O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Download 169.74 Kb.
bet1/2
Sana10.03.2023
Hajmi169.74 Kb.
#1256640
  1   2
Bog'liq
28.09 MAGISTR SILABUSI





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Fakultet dekani ________B.Baydjanov
“___” ________ 2022-yil


Maktabgacha ta’LIM metodologiyasi
fanidan

SILLABUS

Farg‘ona - 2022


Fanning nomi

maktabgacha ta’lim metodologiyasi





Fan turi

Majburiy

O`qish davri

1-semestr

Fan kodi

MXFU1305

Fan hajmi

5 kredit

Fanning umumiy soati

150 soat

Auditoriya soatlari

60 soat

Jumladan:




Ma’ruza

30 soat

Seminar mashg‘ulot

30 soat

Mustaqil ta’lim

90 soat

Nazorat shakli

ON, YaN

O‘qitish shakli

Uzb




Dastur muallifi:

Xallokova Maksudaxon Ergashevna – matabgacha ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)

E-mail:

xallokova_maksuda@mail.ru

Telefon raqami:

+998903708477

Tashkilot:

Farg‘ona davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi
Manzil: Farg‘ona sh. Murabbiylar 19-uy




Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)

QM1

Fanni o‘qitishdan maqsad – magistrlarga pedagogik tadqiqotlar metodologiyasini pedagogik muammo sifatida o‘rgatish, tadqiqot samaradorligini amalga oshirishda tadqiqotning metodologik asoslariga e’tibor berish, amaliy pedagogik faoliyat jarayonida tadqiqotlarni olib borishni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, ilmiy tadqiqotlarni olib borishda, ilmiy apparat, ilmiy tadqiqot ob’ekti, predmeti, ilmiy farazi kabilar, yo‘nalishlari, ilmiy tadqiqotni rivojlantirishning mantiqiy asoslari, metodlari mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish.






Kursga qo‘yiladigan boshlang‘ich talablar

1.

Magistrlar bakalavrda o‘qitilgan mutaxassislik fanlaridan ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak.




Ta’lim natijalari (TN)

TN1

  • Metodologiya tushunchasining mazmuni, tavsifi va funksiyalari; metodologiyaning umumfalsafiy darajasi; metodologiyaning umumilmiy darajasi; metodika va metodologiya o‘rtasidagi bog‘liqlik; ilmiy bilish metodologiyasi asoslari; ilmiy – metodik tadqiqotlarga qo‘yiladigan talablar; pedagogik ilmiy tadqiqotlarning shakllanish va rivojlanish tarixi; pedagogik ilmiy tadqiqotlarning fanlararo aloqadorligi; zamonaviy pedagogik konsepsiyalar; fundamental, amaliy va innovatsion pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirish shart-sharoitlari; pedagogik-psixologik tadqiqotlarga integratsion-innovatsion yondashuv; maktabgacha ta’limda ilmiy-pedagogik izlanish metodlari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;




TN2

  • Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish; pedagogik ilmiy tadqiqotlar samaradorligini aniqlash; pedagogik tadqiqotlarda tizimli yondashuv va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasini qo‘llash; ilmiy tadqiqotlarni metodik jihatdan tahlil etish; ilmiy-metodik tadqiqotlarda ilmiy bilish metodlarini tizimlashtirish

Yuzasidan konikmalariga ega bo‘lishi;

TN3

  • Ta’limda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish; maktabgacha ta’lim –tarbiya tizimini modellashtirish; ilmiy tadqiqotni bosqichma-bosqich tashkil etish; ilmiy-tadqiqot asosnomalarini taqqoslash; o‘quv va meyoriy hujjatlarni o‘rganish, tahlilqilish; elektron o‘quv adabiyotlar va mahlumotlar bazasini tahlil qilish;




TN4

Ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilish; ilmiy-metodik tadqiqotlarda izlanish, tadqiq etishishlarini tashkil qilish; pedagogik ilmiy tadqiqot ishlarini samaradorligini baholash; pedagogik ilmiy tadqiqot natijalariga asosan xulosalar chiqarish; pedagogik ilmiy tadqiqot ishlarini himoyaga tayyorlash kabi malakaga ega bo‘lishi kerak.





Download 169.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling