo'ravonlikning bu shakliga quyidagilar kiradi: – bolani ochiq qabul qilmaslik va doimiy tanqid qilish; – bolani xaqoratlash va uni obro'sizlantirish; – bola adresiga jismoniy zo'ravonliksiz og'zaki shaklda namoyish qilinadigan tahdidlar; – bolani maqsadli jismoniy yoki ijtimoiy yakkalab qo'yish; – unga yoshi yoki imkoniyatlariga mos kelmaydigan o'ta kuchli talablar qo'yish; – yolg'on va kattalarning va'dalarini bajarmasliklari; – bolada psixik jarohatni uyg'otuvchi bir karrali qo'pol psixik ta'sir. Psixologik zo'ravonlikni qo'llash bilan bog'liq krizis oqibatlari bolalarda rivojlanish va ularning ijtimoiy moslashuvi, shuningdek, rivojlanayotgan bola shaxsida alohida hayotiy stsenariyani shakllantiruvchi qadriyatlar tizimi qurilishining buzilishi hisoblanadi. Ko'pincha bunday bolalarning axloqi gipertajovuzkorlik, serjahllik, o'ch oluvchanlik, mayda narsalarga yuqori e'tibor, hissiy ta'sirchan emaslik va rivojlanmaganlik bilan xarakterlanadi, keyingi hayotda bu ko'pincha bolani jinoiy faoliyatga jalb etish xavfiga olib keladi. Ayni damda bolalarda “qurbon” pozitsiyasi – ularning atrofdagilardan boshqacha ekanliklari, ular alohida e'tibor, himoya, ko'makka muhtojliklari tuyg'usi shakllanishi mumkin. Shu bilan birga ular e'tibor va ko'makni har qanday insondan – u buni xohlaydimi-yo'qmi, bunga qodirmi yoki qodir emasmi – bundan qat'i nazar talab qiladilar. Katta bo'lgach, “qurbon-odam” boshqa odamlarga oddiy bo'lgan murakkab maqsadlarga erishish, muammolarni hal qilish uchun hech qanday kuch sarflamaydilar, tegishli ravishda u professional karьerada muvaffaqiyatga erisha olmaydi, jamiyatning to'laqonli a'zosi bo'lmaydi. Zo'ravonlik haqida guvohlik beruvchi bola axloqining simptomlari: 1. Internallashgan axloq (o'z ichiga yo'nalganlik) Bu turdagi axloqi ma'lum bo'lgan bolalar ko'pincha yakkalangan va yopiqdirlar. Ular boshqalar bilan o'zaro harakatga intilmaydilar. Shuningdek, ular: • past kayfiyatning ruhiy tushkunlikkacha bo'lgan belgilarini namoyon qiladilar; • ichki sabab tufayli paydo bo'ladigan harakatlar va o'yinli axloqning yetishmasligi aniqlanadi; • bo'ysunuvchan va oson ko'nadigan; • o'ta sezgir va cho'chiydigan bo'lib ko'rinadilar; • notipik qo'zg'atuvchilardan cho'chiydilar va yangi narsadan qo'rqadilar; • uyqu va uyquga ketish bilan muammoga ega bo'ladilar; • bosh va qorindagi og'riqdan, ovqat hazm qilish siklining buzilganligidan ko'p noliydilar; • tobe axloqqa moyildirlar; • suitsid tahdidini aniq ifodalaydilar; • qachonki bola boshidan kechirgan tajribadan ajralib chiqishga urinarkan dissotsiativ buzilishga moyillar; • autotajovuzkorlik – o'ziga yo'naltirilgan tajovuzkorlikni namoyish qiladi (o'z tanasini kesadi, yoqadi va h.k.). O'ziga jismoniy zarar yetkazishni o'z-o'zini o'ldirishga urinishdan farqlash kerak. O'ziga kesish natijasida jarohat yetkazish va kuydirish qator sabablar bilan shartlanadi. Shu sabablardan biri reallik bilan aloqaga erishishga urinish hisoblanadi (ruhiy tushkunlik va dissotsiatsiya holatidan chiqish). Bundan tashqari, bolalarga shu tarzda ular kattalarning e'tiborini tortadigandek, g'amxo'rlik va tinchlantirish ob'ekti bo'ladigandek tuyuladi. Ba'zi bolalarga ular ham tirik ekanliklari, oddiy odamlar kabi ularning ham tomirida qon oqayotganiga ishonch hosil qilishlari uchun ham muhim. Odatda, bunday axloq o'smirlarga xos, biroq uni kichikroq yoshdagi bolalar ham, ayniqsa, agar ular bunda birgalikda ishtirok etsalar, harakatlari esa bunda rituallashgan, maxfiy xarakter kasb etsa namoyon etadilar. Agar bunday axloq to'xtatilmasa, u mustahkamlanishi va katta bo'lgach ham saqlanib qolishi mumkin. 2. Eksternallashgan axloq (tashqariga yo'naltirilgan) Eksternallashgan axloqli bolalar o'z hissiyotlari va tuyg'ularini tashqariga, boshqa odamlar, kattalar, predmetlarga yo'naltiradilar. Odatda, ular: - tajovuzkor, dushmanona va destruktiv; - ular o'zlarini kishining g'ashiga tegadigan tarzda tutishlari, mushtlashuv chiqarishlari yoki o'zlariga jinsiy tajovuzni qo'zg'ashlari, boshqalarga tashlanishlari mumkin; - ko'pincha hayvonlarni xo'rlaydilar (o'ldirishgacha boradilar); - axloqning destruktiv shakliga moyildirlar (masalan, yondirishga, vandalizm (madaniyatsizlik) ga); - jinsiy bo'yalgan yoki jinsiy yo'naltirilga axloqni namoyon qilishlari mumkin. 3. Axloqning ikki asosiy turi bilan bir qatorda, avvalo, jinsiy suiiste'mollikni boshidan kechirgan bolalarga xos bo'lgan asosiy fenomen sifatida jinsiylashgan axloq ajratiladi. Ko'pincha bunday axloq tashhis qilinmaganicha qoladi, kattalar tomonidan u tez-tez muhokama qilinadi va gunoh bolaga yuklanadi, natijada bola zaruriy yordamni ololmaydi. Jinsiylashgan axloq jinsiy suiiste'mollik oqibati sifatida yuzaga keladi, masalan: – bola rivojlanishining yosh me'yorlariga mos tushmaydigan jinsiy axloqni rag'batlantirish; – bola bilan jinsiy aloqa; – kattalarning odob va axloq to'g'risidagi noto'g'ri tasavvurlarining shakllanishi. Jinsiylashgan axloqning asosiy ko'rinishlari quyidagilardir: – bola jinsiy mavzular bilan o'ta qiziquvchan va jinsiy bo'yoqli xira axloqni namoyon etadi; – bola erta jinsiy faollikni namoyish qiladi; – bola tajovuzkor jinsiy harakatlarni sodir etadi; – bola tartibsiz jinsiy munosabatlarga kirishadi, fohishabozlikka jalb etilishi mumkin. Download 229.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling