O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Fakultet dekani ________B.Baydjanov
“___” ________ 2022-yil
Maktabgacha ta’LIM metodologiyasi
fanidan
SILLABUS
Farg‘ona - 2022
Fanning nomi
|
maktabgacha ta’lim metodologiyasi
|
Fan turi
|
Majburiy
|
O`qish davri
|
1-semestr
|
Fan kodi
|
MXFU1305
|
Fan hajmi
|
5 kredit
|
Fanning umumiy soati
|
150 soat
|
Auditoriya soatlari
|
60 soat
|
Jumladan:
|
|
Ma’ruza
|
30 soat
|
Seminar mashg‘ulot
|
30 soat
|
Mustaqil ta’lim
|
90 soat
|
Nazorat shakli
|
ON, YaN
|
O‘qitish shakli
|
Uzb
|
Dastur muallifi:
|
Xallokova Maksudaxon Ergashevna – matabgacha ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)
|
E-mail:
|
xallokova_maksuda@mail.ru
|
Telefon raqami:
|
+998903708477
|
Tashkilot:
|
Farg‘ona davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi
Manzil: Farg‘ona sh. Murabbiylar 19-uy
|
Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)
|
QM1
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – magistrlarga pedagogik tadqiqotlar metodologiyasini pedagogik muammo sifatida o‘rgatish, tadqiqot samaradorligini amalga oshirishda tadqiqotning metodologik asoslariga e’tibor berish, amaliy pedagogik faoliyat jarayonida tadqiqotlarni olib borishni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, ilmiy tadqiqotlarni olib borishda, ilmiy apparat, ilmiy tadqiqot ob’ekti, predmeti, ilmiy farazi kabilar, yo‘nalishlari, ilmiy tadqiqotni rivojlantirishning mantiqiy asoslari, metodlari mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish.
|
Kursga qo‘yiladigan boshlang‘ich talablar
|
1.
|
Magistrlar bakalavrda o‘qitilgan mutaxassislik fanlaridan ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak.
|
Ta’lim natijalari (TN)
|
TN1
|
Metodologiya tushunchasining mazmuni, tavsifi va funksiyalari; metodologiyaning umumfalsafiy darajasi; metodologiyaning umumilmiy darajasi; metodika va metodologiya o‘rtasidagi bog‘liqlik; ilmiy bilish metodologiyasi asoslari; ilmiy – metodik tadqiqotlarga qo‘yiladigan talablar; pedagogik ilmiy tadqiqotlarning shakllanish va rivojlanish tarixi; pedagogik ilmiy tadqiqotlarning fanlararo aloqadorligi; zamonaviy pedagogik konsepsiyalar; fundamental, amaliy va innovatsion pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirish shart-sharoitlari; pedagogik-psixologik tadqiqotlarga integratsion-innovatsion yondashuv; maktabgacha ta’limda ilmiy-pedagogik izlanish metodlari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
|
TN2
|
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish; pedagogik ilmiy tadqiqotlar samaradorligini aniqlash; pedagogik tadqiqotlarda tizimli yondashuv va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasini qo‘llash; ilmiy tadqiqotlarni metodik jihatdan tahlil etish; ilmiy-metodik tadqiqotlarda ilmiy bilish metodlarini tizimlashtirish
Yuzasidan ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
|
TN3
|
Ta’limda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish; maktabgacha ta’lim –tarbiya tizimini modellashtirish; ilmiy tadqiqotni bosqichma-bosqich tashkil etish; ilmiy-tadqiqot asosnomalarini taqqoslash; o‘quv va meyoriy hujjatlarni o‘rganish, tahlilqilish; elektron o‘quv adabiyotlar va mahlumotlar bazasini tahlil qilish;
|
TN4
|
Ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilish; ilmiy-metodik tadqiqotlarda izlanish, tadqiq etishishlarini tashkil qilish; pedagogik ilmiy tadqiqot ishlarini samaradorligini baholash; pedagogik ilmiy tadqiqot natijalariga asosan xulosalar chiqarish; pedagogik ilmiy tadqiqot ishlarini himoyaga tayyorlash kabi malakaga ega bo‘lishi kerak.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |